Mavzu: Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o’ziga hos hususiyatlari


O'tish davri iqtisodiyoti o'zining quyidagi asosiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə5/9
tarix14.01.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#79197
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Taraqqiyotning o\'zbek modelii

O'tish davri iqtisodiyoti o'zining quyidagi asosiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi:


o'tish davrida
iqtisodiyotning
o'zgarib turishi,
uning beqarorligi
o'tish davri iqtisodiyotining muqobillik xarakteri
alohida o'tish davri
iqtisodiyoti shakllari
vujudga keladi va
unga amal qilina
boshlaydi.
o'tish davri iqtisodiyotidagi ziddiyatlar alohida xarakter kasb etadi
o'tish davri iqtisodiyotining tarixiyligi
Tarixda o'tish davri iqtisodiyotining har xil turlari bo'lganligini bilamiz. Ular o'tish jarayonlari xarakteri va miqyosi bo'yicha bir-birlaridan ancha farqlanadi:
  • O'tish davri iqtisodiyotining lokal turi. U qandaydir mintaqa yoki alohida mamlakatning o'tish holati miqyosini xarakterlaydi. Lokal tur asosida har bir iqtisodiyot rivojlanishining o'ziga xos jihatlari, turli mamlakatlar va mintaqalar rivojlanishining notekisligi yotadi. Lokal o'tish davri iqtisodiyotida o'tish jarayonlaridagi umumiylik va alohidalik birligi mujassamlashadi. Angliya, Fransiya va Germaniya mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti turli shakllarda va o'ziga xos jihatlar asosida shakllandi. O'tish davri iqtisodiyoti turlarini miqybslari bo'yicha tasniflashtirishda lokal o'tish davri iqtisodiyoti uning boshlang'ich turi sifatida tahlil etiladi.
  • O'tish davri iqtisodiyotining global turi. U o'zida o'z- garishlarning yagona jarayonini, yoki butun dunyo xo'jaligi miqyosini, yoki sivilizatsiya doirasidagi (Sharq, G'arb) o'z- garishlarni ifodalaydi. Lokal darajadagi o'zgarishlar megaiqtisodiy o'tish jarayonlarini rivojlanishiga ta'sir qiladi. Bu jarayonda paydo bo'lgan moyilliklar mintaqalardagi jarayonlarga teskari ta'sir ko'rsatadi. Makroiqtisodiy jarayonlar mustaqil omillar ta'sirida rivojlanadi: xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi, transnatsiona! korporatsiyalarni paydo bo'lishi, millatlararo ishlab chiqarish va o'zaro almashuvlar.
  • O'tish davri iqtisodiyotining tabiiy-evolutsiyaviy turi. U o'tish davri jarayonlarining xarakteri bo'yicha (ayniqsa, global o'tish jarayonlari uchun) ajralib turadi. Lekin, lokal o'tish davri iqtisodiyoti ham evolutsiyaviy qonuniyatlar ta'siri ostida shakllanadi. Shuning uchun o'tish davri iqtisodiyotining bu turi asosiy tur hisoblanadi. Evolutsiyaning borishida — tarixiy taraqqiyotning bir pog'onasidan ikkinchisiga o'tishida u asos bo'lib xizmat qiladi.
  • O'tish davri iqtisodiyotining islohotchilik-evolutsiyaviy turi. U ham o'tish jarayonlari xarakteri bo'yicha ajralib turadi va jamiyatni isloh etish uchun ishlab chiqilgan dastur asosida ongli ravishda muvofiqlashtirish asosida kechadi. Bu jarayonda evolutsiyaning borish qonuniyatlari saqlanib qoladi. Lekin, bunda evolutsiya zo'rlik bilan emas, balki islohotchilik o'zgartirishlar uchun ishlab chiqilgan qonunlarga muvofiq tezlashtiriladi. O'tish jarayonining bu turida evolutsiyaning sotsiomadaniy omillari muhim ahamiyat kasb etadi. Unga misol tariqasida qator industrial mamlakatlarda amalga oshirilgan texnotron turga mansub bo'lgan bozor iqtisodiyotiga o'tishning zamonaviy dasturlarini keltirish mumkin.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin