Validlik turlari:
1. Konkurent validlik
2. Prognostik validlik
3. Konseptual validlik
Testlarni standartlashtirish-psixometrik oʻlchash tadbirlaining biri sifatida qaraladi va ular tekshiriluvchilarni bir-biri bilan qiyoslashda va natijalarni tahlil etish uchun zarur meʼyor hisoblanadi.
500 kishilik tanlanma olinadi.
Psixodiagnostika bilan shugʻullanayotgan yosh mutaxassislar oʻz amaliyotlarida metodikalardan foydalanish bilan bogʻliq muammolarga koʻp duch kelmoqdalar. Bunday muammolar toifasiga psixologlarning psixodiagnostika metodikalarni yaratilishi, moslashtirish va modifikatsiyalash tartib qoidalarini yaxshi bilmaslikdir. Bugungi kunda
psixodiagnostik maqsadlarda tatbiq etilayotgan metodikalarning asosiy qismi boshqa muhitlarda yaratilgan boʻlib, ular bizning sharoitimizda ayrim psixometrik qoidalarga muvofiqlashtirilgan holda qoʻllanilishida, psixodiagnostika muammolariga bagʻishlangan qoʻllanmalar va adabiyotlarning oʻzbek tilida yaratilganlari hamda psixologlar tayyorlash
jarayonida psixodiagnostika kursini oʻqitishda ham amaliy tajribalar yetarlicha emas. Bu tarzdagi muammolarning mavjudligi oʻz navbatida ushbu yoʻnalishdagi boshqa muammolarni kelib chiqishiga asos boʻlib qolayotganligi shubhasiz. Yuqorida keltirilgan muammolarga tayangan holda psixologik metodikalarni yaratish, ularni modifikatsiyalash va
moslashtirishning psixometrik masalalari tahliliga eʼtibor qaratiladi. Mahalliy mutaxassislar metodikalarni amaliyotda qoʻllash qoidalar va shart-sharoitlar bilan bogʻliq muammolarga duch kelmoqdalar. Bunday muammolarni hal etishda jahon psixologiyasida yetarlicha tajribalar mavjud. Ushbu tajribalarga tayangan holda yosh mutaxassislar duch
kelayotgan muammolardan biri psixodiagnostik metodikalar, xususan, testlarni standartlashtirishning umumiy jihatlarini tahlil etib oʻtishga harakat qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |