Mavzu: tarbiya fanini o'qitish tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun



Yüklə 331,49 Kb.
səhifə12/26
tarix28.04.2023
ölçüsü331,49 Kb.
#104388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Mavzu tarbiya fanini o\'qitish tarbiya treninglari asosida faoli

2.Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni engillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi.
Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. SHaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat.
3. Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:

Yüklə 331,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin