Mavzu: Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari reja: Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va uning turlari



Yüklə 47,16 Kb.
səhifə5/6
tarix18.12.2023
ölçüsü47,16 Kb.
#184318
1   2   3   4   5   6
3-KURS 10-mavzu ma\'ruza

Brokerlik faoliyati - bu qimmatli qog‘ozlar bilan ishonchli shaxs yoki komissiya a’zosi sifatida bitim tuzish, topshiriq shartnomasi yoki komissiya asosida amalga oshadi.
Dillerlik faoliyati – bu qimmatli qog‘ozlarni o‘zining hisobidan sotish – sotib olish bitimini amalga oshirish.
Depozitar faoliyati bu qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yoki qimmatli qog‘oz huquqini o‘tkazish va hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish. Depozitariya xizmatidan foydalanuvchi tomon deponent deyiladi. Deponent nomiga qimmatli qog‘ozlar harakatining hisobini yurituvchi depo schyoti ochiladi. Qimmatli qog‘ozlar bilan banklararo operatsiyalarni amalga oshirish uchun banklar bir- birlarida depo («loro» va «nostro») schyotlari ochiladi. Depozitar va mijoz o‘rtasida ochiq yoki yopiq saqlash yo‘llari aks ettirilgan shartnoma tuzilgan bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarni ochiq saqlash usuli – bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish huquqini shunday registratsiya qilish yo‘liki, qaysiki, deponent depozitariyga alohida nishonalarsiz (nomer, razryad, seriya) faqatgina ma’lum miqdordagi qimmatli qog‘ozga topshiriq berishi mumkin. Saqlashning yopiq usulida depozitariy depo schyotidagi mavjud aniq qimmatli qog‘oz bo‘yicha deponentning barcha topshiriqlarini qabul qilish va bajarishga majbur.
Ishonchli boshqaruv bo‘yicha faoliyat (trast) bankning o‘z nomidan amalga oshiriladi va egaligi jihatidan boshqa shaxsga tegishli bo‘ladi, ishonchli boshqaruvni quyidagilar bilan amalga oshirish mumkin:

    • qimmatli qog‘ozlar bilan;

    • pul mablag‘lari bilan (qimmatli qog‘ozga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa);

    • qimmatli qog‘ozlarni boshqarish jarayonida qo‘lga kiritilgan pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar bilan.

Trast (agentlik) xizmatlari tijorat banklari bilan mijoz o‘rtasidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi. qimmatli qog‘ozni saqlash uchun depo schyoti ochiladi. Ko‘rsatilgan xizmat uchun bank komission haq undiradi. Bank, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bilan bajarilgan operatsiyalar uchun to‘lovni o‘rnatadi. qimmatli qog‘ozlar portfelining shakllanishi va uni boshqarish uchun ularga doimiy axborotlar oqimi va ish analizi kerak bo‘ladi, hamma investor ham bu muammoni o‘zi hal qila olmaydi. Mahsus trast bo‘limlariga ega bo‘lgan banklar xavfsizlik, daromadlilik va likvidlilik talablariga javob beradigan qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishga yordam beradilar. Banklar qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirish bo‘yicha ham xizmatlar ko‘rsatishi mumkin: aksiyalarni moliya bozoriga joylashtirish (anderrayting), aksionerlar reestrlarini yuritish, yillik foydani to‘lash. Kliring faoliyati – bu faoliyat o‘zaro majburiyatlarni aniqlash bo‘yicha (yig‘im, sverka, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim axboroti korrektirovkasi va bular bo‘yicha buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) va qimmatli qog‘ozlar taklifi bo‘yicha hisobotdir. Aksionerlik tijorat banki o‘zining shaxsiy qimmatli qog‘ozlarini ustav kapitalini oshirish yoki mablag‘larni o‘zlariga jalb qilish maqsadida chiqarishlari mumkin. Shu yo‘l bilan bank qimmatli qog‘ozlar bozoriga moliyaviy vositachi (broker), moliyaviy investor (diler) va qimmatli qog‘ozlar emitenti sifatida qatnashishi mumkin.
REPO operatsiyalari.

Yüklə 47,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin