Mavzu: Tabiiy resurslar, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera muhofazasi.
Suv resursi va uni muhofazasi. Suvni Tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.
O’simlik hayvonot dunyosi va ularni muhofaza qilish.
1.Hozirgi vaqtda dunyo okeanining qancha qismi neft pardasi bilan qoplangan?
a) 3/4 qismi
b) 1/3 qismi
c) 2/3 qismi
d) 1/4 qismi
2.Ibtidoiy jamoa davrida odamlar qanday mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangan?
a)ovchilik, baliqchilik, termachilik
b)ibtidoiy ziroatchilik, chorvachilik, ovchilik
c)ziroatchilik, baliqchilik, ovchilik
d)dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik
3.Jami ovlanadigan dengiz hayvonlarining qanchasi baliqlardan iborat?
a) 80%
b) 85%
c) 90%
d) 75%
4.“Sayyoramizga oxir- oqibat termoyadro qurollari emas, balki “issiqxona
samarasi” katta xavf tug‘diradi, ya’ni iqlimning global miqyosda isib borishi
Yerdagi hayot uchun haqiqiy halokat xavfini keltiradi”, - deb bashorat qilgan
olim kim edi?
a)R. Chellen
b)E. Gekkel
c)Y. Xariton
d)K. Xaustxofer
5.Eroziya jarayoni tufayli har yili qishloq xo‘jaligi yerlarining qanchasi ishdan
chiqmoqda?
a) 9−10 millionga
b) 6−7 millionga
c) 1−1.5 millionga
d) 13−15 millionga
6.Tabiiy resurslarning umumiy miqdor ko‘rsatkichlari bilan ulardan foydalanish
miqdori o‘rtasidagi nisbat- bu …
a)tabiiy resurslardan foydalanish darajasi
b)tabiiy resurslarning foydalilik darajasi
c)tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik
d)tabiiy resurslarning iqtisodiy darajasi
7.Chuchuk suv resurslari gidrosfera umumiy hajmining qanchasini tashkil etadi?
a) 3.0%
b) 4.0%
c) 3.5%
d) 2.5%
8.“Oykumena”- bu …
a)inson faoliyati natijasida o‘zlashtirilgan hududlar
b)Yer yuzasining aholi yashamaydigan qismi
c)Yer yuzasining aholi yashaydigan qismi
d)inson xo‘jalik faoliyati tufayli o‘zgargan hududlar
9.Okean suvlarida qancha turdagi o‘simlik va hayvonot vakillari bor?
a) 120 mingdan ortiq
b) 150 mingdan ortiq
c) 170 mingdan ortiq
d) 140 mingdan ortiq
10.Okeanlarning mineral resurslari asosan qayerlarda joylashgan bo‘ladi?
a)okean tubida
b)shelflarda
c)batiallarda
d)abissal mintaqada
11.Qaysi dengizlar baliqlarga eng boy hisoblanadi?
a)Arabiston, Sargasso, Timor, Tasman
b)Qora, Janubiy Xitoy, Grenlandiya, Boltiq
c)Bering, Oxota, Yaponiya, Norvegiya
d)O‘rta yer, Shimoliy, Sharqiy Xitoy, Filippin
12.Xelsinkida atrof- muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjuman qachon bo‘lib
o‘tdi?
a) 1992- yili
b) 1975- yili
c) 1998- yili
d) 1972- yili
13.Inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalanadigan barcha turdagi
tabiiy ne’matlarga nima deyiladi?
a)moddiy resurs
b)iqtisodiy resurs
c)tabiiy resurs
d)tugamaydigan resurs
14.Ozon qatlamining yemirilishida atmosferaga chiqarilayotgan qaysi
moddalarning hissasi katta?
a)azotli birikmalar
b)aerozol gazlar
c)is gazi
d)ftor- xloridli moddalar
15.Tabiiy resurslarning deyarli barcha xillari bilan ta’minlangan davlatlarni
toping.
a)Rossiya, AQSh, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya
b)Rossiya, AQSh, Kanada, Braziliya, Jazoir
c)Rossiya, AQSh, Xitoy, Hindiston, JAR, Avstraliya
d)Rossiya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Braziliya, Avstraliya
16.Janubiy yarimshardagi asosiy ko‘mir havzalari qaysi davlatda joylashgan?
a)Avstraliya
b)JAR
c)Argentina
d)Chili
17.Olimlarning hisob- kitoblariga ko‘ra, hozirgi vaqtda inson tomonidan
o‘zlashtirilgan antropogen landshaftlar dunyo quruqligining qancha qismini
tashkil etadi?
a) 55%
b) 60%
c) 65%
d) 50%
18.Asosiy ko‘mir konlari yer kurrasining qaysi yarimsharida tarqalgan?
a)shimoliy
b)janubiy
c)g‘arbiy
d)sharqiy
19.Ekologik siyosat qanday miqyosda olib boriladi?
a)davlat, regional, global
b)regional, global
c)faqat global doirada
d)mahalliy, davlat, regional, global
20.Stokgolmda atrof- muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjuman qachon
bo‘lib o‘tdi?
a) 1972- yili
b) 1992- yili
c) 1975- yili
d) 1998-yili
1-B 2-A 3-B 4-C 5-B 6-A 7-D 8-C 9-D 10-D 11-C 12-B 13-C 14-D
15-A 16-A 17-B 18-A 19-A 20-A