Mavzu: Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash

Yüklə 126,99 Kb.
tarix12.09.2023
ölçüsü126,99 Kb.
#142763
soha slayd

Mavzu: Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash

Rеjа:

1.Qаlqоvichli sаth o’lchаgichlаr.

2. Gidrostatik sath o’lchagichlar.

3. Sоchiluvchаn mоddаlаr sаth o’lchаgichlаri.

QALQOVICHLI SATH O'LCHAGICHLAR

QALQOVICHLI SATH O'LCHAGICHLAR

Qalqovichli sath o'lchagichlar turlixil suyuqliklar sathini o'lchashda keng qo'llaniladi. Qalqovichli sath o'lchagichlar o'z navbatida ikki turga bo'linadi:

- qalqovichi doimiy qalqib turuvchi sath o'lchagich;

- qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi sath o'lchagich.

Birinchi turdagi sath o'lchagichlarda (22- rasm) yumshoq trosning bir tomoniga qalqovich 1, ikkinchi tomoniga esa uni tortib turish uchun yuk osilgan. Yukning yon tomoniga ko'rsatgich 4o'rnatilgan bo'lib, sathning o'zgarishiga qarab reykali shkala bo'ylab harakatlanadi. Trosning harakati esa 3 roliklar yordamida boshqariladi.

23- rasm.Qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi sath o'lchagich.

Gidrostatik sath o’lchagichlar.

Gidrostatik sath o’lchagichlar.

Gidrostatik sath o'lchagichlar (24- rasm) ham neft va gaz sanoatida suyuqliklar sathini o'lchashda keng qo'llaniladi. Ularning ishlashi quyidagi usulga asoslangan. Agar suyuqlikli idishga vertikal holatda o'rnatilgan trubka tushirilib, unga siqilgan havo berilsa, havoning pezometrik trubkadagi bosimi idishdagi puflanadigan suyuqlik balandligining og'irligiga teng bo'ladi. Bu esa o'z navbatida idishdagi suyuqlik sathini belgilaydi. Pezometrik sath o'lchagichlar asosan aralashmalar va agressiv suyuqliklar sarfini o'lchash uchun qo'llaniladi.

Gidrostatik sath o'lchagichlar ikki turga bo'linadi:

1. Pezometrik sath o'lchagichlar.

1. Pezometrik sath o'lchagichlar.

2. Difmanometrik (suyuqlikning balandligini bevosita o'zgartirish yo'li bilan sathni o'lchash).

24- rasm.Gidrostatik sath o'lchagichlar.

24- rasm.Gidrostatik sath o'lchagichlar.

24- rasm.Gidrostatik sath o'lchagichlar.

a) pezometrik: 1 - rotametr; 2 - o'lchov asbobi; 3 - pezometrik trubka; 4 - idish;

b) difmanometrik: 1,2 - suyuqlikli idishlar; 3 – difmanometr.

Difmanometrik sath o'lchagichlarda sath o'zgarishini idishdagi suyuqlik ostidagi va ustidagi bosimlar farqi bilan aniqlanadi. O'lchash asboblarining shkalalari sath o'lchov birliklarida yoki foizlarda darajalanadi.

SOCHILUVCHAN MODDALAR SATH O'LCHAGICHLARI.

SOCHILUVCHAN MODDALAR SATH O'LCHAGICHLARI.

Sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash uchun asosan vaznli sath o'lchagichlar hamda membranali sath signalizatorlari keng qo'llaniladi. Membranali sath signalizatorlarining ishlash usuli sochiluvchan moddaning idish tubiga va idish devorlariga bosim hosil qilish xususiyatiga asoslangan. Ular sochiluvchan moddalarning idishda chegaralangan sathini ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Membranali sath signalizatorining sxemasi 27- rasmda keltirilgan bo'lib, u markazidan shtok 2 bilan qotirilgan membranadan iborat. Sochiluvchan modda hosil qilgan bosim ta'sirida membrana egilib, shton kontakt qurilmasi 3 ga ta'sir ko'rsatadi.

Kronshteyn 4 gaqaytaruvchi prujina 5 qotirilgan bo’lib, rostlovchi vint 6 yordamida tortiladi. Signalizator 8 ichida saqlagich (izolyator) qotirilgan. Bu signalizator asosan bunker devorlariga, un, don va boshqa mahsulot saqlanadigan baland minoralarda turli xil balandlikda o'rnatiladi. Sochiluvchan modda hosil qilgan bosim ta'sirida membrana egiladi va shtokning harakati orqali kontakt qurilmasi ulanib, sochiluvchan moddaning sathi berilgan qiymatga yetganligi to'g'risida elektr signal beriladi. Sath kamayganda esa prujina 5 membranani oldingi holatiga qaytaradi va kontakt qurilmasi uziladi (ajratiladi).

27 – rasm. Membranali sath signalizatori.

Yüklə 126,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin