Mavzu: Suyuqli To’g’risida umumiy tushunchalar va Suyuqlik Energiyasi



Yüklə 187,67 Kb.
tarix12.11.2022
ölçüsü187,67 Kb.
#68748
Mustaqil ish 1

Mavzu:Suyuqli To’g’risida umumiy tushunchalar va Suyuqlik Energiyasi.

Reja:

  • 1.Suyuqlik haqida umumiy tushuncha. Suyuqliklarning fizik xossalari.
  • 2. Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar .
  • 3. Suyuqlik Energiyasi.

Insoniyat o‘zining ish faoliyatida uchraydigan hayotiy muammolarni hal qilishda, ko‘pincha, har xil suyuqliklarning harakati hamda ularning qattiq jismlarga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Agar inson organizmida qonning harakati uning tirikligini belgilasa, ona Zaminimizda suyuqliklar harakati tufayli hayot mavjudligini ta’kidlash mumkin. YUqorida qayd etilgan muammolarni o‘rganish va tadqiq qilish natijasida “Suyuq jismlar mexanikasi” yoki “Suyuqliklar mexanikasi” deb nomlanuvchi keng qamrovli fan yuzaga kelgan. Bu fan grek tilidagi atama bilan “Gidromexanika” deb yuritila boshlandi. Gidromexanika suyuqliklar statikasi — «Gidrostatika» va suyuqliklar dinamikasi — «Gidrodinamika» bo‘limlarga bo‘linib, ikkinchi bo‘lim o‘z navbatida “Suyuqliklar kinematikasi”ni ham o‘z ichiga oladi. Gidrostatika — suyuqliklarning nisbiy tinch holat qonuniyatlarini o‘rganib, ularni amaliyotda qo‘llash uchun uslubiyatlar yaratadi. Gidrodinamika —  suyuqlik harakatining qonuniyatlarini va uning paydo bo‘lish sabablari hamda strukturasini o‘rganadi.

Bu fanning yuzaga kelishi ancha uzoq bo‘lib, bir necha ming yillik tarixni o‘z ichiga oladi. Umuman, insoniyat suyuqliklar bilan ma’lum ma’noda munosabat o‘rnatishi bilan suyuqliklar haqidagi qonuniyatlarni o‘rganishga kirishgan. Gidravlika fani tarixida dastlabki ilmiy asar Arximed tomonidan yozilgan (eramizdan avvalgi 287-212 yillar) «Suzuvchi jismlar» trakti hisoblanadi. Arximeddan keyingi 17 asr mobaynida Gidravlika fani taraqqiyotida sezilarli yutuklar bo‘lmagan. XV-XVI asrlarda Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) “Suvning harakati va o‘lchanishi” asarini yozdi, ammo bu asar 400 yildan keyin nashr etildi. S.Stevei (1548-1620 yillar) “Boshlang‘ich gidrostatika”, Galileo Galiley (1564-1642 yillar) 1612 yilda “ Suvdagi jismlar tushunchasi va ularning harakati” maqolasini yozdi, E.Torrichelli (1608-1647 yillar) kichik teshikdan oqayotgan yopishqoq bo‘lmagan suyuqlikning tezligini aniqladi, B.Paskal (1623-1662 yillar) suyuqliklarda bosimning tarqalish qonunini yaratdi, I.Nyuton (1643-1727 yillar) suyuqliklardagi ichki ishqalanish tushunchasini berdi. Nazariy jihatdan, Gidravlika fani Peterburg akademiyasining haqiqiy a’zolari D.Bernulli (1700-1782 yillar), L.Eyler (1707-1783 yillar) va M.V.Lomonosov (1711-1765 yillar) tomonidan rivojlantirildi. Gidravlika fani rivojiga katta hissa qo‘shgan olimlardan D. Poleni (1685-1761 yillar), A.SHezi (1718-1798 yillar), P.Dyubua (1734-1809 yillar), D.Venturi (1746-1822 yillar), YU.Veysbax (1806-1871 yillar), O.Reynolds (1842-1912 yillar) va boshqalarni keltirish mumkin.

«Suyuqliklar mexanikasi» fanining eng rivojlangan davri sifatida XIX-XX asrlarni ko‘rsatish mumkin. Bu davrning mashhur tadqiqotchilari F.Forxgeymer (1852-1933 yillar), M.Veber (1871- 1951 yillar), Prandtl (1875-1953 yillar), M.A.Velikanov, (1879-1964 yillar), B.A.Baxmetov (1880-1951 yillar), N.N.Pavlovskiy (1886-1937 yillar), N.M.Vernadskiy (1882-1935 yillar), Rebok (1864-1950 yillar), Kox (1852-1923 yillar) va boshqalardir. Gidravlika fani, asosan, ikki yunalishda rivojlangan: 1. Nazariy yunalish — nazariya asoslarini matematik qonuniyatlar asosida o‘rganish. 2. Texnik yunalish, ya’ni suyuqliklarning nisbiy tinch holati va harakat qonuniyatlarini amaliyotda qo‘llashga doir tadqiqotlarni o‘tkazish va o‘rganish. Texnik yunalish - suyuqliklarning texnik atamasi, ya’ni “Gidravlika” deb atala boshlagan. Amaliyotdagi muammolarni echishni engillashtirish uchun ayrim cheklanishlar va taxminlarga yul quyiladi. Ko‘pgina hollarda suyuqliklar bilan bog‘liq fizik jarayonlarni o‘rganishda ma’lum masshtabdagi tadqiqot va eksperimentlar o‘tkazilib, ular natijasida, asosan, empirik va yarim empirik formulalar olinadi hamda hisob-kitob va loyihalashtirishda ulardan keng foydalaniladi. Gidravlika so‘zi grekcha “xyudor” va “aulikos” suzlari birikmasidan olingan bo‘lib, “suv” va “quvur” degan ma’nolarni bildiradi.


Yüklə 187,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin