Mavzu: temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish deformasiyalanish holatini uch bosqichi. Oldindan



Yüklə 250,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.05.2023
ölçüsü250,36 Kb.
#117543
  1   2   3
11-ma\'ruza 3



11-MAVZU: TEMIRBETON KONSTRUKSIYALARNING KUCHLANISH-
DEFORMASIYALANISH HOLATINI UCH BOSQICHI. OLDINDAN 
ZO’RIQTIRILGAN TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR HAQIDA 
UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNI LOYIHALASH 
 
Reja: 
 
1. Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch 
bosqichi.
2. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning mohiyati.
3. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning afzalliklari.
4. Armaturani taranglash usullari: mexanik, termik va termomexanik.
5. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlar armaturasidagi kuchlanishlarni 
yo‘qotilishi.
6. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlardagi kuchlanishlarni aniqlash. 
 
Egiluvchi temirbeton elementining tashqi yuk ta’sirida uning kesim yuzasida 
eguvchi moment qiymatiga qarab navbati bilan kuchlanish - deformatsiyalanish 
holatining uch bosqichi ro‘y beradi. 
1-bosqich. Elementga kam yuk qo‘yilganda beton va armaturada kuchlanish 
miqdori deyarlik ko‘p bo‘lmaydi, shuning uchun bunda deformatsiya elastik holatda 
bo‘ladi. Kesim yuzasining siqilgan va cho‘zilgan qismidagi kuchlanish epyurasi 
uchburchak shaklida bo‘ladi. 
Yuk ortishi bilan betonning cho‘zilgan zonasida kuchlanish miqdori 
cho‘zilishning chegaraviy qiymatiga etadi. Ammo beton yorilmaydi. Betonning 
taranglangan pastki yuzalarida plastik deformatsiyalar paydo bo‘ladi, bu qatlamlardagi 
deformatsiya betonning cho‘zilishdagi mustahkamligiga teng. Betonning kamroq 
cho‘zilgan yuqoriroq yuzasida betonning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligiga teng 
kuchlanish yuzaga kelguncha davom etadi. Bu jarayon kuchlanishni qayta taqsimlash 
butun cho‘zilgan zona bo‘ylab bo‘ladi va ularning epyurisi to‘g‘ri to‘rtburchakka yaqin 
ko‘rinishni oladi, to‘sinning neytral o‘qi siqilish zonasi tomon siljiydi. Bu Ia bosqich 
deb belgilanadi.
Siqilgan zonada beton esa asosan elastik deformatsiya holatida ishlaydi. Negaki 
cho‘zilgan zonadagi beton siqilganga qaraganda ko‘proq deformatsiyalanadi. 1a-
bosqich elementning yorik paydo bo‘lishi - yoriqbardoshligi bo‘yicha hisoblashda 
qo‘llaniladi. 


23.1. rasm Egiluvchi elementning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch 
bosqichi: 
1- neytral qatlam; 2-yoriqlar; 3-epyuralar; 4-simmetriya o‘qi. 
 
Bunda yuk ko‘paygan sayin betonning cho‘zilgan zonasi (deformatsiya 
ko‘rsatkichi oxiriga etganda) uziladi. Natijada yoriq paydo bo‘ladi va elementning 
kesim yuzasida yangi holat 2-bosqich boshlanadi. 
2-bosqich. Yoriq paydo bo‘lgandan keyin yoriqli kesim yuzasining 
cho‘zilishidagi kuchlanishini armatura qabul qiladi (ma’lum ma’noda yoriq ustidagi 
cho‘zilgan beton bilan birgalikda), yoriqlar orasida esa beton bilan bog‘liqlik 
buzilmaydi va beton armaturaga biroz ko‘proq kuchlanishni berib, cho‘zilishga 
ishlayveradi. (23.1. rasm) 
Yukni orttirib borilgan sari armaturadagi kuchlanish ortib boradi, yoriq 
kengayadi (yoriq yuqoriga qarab ko‘tariladi va uning eni esa kattalashadi), neytral o‘q 
yuqoriga ko‘tariladi va betonning siqilgan kesim yuzasi kichrayadi. Betonning siqilgan 
qismida noelastik deformatsiyasi ortadi va bu zonada kuchlanishning epyura chizig‘i 
qiyshayadi. 2-bosqich oxirida, cho‘zilgan armaturadagi kuchlanishning miqdori 
oquvchanlik chegarasiga etadi va siqilgan zonadagi betonda kuchlanishning miqdori 
kamayib borishi bilan tugallanadi. 
2-bosqich bo‘yicha konstruksiyaning ishlash sharoitida uni egilishga va yoriqni 
kengayishiga hisoblashda qo‘llaniladi. 
Temirbetonni emirilish bosqichi bo‘ladi. Sinov vaqti bo‘yicha u juda qisqa davr 
mobaynida bo‘lib o‘tadi. Armaturaning oquvchanligi boshlanishi bilan buzulish 
boshlanadi natijada egilish ortib boradi va yoriqning ko‘payishi oqibatida beton kesim 
yuzasining siqilgan qismining balandligi kamayadi. Yoriq ustidagi betonning siqilgan 
zonasida plastik deformatsiya paydo bo‘ladi. Buzulish siqilgan zonada betonning 
maydalab sinish bilan boshlanadi. Bunda siqilgan zona epyurasi parabola ko‘rinishiga 
yaqin bo‘ladi. Cho‘zilish zonasidagi yoriqlar kattalashadi, to‘sin bikirligi kamayadi 
va solqilik tez o‘sib borib, to‘sin sinadi. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, buzilishning xarakteri armatura miqdoriga va 
turiga bog‘liq. Buning uchun ikki holat bo‘lishi mumkin. 
1-holat. Buzulish armatura oquvchanligi bilan boshlanadi va siqilgan zonadagi 
betonning buzilishi bilan tugaydi. Bunda element kesim yuzasining buzilishi plastik 
xarakterga ega. Shunday qilib bu holat, o‘z me’yorida armaturalangan elementlarda 
ro‘y beradi (me’yorda armaturalangan tushunchasi armaturaning mustahkamlik 


qobiliyati to‘la foydalaniladigan holat tushiniladi). Bunda beton va armaturadagi 
kuchlanish chegaraviy qiymatga erishadi. 

Yüklə 250,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin