Ochiq sistemalar termodinamikasi elementlari. Hozirgi zamon termodinamikasida berk va ochiq sistemalar ham tekshiriladi. Atrofdagi muhit bilan energiya (masalan, issiqlik almashinishi iuli bilan energiya), masalan, issiqlik almashinishi yo`li bilan almashinadigan sistema berk sistema deb ataladi. Atrofdagi muhit bilan energiyagina emas, balki modda ham almashinadigan sistema ochiq sistema deyiladi. Berk va ochiq sistemalarda beradigan termodinamik prosesslar vaqt birligi ichida entropiyaning ortishi yoki entropiya tezligining o`zgarishi bilan harakterlanadi:
Bunda sistemaning barqaror holati sifatida stasional holat, yani vaqt o`tishi bilan energiyaning kirishi va chiqishi o`zgartirilmay turadigan holat (berk sistemalar uchun) yoki energiya hamda moddaning kirishi va chiqishi o`zgartirilmay saqlab turadi. Berk sistemada stasionar holat sistemada yuz beradigan qaytmas prosesslar hisobiga entropiyaning ortishi issiqlikning atrofdagi muhitga berilishi bilan to`la muvozanatlashadigan sharoitga to`gri keladi. Natijada entropiya biror o`zgarmas darajada saqlab turiladi: S=const . Entropiyaning o`zgarish tezligi nolga teng bo`ladi:
Energiyaning ochiq termodinamik sistemada ro`y beradigan aylanish prosesslari atrofdagi muhitda yuz beradigan prosesslar bilan birgalikda ko`rib chiqilishi kerak, atrofdagi muhit esa sistema bilan ham energiya, ham modda almashinuvi yo`li bilan boglangan, shu sababli ochiq sistema uchun entropiyaning o`zgarish tezligini ko`rib chiqar ekanmiz, entropiyaning sistemaning o`zida voke bo`ladigan prosesslar hisobiga o`zgarishi ni ham, atrofdagi muhit bilan almashinuv prosesslari hisobiga o`zgarishi ni ham hisobga olish kerak, yani (Prigojin formulasi) ni nazarda tutish kerak.
Ochiq termodinamik sistemada stasionar holat bulishining sharti entropiya darajasining o`zgarmas bo`lishidir(), bunga esa entropiya o`zgarishining nolga teng tezligi: