3-savol bayoni Maxsus axborot portalida e’lon qilingan tanlov ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartibda tanlov o’tkazish to’g’risidagi e’londa ko’rsatilgan manzil bo’yicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi. Taklifda davlat xaridi obyekti bo’lgan tovarning eskizi, rasmi, chizmasi, fotosurati va boshqa tasviri, nusxasi, namunasi bo’lishi mumkin. Tanlov ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to’g’riligi uchun javobgar bo’ladi.
Tanlov ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli. Tanlovga takliflarni qabul qilish maxsus axborot portalida chop etilgan e’londa ko’rsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi. Agar takliflar berish muddati tugagan paytda xarid komissiyasi tomonidan tanlov ishtirokchilaridan tanlov hujjatlarida ko’rsatilgan talablarga mos keladigan kamida ikkita taklif olingan bo’lsa, tanlov o’tkazilgan deb topiladi.Tanlovda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tanlov o’tkazilmagan deb hisoblanadi.
Bunday holatda davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilini ayni o’sha shartlarda hamda tovarga (ishga,xizmatga) doir ayni o’sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.Tovarga (ishga,xizmatga) nisbatan baholash shartlari, mezonlari va talablarni o’zgartirish zarurati paydo bo’lganda xarid komissiyasi asoslarni keltirgan holda tegishli qarorni qabul qiladi.
Tanlov ishtirokchisi bunday takliflarni berish muddati tugaguniga qadar berilgan taklifni qaytarib olishga yoki unga o’zgartirishlar kiritishga haqli.Tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko’rib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o’n kundan ko’p bo’lishi mumkin emas.Agar takliflar ushbu Qonunning va tanlov hujjatlarining talablariga muvofiq bo’lsa,u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Agar taklifni kiritgan tanlov ishtirokchisi ushbu Qonunda belgilangan talablarga mos kelmasa yoxud tanlov ishtirokchisining taklifi tanlov hujjatlari talab lariga mos kelmasa,xarid komissiyasi taklifni rad etadi.