Milliy etnik talqindagi terrorchilik tashkilotlari tizimini taxlil qilishga o’tishdan avval, jamiyatdagi barqarorlikni saqlash, raxna soluvchi omilga aylanib borayotgan millatlararo ziddiyatlar masalasiga murojaat etishimiz lozim. Ushbu turdagi ziddiyatlar deyarli hamma qit’alarning ko’pchilik mamlakatlarini qamrab olmoqda. BMT bosh kotibi Kofe Ananning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat hanuzgacha 2 qutbli tizim yemirilishining salbiy asoratlarini yenga olgani yo’q. Ko’p millatli mamlakatlarda xox u Markaziy Osiyoda, xox sobiq Yugoslaviyada bo’lsin alanga olgan etnik ziddiyatlar buning fojiyali dalili bo’la oladi. Prezidentimiz Islom Karimov ko’p millatli davlatda etnik guruhlar o’rtasidagi va millatlar o’rtasidagi munosabatlar milliy xavfsizlik tushunchasini shakllantiruvchi ta’sirchan omillardan biri ekanligi aniq bo’la boshladi.