Tarbiya metodlari va jamoa tushunchasi.
II.
Asosiy qism
1.Jamoaning rivojlanish darajasini tarbiyaga bog‘liqligi.
2,Jamoaning shakillantrish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati.
III. Xulosa
IV. Adabiyotlar ro’yxati
Kirish.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dastur”i talablarini amalga oshirish jarayonida yuqori malakali o‘qituvchilarni tayyorlash muhum muammo sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Shunday ekan ushbu talablardan
kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi , ijodiy izlanuvchan , yuqori malakali , turli soha egalarini tayyorlash kasb - hunar ta’limi oldiga qo’yiladigan talablarga mutonosib insonlar qilib shakllantirish ular shaxsiga yangicha yondashish hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning zaruriy talablaridan biridir. Ayniqsa mehnat va kasb ta‘limi sohasida bilim olgan bo‘lajak mehnat va kasb ta‘limi o‘qituvchilari
mehnat faoliyatini, mahoratini oshirish oily ta‘limning asosiy vazifalaridan biridir. Bu muammoni hal
qilishning birdan bir yo‘li mehnat va kasb ta‘limi o‘qituvchilari mahoratini, faoliyatini oshirish eng avvalo pedagogik shart- sharoitlar hamda oily ta‘lim muassasidagi barcha imkoniyatlardan kelib chiqib, o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olinganligini ham nazarda tutadi.
Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta'lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi. Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi o‘sib kelayotgan avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda.
Psixologik, intellektual va fiziologik jixatdan yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg‘unchi g‘oyalar ta'siriga tushib qolish, nosog‘lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o‘zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlovchi asosiy omildir.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a'zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma'noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a'zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma'naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a'zolar o‘tasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a'zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. O‘quvchining jamoadagi o‘rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta'sir ko‘rsatadi. Kasb-hunar kollej yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir- biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy etakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.