Normal hujayralar shish hujayrasiga aylanganda, ular juda tez bo’linib ko’payadi. Bunda hujayralarning o'sishiga organizmning o'zi yordam beradi. U ko'payatgan hujayralarni asrab har birini kapillyarlar bilan ta'minlab, shish hosil bo'layotgan joyga yangi sog' hujayralarni jalb qilib, shishning kengayib o'sishini ta'minlaydi, xuddi o'zining joniga suiqasd qilgandek sekin o'zini o'limga olib keladi.
Ma'lum bo'lishicha, organizm shishlarni bitayotgan yara deb qabul qilib ularni hujayralarni o'stirish orqali tuzatmoqchi bo'ladi. Agar qo'limizni pichoq bilan kesib olsak yara sekin bitib boradi. Birinchi bosqichda qon ivishi uchun qon hujayralari yara ustida to'plana boshlaydi. Makrofaglar, trombositlar o'zlaridan sitokininlarni-hujayra bo'linishini boshqaruvchi oqsillarni ishlab chiqara boshlaydi. Sitokininlar hujayraning bo'linishini chaqirib yaraning ochiq joyi yangi hujayralar bilan to'la boshlaydi.

Qonning ivishida signal bo'lib yara yuzasidagi shikastlangan yoki o'lik hujayralar xizmat qiladi. Ular o'zidan o'sish omili bo'lgan sitokinlarni ajratib yoniga hujayralar migrasiyasi uchun signal beradi. Buning natijasida hujayralararo bo'shliq limfa bilan to'lib u yerga yarani bitishida ishtirok etuvchi limfositlar va boshqa hujayralar to'planadi.
Organizmda vaqti- vaqti bilan DNK zanjirida uzilishlar hosil bo'lib turadi. Lekin ba'zan uzilish joyida uning dupleksi - kopiyasi (nusxasi) uchramaydi. Natijada DNKda bunday uzilishlari bo'lgan hujayralar kasal nasl beradi va hujayralarning nobud bo'lishiga olib keladi. Shish hujayralari DNKsida ana shunday uzilishlar yuzaga kelib, ulart iklanmasligi natijasida hujayralarda mutantonkogenlar yuzaga keladi. Bunday hujayralar tashqi signallarni eshitmaydi, faqat ichidagi kasal genlar berayotgan noto'g'ri signallarni qabul qiladi. Bunday hujayralar 10%tashkil etsa, ularning nekrozi organizmda yara bitiruvchi mexanizmini ishga tushiradi va hujayralar to'xtovsiz bo'lina boshlaydi. Shu tariqa o'sma kattalashadi.