Tadbirkorlik korxonalarida biznes rejasini tayyorlash
4.Sanoat korxonasining biznes-rejasi Tadbirkorlik – korxonalar xo`jalik yuritish faoliyatining uzluksiz qismi bo`lib, foyda (daromad) olish va uni ko`paytirishga qaratilgan bo`ladi. Korxonalar hayotida u, boqibeg`amlikka berilish, turg`unlik va isrofgarchilikni inkor qilishni anglatadi. Korxona rahbari yoki mutaxassis tadbirkorlik va tashabbuskorlik «ruhiga» ega bo`lmasa, demak, u bo`sh yoki yomon xodim, xizmatda belgilangan soatlarni o`tkazib o`tiruvchi shaxs hisoblanadi. Aksincha, tadbirkorlik va tashabbuskorlik «ruhiga» ega bo`lgan mutaxassis yoki mansabdor shaxslar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va rivojlantirish, mehnat sifatini ko`tarish va korxonaning oladigan daromadlarini ko`paytirish yo`llarini izlab topadilar.