Mavzu: Tarbiya nazariyasi. Tarbiya tushunchasi tarbiya metodlari va turlari



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə2/16
tarix19.06.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#132480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
tarbiya nazariyasi

Asosiy qism
Tarbiya qonunlari to’grisida tushuncha.

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo’nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.


Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, e’’tika,e’tsetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi.
Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan u’zviy bog’langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy. ahloqiy, irodaviy e’tsetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o’sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mutsaxkamlashadi.
Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi. Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga e'tibor qaratmoq lozim. Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to’g’ri kеladi. Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham o’zgarib bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo’lib kirib kеldi. Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashuviga qanchalik samarali ta'sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg’or fikrlariga tayanib ish ko’rish zarur bo’ladi. Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda Sharq mutafakkirlarining qimmatli ma'naviy meroslari muhim dasturil amal ahamiyatiga ega bo’ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O’z o’tmish madaniy merosini chuqur o’rganmagan va e'zozlamagan, ajdod-avlodlari bosib o’tgan tarixiy yo’lni idrok etmagan, milliy mustaqillik yo’lida jon fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan qabardor bo’lmagan inson o’zligini hech qachon anglab yetolmaydi.
O’tmish madaniy merosini o’rganish murakkab jarayoni sanaladi. Madaniy merosi namunalari va ularda ilgari surilgan ezgug’oyalarni yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur.

Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin