Byudjet buyurtmachilari tomonidan quyidagi hollarda tanlov orqali xaridlar amalga oshiriladi:
tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravaridan 6000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni;
ishlarning, xizmatlarning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 6000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etganda.
Tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravaridan oshgan hollarda tanlov bo‘yicha texnik topshiriq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni kompleks ekspertizadan o’tkazish va import kontraktlar markazi” DUK bilan kelishib olinishi lozim.

Agar investitsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bilanbuyurtmachilarga tenderni o‘tkazmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qat’iy nazar tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bunda tanlov haqidagi e’lon buyurtmachi tomonidan takliflarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar kamida 10 kun oldin portalda joylashtiriladi.
Agar investitsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bilan buyurtmachilarga tenderni o‘tkazmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qat’iy nazar tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bunda tanlov haqidagi e’lon buyurtmachi tomonidan takliflarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar kamida 10 kun oldin portalda joylashtiriladi.