Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi
Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosi quriladi va u kerakli ma’lumotlar bilan to’ldiriladi. Buning uchun taqdimot muharriridan foydalaniladi. Ish stoli elementlarini sichqoncha tugmasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak, shablondagi barcha elementlarni, sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o’zgartirish mumkin.
Prezi taqdimoti muharriri oynasi
Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo’ladigan asosiy uskunalar oynaning yuqori qismida joylashgan va ular uchta menyu guruhiga bo’lingan:
Frames and Arrows: formaning turli sohalarini belgilash va taqdimotga yangi slayd
ko’rinishlarini qo’shish.
Insert: kerakli ma’lumotlarni taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa fayllarni qo’shish. KlipArt galeriyasidan foydalanish mumkin. Taqdimotga musiqa jo’rligini ham joylashtirish mumkin.
Theme: taqdimot ko’rinishini sozlash mumkin. Ushbu menyu yordamida xohlagan
vaqtda boshqa mavzuni tanlash imkoniyati mavjud. Taqdimotni jihozlash yoki biror bir element rangini o’zgartirish orqali amalga oshirish mumkin.
Ishni xohlagan bosqichida taqdimotni qanday namoyish etilishini ko’rish mumkin, buning uchun oynaning chap tomonida joylashgan Present tugmasini tanlash orqali bajariladi. Prezi servis bo’lsada loyihani avtomatik saqlash imkoniyati mavjud, shunday bo’lsada muharrirdan chiqib ketish oldidan quyidagi tugmani bosish lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |