Mavzu: Tafakkurning mantiqiy qonunlari



Yüklə 93,11 Kb.
səhifə3/6
tarix24.05.2023
ölçüsü93,11 Kb.
#121268
1   2   3   4   5   6
Tafakkurning mantiqiy qonunlari.

Tafakkurning shakllari

  • TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLLARI

Tushuncha
Mulohaza (Hukm)
Xulosa

Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli: tushuncha, mulohaza va xulosa farq qilinadi.

  • Tushuncha –  bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida hodisalar va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. U aniq va mavhum bo‘lishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki o‘xshash jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, g‘oya, jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu belgi o‘rganish predmeti bo‘lib xizmat qilsa, alohida jism sifatida o‘rganilsa, mavhum tushuncha hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalarga fidokorlik, tenglik, vijdoniylik va boshqalar kiradi.

Tushunchalar ayrim va umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim belgilar deb, jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat’iy nazar, yagona jismga taalluqli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. ayrim tushunchalarga Moskva, Toshkent, Baykal ko‘li va boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.[1]

  • Tushunchalar ayrim va umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim belgilar deb, jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat’iy nazar, yagona jismga taalluqli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. ayrim tushunchalarga Moskva, Toshkent, Baykal ko‘li va boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.[1]
  • Tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlariga, tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa – bu so‘zda o‘z ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va ahamiyatga ega bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko‘ra ko‘proq umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.

Yüklə 93,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin