Ta’minot jarayoni auditini tashkil qilish
Mavzu: Ta’minot jarayoni auditini tashkil qilish
Bajardi: BI-72 guruh talabasi G’ofurov O.
Reja:
Ta’minot haqida tushuncha
Ta’minot jarayoni auditini tashkil qilish
Auditorlik tekshiruvlarini yuqori sifatda o’tkazish maqsadida, auditor mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditining dasturini tayorlash uchun ichki nazorat vositalari mavjudligini tekshirishi va ushbu vositalarni samaradorlik nuqtayi nazaridan baholashi lozim. Auditorlik tekshiruvida ta‘minot jarayoniga xos bo’lgan ichki nazorat vositalarining samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat:
1) ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganish;
2) ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazishni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun ulardan har birining ishonchliligini dastlabki baholash;
3) testdan o’tkazish natijalari asosida ichki nazorat vositalarining ishonchliligini yakuniy baholash.
. Ta‘minot jarayonida auditning vazifasi ushbu jarayon ichki nazorat amallarini bajarishga jalb etilgan xodimlar tomonidan xatolarning oldini olish imkoniyatlarini baholashdan iborat.
Ta‘minot jarayonida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi:
Xo’jalik subyektiga moddiy qiymatliklarning kelib tushishi, unga muvofiq rasmiylashtiriladigan shartnoma turi (etkazib berish, ayirboshlash, vositachilik va boshqalar);
mol yetkazib beruvchi yoki pudratchilarning turi (mulkdor, kreditor, vositachi), yuridik maqomi (yuridik shaxs, jismoniy shaxs, xususiy tadbirkor va h.k.);
yetkazib berish turi (xaridor transporti bilan, sotuvchi transporti bilan, avtotransport korxonalari xizmatidan foydalanish);
hisob-kitoblar tartibi.
Ta‘minot jarayoni ichki nazorat vositalarini o’rganib chiqish va ularning ishonchliligini baholashning ikkinchi va uchinchi bosqichlariga o’tish, ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazish ehtimoli to’g’risida qaror qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat:
1) moddiy qiymatliklarni sotib olishga taalluqli bitimlarning katta hajmi;
2) uchinchi tomon ishlab chiqqan va xizmat ko’rsatadigan dasturiy ta‘minotdan foydalanuvchi buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan tizimi;
3) moddiy qiymatliklar sotib olishga tender e‘lon qilish, buyurtma berish, ularni qabul qilish, hisobini yuritish va yetkazib beruvchilar bilan hisobkitoblar uchun mas‘ul bo’lgan shaxslar o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash;
4) lavozim yo’riqnomalarida nazarda tutilgan x’jalik operatsiyalarini bajarish tartibi buzilgan hollarda, xususan, ular uchun tasdiqlangan buyurtma mavjud bo’lmagan moddiy qiymatliklar kelib tushgan taqdirda mustaqil nazorat vositalarining mavjudligi.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. Shuning uchun bunday hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yo’nalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur:
olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki jo‗natilgan tovarlar (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalarning to’g’riligini aniqlash;
moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to‗liqligini tekshirish.
-shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish;
-olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar to’liqligi va to’g’ri kirim qilinishini tekshirish;
-moddiy qiymatlik(ish. xizmat)lar uchun o’z vaqtida va to’liq haq to’lanishini tekshirish;
-auditor dastavval mahsulot yetkazib berish shartnomalari va ish bajarish va xizmat ko’rsatish uchun boshqa xo’jalik shartnomalarining mavjudligi, hamda shartnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi:
Qarzdorliklarning o’zaro hisoblashish tartibida qoplanishini tekshirish natijasida, auditor o’zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan birortasining o’zaro hisob-kitoblar tartibidagi to’lovni amalga oshirish to’g’risidagi iltimosnomasi) mavjudligini, qarz summasi va qoplash sanasini, hamda hisob registrlarida aks ettirishning to’g’riligini aniqlaydi.
Dalolatnomalarda majburiy rekvizitlardan tashqari, qarzdorlikni vujudga keltirgan shartnomalar va dastlabki hujjatlar ma‘lumotlari, QQS summasi alohida ajratilgan holda ko’rsatilishi lozim. Da‘vo muddati o’tib ketgan qarzdorliklar bo’yicha o’zaro talablarni hisobga olishga yo’l qo’ilmaydi. Amalga oshirilgan o’zaro qarz surishishlarning qonuniyligini tekshirishda, qabul qilingan va puli to’langan moddiy qiymatliklar bo’yicha QQSni hisobga qabul qilishning asoslanganligi va sotilgan tovarlar (ish va xizmatlar) bo’yicha QQS hisoblanishining to’liqligini aniqlashga maxsus e‘tibor qaratiladi.
sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining ro’yxatini (miqdori va qiymati ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma‘lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash;
yangidan sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining jismonan mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish;
foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;
soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;
hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini aniqlash.
Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’gri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan obyektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat. Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:
Auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va xo’jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o’tkazilganining to’g’riligini ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit 0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to’g'ri tuzilganligiga alohida e‘tibor berish zarur.
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me‘yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog’liq. Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki korxonaning o’zida yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliya xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishga doir muomalalar bo’yicha schyotlar bog’lanishi va asos bo’luvchi dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilishining to’g’riligini tekshirish
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. №21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat‘iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h.k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ularni indentifikatsiyalovchi (aynan o’xshatuvchi) hujjatlar ham bo’lishi zarur. Bunday hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o’zlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi hujjatlar, shuningdek, korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalterlik hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan obyekti obyektiv shaklda mavjud bo’lishi lozim.
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |