Mavzu. Taqriz matni. Taqriz turlari Nazariy ma’lumot



Yüklə 198,25 Kb.
səhifə3/4
tarix25.09.2023
ölçüsü198,25 Kb.
#148135
1   2   3   4
3-AY amaliy mashg\'ulot ishlanmasi 1

2-topshiriq. Venn diagrammasi yordamida til va nutq tushunchalarini taqqoslang.

3-topshiriq. Matnning tushirib qoldirilgan o‘rinlarini o‘z so‘zlaringiz bilan to‘ldiring.
Hayot go‘zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun… .
Shu bois bo‘lsa kerak, inson borki, hamma vaqt imkon qadar bu dunyoning go‘zalliklaridan ko‘proq bahra olishga, … intilib yashaydi. Bu istak esa ba’zida odamzodga baxt keltirsa, … . Insoniyatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha … . U amal qilayotgan ko‘plab zararli odatlarning oxir-oqibatini bilsa-da, …. Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish odati ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. E’tibor bergan bo‘lsangiz, yoshlarimiz ruju qo‘yayotgan sigareta tutunlari … singari tobora farzandlarimizning katta qatlamini o‘z isjankasiga olmoqda. Yurtimizda … e’tibor berilayotgan bir paytda kelajagimiz vorislari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning bu qadar o‘zlarini zaharlashlariga nima sabab bo‘lmoqdi? Aytish joizki, farzandlarimizning har qanday illatga ruju qo‘yishlarida, avvalo … bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.
4-topshiriq.
AKT ning rivojlanish tarixi

XIX asrning ikkinchi yarmigacha “qo‘l” axborot texnologiyasi rivojlangan bo‘lib, uning asosini pero, siyohdon va buxgalteriya daftari tashkil etgan. Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasmiy hujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga oshirilar edi.
“Qo‘l” axborot texnologiyasi o‘rniga XIX asr oxirida “mexanik” texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi – bular bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so‘ng ish mahsuldorligida sezilarli o‘zgarishlar yuz berishiga zamin bo‘ldi.
XX asrning 40 - 60–yillarida “elektr” texnologiyasi paydo bo‘lib, u yechib almashtiriladigan elementlarga ega elektr yozuv mashinkalari, oddiy qog‘ozdan foydalanuvchi nusxa ko‘chirish mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi.
60-yillarning ikkinchi yarmidan esa “elektron (yoki kompyuter)” texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotning shaklini emas, mazmunini o‘zgartirishga urg’u berila boshlandi.
Axborot texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya vositalari bilan bog’liq.
Xorijiy mutaxassislar axborot texnologiyalari rivojlanishiing beshta asosiy tendensiyasini ajratib ko‘rsatadi:
1. Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi. Axborot vositasi ko‘rinishidagi axborot mahsuloti, ekspert ta’minoti xizmatining ma’lumotlar bazasi strategik ahamiyat kasb eta boradi. Turli shakldagi (nutq, ma’lumot, tasvir) axborot mahsulotlari eshitish, ko‘rish va anglash uchun foydalanuvchining talabiga ko‘ra ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda mahsulotni yetkazib berish vositasi mavjud bo‘ladi.
2. Birgalikda harakat qilish qobiliyati. Axborot mahsulotining ahamiyati oshib borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari o‘rtasida ideal tarzda almashuvini o‘tkazish imkoniyati ilg’or texnologik muammo kasb etadi.
3. Oraliq bo‘g‘inlarni tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga, so‘ngra, axborot manbai yo‘lidan iste’molchiga qarab oraliq bo‘g‘inlar tugatiladi.
4. Globallashtirish. Tashkilot yo‘ldosh aloqa va Internet tarmog‘ida foydalanib axborot texnologiyalari yordamida xohlagan joyda va xohlagan paytda ish olib borish mumkin.
5. Konvergensiya (uyg’unlashish). Konvergensiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o‘rtisidagi farq yo‘qoladi.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing.
2. Matndan tayanch so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing.
3. Matnga taqriz yozing.

Yüklə 198,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin