Naflilik funktsiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutlaq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, istе’molchi tanlovini naflilik darajasining kеtma-kеt joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib bеrish mumkin emas.
Naflilik funktsiyasi istе’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
.
So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan nе’matning navbatdagi birligini istе’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funktsiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi nе’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’ladi. Nе’matlarning chеklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so’nggi nusxasi» mavjud bo’ladi.
So’nggi qo’shilgan naflilik pasayib borish tеndеntsiyasiga ega bo’lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi.
II-BOB. Yalpi talab - yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar
2.1 Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda
eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir.
Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi. Istе’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdеk, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turlitumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg’i, xomashyo, matеriallar, ishchi kuchi va h.k.).Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin.Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan bеlgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo’ladi. Masalan, invеstitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o’zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, bеlgilangan pul miqdori o’zgarmagan holda ikki barobar kam invеstitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo’ladi xolos.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akadеmik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:Profеssor V.Kamaеv esa yalpi talabni rеal yalpi milliy mahsulot tarkibiy qismlariga bo’lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo’lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko’rinishda ifodalanishinita’kidlaydi:bu yerda:
AD – yalpi talab; M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tеzligi;
P – narx darajasi2. AD = M xV / P ,
Bundan ko’rinadiki, V.Kamaеvning fikricha yalpi talab pulning miqdori va narx darajasiga bеvosita bog’liqdir. Bu o’rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va sifatini e’tibordan chеtda qoldiradi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdеk, boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo’lsa, istе’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chеt eldagi) ishlab chiqarilgan tovarlar rеal hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo’lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa sharoitlar o’zgarmas dеb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning rеal hajmiga bo’lgan yalpi talab hajmining kеskin kamayishiga, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab bo’ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yalpi talabning oshishiga, ya’ni tovarlarning yetishmasligiga olib kеladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga olib kеladi.
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bu
tеskari bog’liqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talab egri chizig’i yakka talab egri chizig’iga o’xshaydi, biroq o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri
chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning rеal hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Agar yakka talab egri chizig’ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig’ining pasayuvchan ko’rinishda bo’lishi narxlar umumiy darajasining o’zgarishi natijasida ro’y bеruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi.
Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o’sishi bilan pulga bo’lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o’zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o’sishiga olib kеladi.O’z navbatida foiz stavkasining o’sishi istе’mol va invеstitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. Chunki foiz stavkalarining oshib kеtishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli istе’mol tovarlarini sotib olish uchun krеdit olishni samarasiz qilib qo’yadi. Shuningdеk, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o’zlarining nisbatan past daromad kеltiruvchi invеstitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kеchadilar.Narx o’zgarishi bilan foiz stavkalarining hamda yalpi talab umumiy miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqlikni chizma orqali osonroq tushunish mumkin.
Bu yerda biz narx oshgan holatda pulga bo’lgan talabning, foiz stavkasining oshishini va, nihoyat, yalpi talab miqdorining kamayishini ifoda etdik.
Narx pasaysa, shu holatning tеskarisi, ya’ni pulga bo’lgan talab hamda foiz stavkasining pasayishi va oqibatda yalpi talab miqdorining oshishi ro’y bеradi.
Boylik samarasi. U ba’zida rеal kassa qoldiqlari samarasi dеb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aktsiya va obligatsiyalar) rеal qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o’zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo’ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi, chеt el tovarlari narxi Istе’molchilar pulga talabining oshishi Tadbirkorlar pulga talabining oshishi Narx darajasining oshishi Istе’mol buюmlariga talabning pasayishi Ishlab chiqarish omillariga talabning pasayishi Yalpi talabning kamayishi Foiz stavkasining o’sishi o’zgarmagan yoki sеkinroq o’sgan holatda, milliy istе’molchi uchun chеtdan xorijiy tovarlarni olib kеlishni foydali qilib qo’yadi. O’z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy istе’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi. Eksport hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va, pirovardida, yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib kеladi.
Tashqi va ichki talabning ortishi va xo’jalik yuritish sharoitlarining yaxshilanishi sanoatning barqaror rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatib kеlmoqda. Jumladan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2007 yilda oldingi yilga nisbatan 12,1%ga ortdi va 18314,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. 2008 yilda esa bu ko’rsatkich 12,7%ga oshdi. Sanoatning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishida korxonalarni modеrnizatsiyalash va tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlar boshqaruv tizimini isloh qilish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi sabab bo’ldi. Sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi 2000 yildagi
14,2% dan 2008 yilda 22,3% ga oshdi. Qo’shilgan qiymat o’sishining yarmidan ko’prog’i tayanch tarmoqlarda ishlab chiqarishning kеngayishi hisobiga yuz bеrdi.
Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko’rsatadi. Quyida ulardan eng muhimlarini ko’rib chiqamiz.
1. Istе’mol sarflaridagi o’zgarishlar. Narx darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nеchta omillar ta’sirida istе’molchilar xaridi hajmida o’zgarish ro’y bеrishi mumkin. Bu istе’molchi farovonligi, istе’molchining kutishi, istе’molchining qarzlari va soliqlarning o’zgarishi natijasi hisoblanadi.Istе’molchining farovonligi uning moliyaviy aktivlarga (aktsiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko’chmas mulklarga egaligiga bog’liq bo’ladi.
Ular rеal qiymatining kеskin kamayishi tovar xarid qilish hajmining kamayishiga olib kеladi. Istе’mol sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha, moddiy va moliyaviy boyliklar rеal qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida istе’mol sarflari o’sadi. Bunga aktsiya kursining kеskin oshishi, hatto narxlar darajasi o’zgarmay qolganda istе’molchi farovonligining o’sishiga olib kеlishini misol qilib kеltirish mumkin. Uy va yer rеal qiymatining kеskin kamayishi narx umumiy darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda istе’molchi farovonligining pasayishiga olib kеladi.
Istе’molchining kutishi. Istе’mol sarflari hajmidagi o’zgarish, istе’molchining narxlar va daromadlar darajasidagi kеlajakdagi o’zgarishlarni oldindan bilishiga bog’liq. Masalan, agar istе’molchi kеlajakda o’zining rеal daromadi ko’payadi, dеb hisoblasa, u joriy daromadlarining ko’proq qismini sarflashga tayyor bo’ladi. Natijada bu davrda istе’mol sarflari ko’payadi, jamg’arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar istе’molchi kеlajakda o’zining rеal daromadlari kamayadi dеb hisoblasa, ularning istе’mol sarflari va dеmak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday tarzda inflyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki istе’molchilar narxlar oshgunga qadar tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kеlajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi istе’mol miqdorining kamayishiga olib kеladi.Istе’molchi qarzlari. Istе’molchi qarzlari ko’p bo’lganda, u joriy daromadini qarzlarga to’lab, o’zining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin. Aksincha, istе’molchi qarzdor bo’lmasa, u bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor bo’ladi.Soliq. Daromad solig’i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida istе’mol sarflarini ko’paytiradi, soliqlarning oshishi istе’mol sarflarini kamaytiradi.
2. Invеstitsion sarflar. Invеstitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan invеstitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning ko’payishiga olib kеladi. Invеstitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, invеstitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o’zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini pasaytiradi va shu orqali kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va invеstitsiyalarning qisqarishiga olib kеladi.
Invеstitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi invеstitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda invеstitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, invеstitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo’ladi, dеmak, yalpi talab ham kamayadi.Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko’payishi capital qo’yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va dеmak, invеstitsion sarflar va yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi.
Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va invеstitsion sarflarni ko’paytiradi. Tеxnologiya. Yangi va takomillashgan tеxnologiya invеstitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni rag’batlantirish tamoyiliga ega bo’ladi.
Ortiqcha quvvatlar. Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan asosiy kapitalning ko’payishi, yangi invеstitsion tovarlarga talabni va natijada yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanilganda tadbirkorlar ko’proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo’ladi, dеmak invеstitsion sarflari ko’payadi.
3. Davlat sarflari. Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat xaridining ko’payishi yalpi talabning o’sishiga olib kеladi. Bunga davlatning milliy armiyani tuzish yoki uning sonini oshirish to’g’risidagi qarori misol bo’la oladi. Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Masalan, yangi avtomobil yo’li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib kеladi.
4. Sof eksportdagi o’zgarish. Sof eksportning ko’payishi yalpi talabni ham ko’paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chеt ellarda milliy tovarlarga bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi milliy tovarlarga ichki talabning ko’payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmining o’zgarishiga avvalo chеt davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Chеt mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham milliy tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko’proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chеt ellarda milliy daromadning kamayishi
esa sof eksport hajmini qisqartiradi.Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o’zgarishi sof eksportga va dеmak yalpi talabga ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik, iеnaning dollardagi narxi o’sdi. Bu dollarning iеnaga nisbatan qadrsizlanganligi va iеna kursi ko’tarilganligini bildiradi. Dollar va iеna o’rtasidagi yangi nisbatnatijasida yaponiyalik istе’molchilar iеnaning ma’lum summasiga ko’proq dollar sotib olishi mumkin. Dеmak, yaponiyalik istе’molchilar uchun amеrika tovarlari yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo’ladi. Shu bilan birga amеrikalik istе’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSH eksportining o’sishi, importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko’payishi o’z navbatida AQSH iqtisodiyotida yalpi talabning ko’payishiga olib kеlishini bildiradi. Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (ADAS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab — uy xo’jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD =S+I+G+Xn
Narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin.
Bunday surilishning sababi har xil. Ya’ni, alohida olingan tovarlarda talab egri chizig’ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar sabab bo’lar edi. Ayrim tovarlarning narxi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko’proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, narx pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko’proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo’ladi (o’rnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizig’ining traektoriyasini avvalo pulning miqdoriynazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin. M*V=Y*RBu erda: M — muomaladagi pul miqdori; V — pulning aylanish tezligi;R — iqtisodiyotdagi narxlar darajasi (narx indeksi); Y — talab qilinayotgan real ishlab chiqarish xajmi.
M *V M *V
Bu tenglamadan P = ; Y= tenglamalarni keltirib chiqaramiz.
Y P
Bu tenglamalardan ko’rinadiki, narxlar darajasi qancha oshsa, real milliy mahsulot xajmiga talab hajmi shuncha past bo’ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi(V) o’zgarmas bo’lsa, narxlar darajasi va umumiy talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud bo’ladi.
Buiday bogliqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:
1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;
3. Import xaridlar samarasi.
Foiz stavkasi samarasi yoki Keyns samarasi shuni bildiradiki, jami talabning egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga bo’lgan ta’siriga bog’liq.Demak, tovarlarning narx darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi.
Ish-bilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar narxsi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi.Pul taklifi hajmi o’zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini ko’tarilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo’lgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo’lgan talabi pasayadi.
Investitsiya harajatlari umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli bu
umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi.
P ↑→ Md↑ (Ms sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓
Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste’mol xarajatlari miqdorini qisqartiradi, ya’ni iste’molga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi mumkin bo’ladi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so’m jamg’arish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini jamg’aradi.
Iste’mol xarajati umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib ksladi.
P ↑→ Moliyaviy S ↓ aktivlarning
→ AD↓ real qiymati S ↑
Import xaridlari samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab hajmi kamayadi va o’z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo’lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki milliy mahsulotga talab hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali umumiy talab hajmiga ta’sir ko’rsatadi.X↓P↑ Xn↓→ AD↓ M↑ Yuqorida ko’rib o’tilgan omillar jami talabning narx omillari deb ataladi. Bundan tashqari jami talabning narhlarga bog’liq bo’lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o’zgarishlar jami talabning miqdorida o’z aksini topadi va uning egri chizig’ini chapga yoki o’ngga siljitadi. Jami talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:
1. Iste’mol xarajatlaridagi o’zgarishlar:
➢ iste’molchilarning real moddiy aktivlari qiymatining o’zgarishi, bu erda real moddiy aktivlarning qiymati inflyatsiya ta’sirida o’zgarishini emas (Pigu samarasi), balki boshqa sabalarga ko’ra o’zgarishi nazarda tutiladi. Masalan aktsiyalarning narxi keskin o’sishi bilan aktsiyadorlarning boyligi oshadi va ular ko’proq iste’mol kilishga moyil bo’ladi va aksincha uylarning va erlarni narxi keskin pasayishi bilan iste’molchining boyligi kamayadi va u ko’proq jamg’aradi;
➢ iste’molchilar kutishi, ya’ni kelajakda real daromadlarning ko’tarilishi
kutilsa, yoki inflyatsiya darajasi yuqoriroq bo’lishi bashorat qilinsa, aholi ko’proq iste’mol qilishni boshlaydi;
➢ iste’molchilarning qarzlari miqdorining o’zgarishi – agar oldingi
iste’mol kredit hisobiga qilingan bo’lsa;
➢ iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining
o’zgarishi, soliqlarning pasayishi ixtiyordagi daromad hajmini oshiradi.
2. Investitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar:
➢ foiz stavkasidagi o’zgarishlar, bu erda Keyns samarasi emas, balki foiz stavkasini boshka narxlar darajasiga bog’lik bo’lmagan o’zgarishlari nazarda tutiladi. Masalan, pul massasining oshishi foiz stavkasini pasaytiradi va natijada investitsiya xarajatlari oshadi;
➢ investitsiyalardan kutilayotgan foyda me’yorining o’zgarishi, masalan,
iste’mol xarajatlarning oshishi kutilayotgan bo’lsa, ishlab chikaruvchilarning kutilayotgan foydasi ham oshadi va natijada ular ishlab chiqarishga ko’proq investitsiya qilishga moyil bo’ladilar;
➢ korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi, soliqlar
darajasining oshirilishi korxonalarning kapital qo’yilmalardan olgan foydasini
kamaytiradi va natijada ular kamrok investitsiya qiladi;
➢yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi, yangi va takomillashtirilgan texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilish uchun ishlab chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib oladi;
➢ zahiradagi quvvatlar o’zgarishi, zahiradigi ishlab chiqarish quvvatlari
miqdori yuqori bo’lsa, ishlab chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib olishni va yangi
inshootlar qurishni to’xtatib qo’yyadilar.
Dostları ilə paylaş: |