Uyaltirish - o‘quvchining ma'lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas'ul bo‘lgan sub'ektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm-hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.

Jazo puxta o‘ylab qo‘llanilishi lozim, aksincha, jahl ustida jazolash mumkin emas. Jazolar yakka xarakterda, ya'ni, birgina usulni qo‘llash asosida bo‘lsin, o‘quvchining aybiga mos, muvofiq bo‘lishi, tez-tez qo‘llanilmasligi, jazolanuvchida jazoning to‘g‘ri belgilanganligiga nisbatan shubha tug‘ilmasin va ular o‘z ayblarini sezsin. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta'sir kuchi yanada oshadi.