Mavzu: Sut va Go’sht maxsulotlari dastlabki ishlash texnalogiyasi samarqand 2021-yil



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə2/5
tarix25.06.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#62302
1   2   3   4   5
Usmonova 510

Oʻzbekistonda ham sanoatning bu tarmogʻi asosan 30-y.lardan boshlab shakllandi. Bunga qadar aholini goʻsht bilan mayda va tarqoq qassobxona hamda kushxonalar taʼminlab kelgan. Ot goʻshtidan qazi, qoramol, qoʻy goʻshtidan uzoq muddat saqlanadigan quritilgan, qovurilgan goʻsht mahsulotlari tayyorlangan. 1905-yilda toshkentlik boy Orifxoʻja Azizxoʻjayev Turkiston oʻlkasida dastlabki zavod tipidagi kushxonaga asos solgan. 1929-yilda bu kushxona negizida Toshkent goʻsht k-ti tashkil etiladi. 1932-yilda G. s. respublika xalq xoʻjaligi rejasiga alohida sanoat tarmogʻi sifatida kiritildi. Oʻsha yili Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Kattaqoʻrgʻon, Termiz, Qarshi, Qoʻqon sh.laridagi 8 ta shahar qassobxonasi, Samarqand va Buxorodagi muzxona (muzlatkich)ni birlashtirgan "Oʻzgoʻshtsovitishsanoat" tresti tashkil etildi. Keyinchalik bu trest tarkibiga Olmaliq, Chirchiq, Namangan, Yangiyoʻl sh.laridagi kushxonalar, Xoʻjayli, Urganch mol soʻyish punktlari va Toshkent muzxona k-ti ham kirdi. 1955—65 y.larda Buxoro, Xoʻjayli, Urganch (hammasi 1956-yilda), Termiz (1960), Shaxrisabz (1965) goʻsht k-tlari qurildi. 1965-yilda Respublika Goʻsht va sut sanoati vazirligining tashkil etilishi b-n. G. s korxonalari qurilishi jadallashdi. Chirchiq, Fargʻona, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand goʻsht k-tlarida yuqori quvvatga ega boʻlgan kolbasa sexlari qurildi. 1949-yilda Oʻzbekistondagi 14 goʻsht kombinatining smena quvvati 82 t goʻshtni qayta ishlash, 17,2 t kolbasa mahsulotlari i. ch. darajasida boʻlsa, 1979-yilda 18 goʻsht k-tining smena quvvati 438,5 t goʻshtni qayta ishlash va 125,5 t kolbasa mahsulotlari i.ch.gacha ortdi. 1970— 1995-yillarda Samarqand, Navoiy, Urganch, Jizzax va Namangan goʻsht k-tlari qurib ishga tushirildi, Buxoro, Fargʻona, Termiz, Xoʻjayli, Qarshi, Shahrisabz goʻsht k-tlari qayta taʼmirlanib, quvvatlari oshirildi. Koʻpgina korxonalar yangi texnologiyalarni qoʻllash asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini koʻpaytirishga erishdilar.

  • Oʻzbekistonda ham sanoatning bu tarmogʻi asosan 30-y.lardan boshlab shakllandi. Bunga qadar aholini goʻsht bilan mayda va tarqoq qassobxona hamda kushxonalar taʼminlab kelgan. Ot goʻshtidan qazi, qoramol, qoʻy goʻshtidan uzoq muddat saqlanadigan quritilgan, qovurilgan goʻsht mahsulotlari tayyorlangan. 1905-yilda toshkentlik boy Orifxoʻja Azizxoʻjayev Turkiston oʻlkasida dastlabki zavod tipidagi kushxonaga asos solgan. 1929-yilda bu kushxona negizida Toshkent goʻsht k-ti tashkil etiladi. 1932-yilda G. s. respublika xalq xoʻjaligi rejasiga alohida sanoat tarmogʻi sifatida kiritildi. Oʻsha yili Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Kattaqoʻrgʻon, Termiz, Qarshi, Qoʻqon sh.laridagi 8 ta shahar qassobxonasi, Samarqand va Buxorodagi muzxona (muzlatkich)ni birlashtirgan "Oʻzgoʻshtsovitishsanoat" tresti tashkil etildi. Keyinchalik bu trest tarkibiga Olmaliq, Chirchiq, Namangan, Yangiyoʻl sh.laridagi kushxonalar, Xoʻjayli, Urganch mol soʻyish punktlari va Toshkent muzxona k-ti ham kirdi. 1955—65 y.larda Buxoro, Xoʻjayli, Urganch (hammasi 1956-yilda), Termiz (1960), Shaxrisabz (1965) goʻsht k-tlari qurildi. 1965-yilda Respublika Goʻsht va sut sanoati vazirligining tashkil etilishi b-n. G. s korxonalari qurilishi jadallashdi. Chirchiq, Fargʻona, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand goʻsht k-tlarida yuqori quvvatga ega boʻlgan kolbasa sexlari qurildi. 1949-yilda Oʻzbekistondagi 14 goʻsht kombinatining smena quvvati 82 t goʻshtni qayta ishlash, 17,2 t kolbasa mahsulotlari i. ch. darajasida boʻlsa, 1979-yilda 18 goʻsht k-tining smena quvvati 438,5 t goʻshtni qayta ishlash va 125,5 t kolbasa mahsulotlari i.ch.gacha ortdi. 1970— 1995-yillarda Samarqand, Navoiy, Urganch, Jizzax va Namangan goʻsht k-tlari qurib ishga tushirildi, Buxoro, Fargʻona, Termiz, Xoʻjayli, Qarshi, Shahrisabz goʻsht k-tlari qayta taʼmirlanib, quvvatlari oshirildi. Koʻpgina korxonalar yangi texnologiyalarni qoʻllash asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini koʻpaytirishga erishdilar.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin