mavzu: statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati, tansiflari va turlari Mutloq miqdorlar



Yüklə 102,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü102,48 Kb.
#182137
1   2   3   4   5   6
5-MAVZU STATISTIK KORSATKICHLAR

 
 
1-rasm. Statistik ko‘rsatkichlar turlari 
(masalan, yalpi ichki mahsulot) uni makroiqtisodiy ko‘rsatkich deymiz. “Marjon” fermer xo‘jaliga 
yetishtirilgan mahsulot hajmi bu mikroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Fermer xo‘jaligida ishlayotganlarni
ish staji o‘rgansak. Bir kishini ish staji individual , ayollar va erkaklar bo‘yicha ish staji guruhli, barcha 
xodimlarning o‘rtacha ish staji umumiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Aniqlash usuliga qarab statistik ko‘rsatkichlar yig‘indi va hosilaviy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Yig‘indi
ko‘rsatkichlar hodisa birliklarini jamlash orqali hisoblanadi, hosilaviy ko‘rsatkichlar esa mutloq, nisbiy va 
o‘rtacha ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.
 
2 Mutloq miqdorlar
 
Mutlaq miqdorlar umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning bir turidir.
Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash natijasida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini, 
sonini, darajasini va uchrashish tezligini xarakterlovchi miqdorlarga ega bo‘lamiz. Bunday miqdorlar mutlaq 
miqdorlar deyiladi. Masalan, O‘zbekistonning territoriyasi 447,2 ming kvadrat km., aholisi 30 mln. kishi, 
Respublikamizda 210 mingdan ortiq korxona mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib 
kelmoqda, har yili mamlakatimizning yoshlaridan 50000 tasi student bo‘ladi. Bularning hammasi mutlaq 
miqdorlardir.
Mutlaq miqdorlar ikki usulda aniqlanadi yoki hosil qilinadi: kuzatish ma’lumotlarini jamlash va maxsus 
hisob-kitob yo‘li bilan.
To‘plam birliklari kuzatishdan o‘tgandan so‘ng, ularni bir-biriga qo‘shsak yoki ayirsak to‘plam bo‘yicha 
qancha birlik kuzatishdan o‘tganligiga guvoh bo‘lamiz, ya’ni to‘plam birliklari soni aniqlanadi. Bunday 
ko‘rsatkichlar son miqdorlar deyiladi. Ayrim hodisalarning jami sanash bilan emas, o‘lchash yo‘li bilan 
chiqariladi. Masalan, sotilgan tovar miqdori, qazib olingan oltin va h.k. Bunday ko‘rsatkichlar hajm miqdorlar 
deyiladi. Mutlaq miqdorlar hisob-kitob yo‘li bilan ham aniqlanadi. Masalan , do‘konda sotilgan tovarlar 
hajmini shu usul bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun bizga oy boshidagi tovar qoldig‘i summasi, kelib 
tushgan tovarlar summasi va oy oxiridagi summa aniq bo‘lishi kerak. Ma’lumki, oy boshidagi qoldiq (O
b

bilan kelib tushgan tovarlar (T
k
) yig‘indisi, sotilgan (T
s
) tovarlar bilan oy oxirida qolgan qoldiq (O
q

yig‘indisiga tengdir:
O
b
+T
k
=T
s
+O 
q
, bu yerdan T
s
=O
b
+T
k
-O

Статистик кўрсаткичлар
Даражасига қараб
Аниқлаш усулига қараб
Ҳодиса бирликлари
қамрашига қараб
Макроиқтисодий
кўрсаткичлар
Жамлама
кўрсаткичлар
вий
Ҳосила 
кўрсатк ичлар
Мутлоқ сон
Мутлоқ қиймат
оқ 
Мутл
Нисб ий
М ик роиқтисодий
кўрсаткичлар
Индивидуал (Якка)
Гур уҳли
Умумий
Ўрта ча


Mutlaq miqdorlar ifodalanishiga qarab individual va umumiy miqdorlarga bo‘linadi. Birinchi tur 
miqdorlar boshlang‘ich hujjatlarda qayd qilinadi. To‘plam birligi va yakka (individual) miqdorlar soni bir-
biriga tengdir. Masalan, respublikadagi har bir menejer, futbolist, har bir fermerning oladigan daromad 
summasi yakka (individual) miqdorlarga misol bo‘la oladi. Ikkinchi tur, ya’ni umumiy miqdorlar to‘plam 
birliklarining yig‘indisini ta’riflaydi. Oldingi misolimizdagi barcha menejerlar, futbolistlar soni va h.k. 
Umumiy mutlaq miqdorlar o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning umumiy sonini, hajmini, qiymatini o‘zida 
aks ettiradi.
Mutlaq miqdorlar natural, shartli natural va qiymat (pul) o‘lchov birliklarida ifodalanadi.
Natural o‘lchov birliklari deganda hodisalarning tabiiy va iste’mol xususiyatlariga mos keladi. Masalan, 
sotilgan go‘sht – kilogrammda , suyuq mahsulotlar – litrda, poyafzal – juftda, masofa – metr yoki kilometrda 
o‘lchanadi. Ayrim paytlarda bitta natural o‘lchov birligi hodisani to‘liq xarakterlay olmaydi. Shu sababli 
o‘lchov birliklarining birikmasini qo‘llash kerak bo‘ladi. Masalan, ish vaqti – kishi – soat yoki kishi-kun, 
transportning bajargan ishi tonna – kilometr, iste’mol qilingan elektr energiya kilovatt – soat va h.k. Bular 
statistikada kompleks o‘lchov birliklari deb nom olgan.
Natural o‘lchov birliklarini qo‘llash ayrim paytlarda noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Masalan, ikkita 
konserva zavodini olaylik. Ularni har biri 100 ming bankadan konserva ishlab chiqargan. Tashqi ko‘rinishdan 
ikkala zavod bir xil ishlagan. Lekin, bizga ma’lumki, bankaning og‘irligi (ichidagi mahsulot nazarda 
tutilmoqda)
2
turlicha bo‘lishi mumkin. Konserva sanoatida shartli banka og‘irligi 353,4 sm

qabul qilingan. 
Bizning misolimizda, birinchi zavodda bankaning og‘irligi 350 sm
3
, ikkinchi zavodda – 500 sm
3
ekanligi 
aniqlandi. Bularni shartli bankalarga aylantirsak: birinchi zavod uchun uning soni (350:353,4)•100=99 mingta 
kelib chiqadi. Ikkinchi zavodda (500:353,4)•100=141 mingta.
Demak, oldingi xulosa noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda. Chunki, shartli natural o‘lchov birligida hisobkitobni 
amalga oshirsak, ikkinchi zavod birinchi zavodga nisbatan 1,4 barobar ko‘p mahsulot ishlab chiqargan. 
Shunday qilib, shartli natural o‘lchov birligi turlicha iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan bir xil hodisalarni 
umumlashtirish qudratiga ega.
Natural va shartli natural o‘lchov birliklari qanday qulay va foydali bo‘lmasin, ular mohiyati jihatdan bir 
xil bo‘lmagan hodisalarni bir o‘lchovga keltira olmaydi. Ishlab chiqarilgan gazmol, ko‘mir va yog‘ning 
miqdorlarini qo‘shib bo‘lmaydi. Bu tovarlar turli o‘lchov birliklarida o‘lchanadi va turli iste’mol qiymatiga 
ega. Bu muammo qiymat (pul) o‘lchov birliklarini qo‘llash bilan yechiladi. Qiymat o‘lchov birligi deyilganda 
har hil turdagi va turlicha iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o‘lchov 
birliklari tushuniladi.

Yüklə 102,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin