Jahon amaliyotida katirovkalashning 2 xil usulimavjud; 1) to‘g‘ri katirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan miqdor ko‘rsatilsa, bu to‘g‘ri katirov- kalash deb ataladi. Egri (teskari) katirovkalash. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko‘rsatiladi, masalan;
«Spot-kurs» bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs bu bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o‘rnatilgan baho bo‘yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs–bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir. Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga yetkazib berish sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o‘zida ifoda etadi. Forvard bitimlari odatda valyuta kurslarining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan risklarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo‘yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Sotuvchi kursi – bankning valyutani sotish kursi. Xaridor kursi – bankning valyutani sotib olish kursi. Bu kurslar o‘rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmat xarajatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi. Valyutaaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlan- ganligidir. Konvertirlanganlik – darajasiga ko‘ra valyuta kursi 3 ga bo‘linadi. Erkin «suzib» yuruvchi cheklangan darajada «suzib» yuruvchi.
Qayd etilgan valyuta kurslari.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan. AQSH dollori, Yaponiya ienasi, Angliya funt stirlingi; Yevro kabi valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o‘zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o‘zgarishiga bog‘liq. Misol uchun, «Uchinchi dunyo»ning ko‘pchilik mamlakatlari o‘z valyutalarini AQSH dollariga, Yevropa mamlakatlarining “EURO”siga va boshqa boshqa xorijiy valyutalarga bog‘laydilar. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o‘z valyutalarining tebranish chegarasini o‘zlari hamkorlik qilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining