Foiz stavkasi milliy kredit tizimidagi foiz darajasiga bog’liq holda belgilanadi. Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez o’zgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflatsiyaning kuchayishi, valuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi. Kreditlar bo’yicha foiz stavkalari turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Ushbu omillarga:
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi;
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati; (talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u kamayadi)
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naflilik darajasi (ko’proq naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha)
Qarzni to’lash muddati va sharti; (qarz uzoq muddatga berilsa va u asta-sekinlik bilan qaytarilsa qarzdor yuqori foizga rozi bo’ladi va aksincha)
Inflatsiya darajasi; (bunda foiz darajasi inflatsiya darajasiga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi)
Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’lda ishlatishdan tushadigan daromad; (agar aksiya bo’yicha dividend yuqori bo’lsa foiz pasayadi va aksincha)
Qarz berishning xatar darajasi; (agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past, agar uni qaytishi shubxali bo’lsa, foiz yuqori bo’ladi)
Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
kredit manbalari;
kredit qiymatini tartibga solish bo’yicha xalqaro kelishuvlar;
kredit muddati;
inflatsiya sur’ati;
kreditning tijorat operatsiyalariga bog’liqligi;
jahon va milliy bozorda ssuda kapitalining holati;
kreditning ta’minoti sifati;
kredit bo’yicha sug’urta qoplamasining mavjudligi;
Qarz oluvchining olingan kreditdan kelishilgan muddatda foydalanish majburiyatining mavjudligi;
Tijorat bitimlariga nisbatan kredit kelishuvi tuzilgan vaqt;
Kredit va to’lov valutasi;
Valuta kursi dinamikasi;
Qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati;
loyiha riski xarakteri;
Raqobatdagi takliflarning mavjudligi va hk;