Til taffakur quroli va muomala vositasi.Maktabgacha talim tashkilotlarida ntqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi.
U insoniyat jamiyatiga xos bo`lgan mehnat va nutq faoliyati bilan chambarchas bog`liq holdagina mavjuddir. Tafakkurning voqelikni bevosita aks ettirish qobiliyati insonning xulosa chiqarishga, isbotlashga bo`lgan qobiliyatida ifodalanadi. Bu qobiliyat bilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson tafakkuri turli fanlar (mantiq, psixologiya, gnoseologiya, kibernetika va sh.k.) tomonidan va turli usullarda o`rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so`nggi vaqtda tafakkurni turli kibernetik qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan.

Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushunchalar bilan bog`liq ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham zich aloqador ekanligini ham unutmaslik kerak. Uning til bilan munosabati, aloqadorligi tilshunoslik fanining o`rganilish doirasiga ham kiradi. Har qanday fikr so`zlarda o`z ifodasini topadi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda namoyon bo`ladi.

Biz istalgan predmet, voqea-hodisa haqida til vositasisiz, so`z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz. Til – bilish jarayonining muhim sharti. Tilsiz tafakkur mavjud bo`lmaganidek, tafakkursiz til ham mavjud emas. Hech qanday ma’noga ega bo`lmagan, faqat ma’lum tovushlar tizimidan iborat bo`lgan so`zlar muayyan tushunchani ifodalamaydi, tasavvur ham hosil qilolmaydi. Va nihoyat, fikr ifodalash funksiyasini bajarmagan bunday so`zlar nutq uchun xizmat qilolmaydi.

Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli;
obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni;
inson miyasining alohida funksiyasi.