Mavzu Tijorat banklarini tashkil etishning huqugiy-iqtisodiy asoslari


Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi



Yüklə 27,27 Kb.
səhifə3/7
tarix04.10.2023
ölçüsü27,27 Kb.
#152037
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu Word (5)

Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi:
-bank biznes rejasining maqbulligi;
-bank kapitalining adekvatligi;
-daromadlikning kelgusidagi istiqbollari;
-ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori;
-bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
-monopoliyaga qarshi choralar.
Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini o‘tkazuvni amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kreditga olingan mablag‘lar va garovga olingan mablag‘lardan foydalanish man etiladi. Bank ta’sischilari o‘z zimmasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani yaratish, mijozlar ko‘lamini aniqlash, o‘tkaziladigan bank operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator masalalarni hal etishlari lozim. Ta’sischilar ta’sis shartnomasi yoki aksioner jamiyatni tuzish shartnomasini rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv shakli, ustav kapitalining taxminiy miqdori va ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. Shartnomada tomonlar majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi. Bankni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan keyin bir oy muddat ichida hal etiladi. Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida alohida ko‘rsatiladi. Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.
Quyidagilar bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
a) ta’sis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos kelmasligi;
b) bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;
v) muassislar mablag‘lari manbalarining deklaratsiya qilinmaganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari);
g) bank ro‘yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav kapitalining shakllantirilmaganligi;
d) mazkur Nizomning IX bo‘limi talablariga muvofiq bank binolari muhofazasining ta’minlanmaganligi hamda muxandis-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jixozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor emasligi;
e) tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga nomuvofiqligi
Bank tashkil etilganiga qadar, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘t-kazilgunicha uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi.
Bank ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida soliq tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur hujjatlarni taqdim qilish zarur.

Yüklə 27,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin