Mavzu: Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya. Nutq organlari fiziologiyasi. Reja


Nutq tovushining biologik aspekti. Nutq organlari fiziologiyasi



Yüklə 45,81 Kb.
səhifə2/2
tarix18.11.2022
ölçüsü45,81 Kb.
#69694
1   2
Mavzu Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya.

2.Nutq tovushining biologik aspekti. Nutq organlari fiziologiyasi. Nutq tovushining biologik aspekti nutq organlari anatomiyasi, fiziologiyasi va vazifaviy kechimi kabilardan iboratdir. (Ushbu mavzuni yoritishda qiyidagi adabiyotdan foydalanildi.1)
Nutq organlari anatomiyasi nutq organlari shakli va tuzilishi haqidagi tasvir bilim. Nutq organlari asosan to‘rtga bo‘lib o‘rganiladi: nafas yetkazuvchi organlar, tovush hosil qiluvchi, tovushni shakllantiruvchi, qo‘shma ton beruvchi organ.
Nafas yetkazuvchi organlar asosan troxeya , bronxlar , o‘pka va qo'shimcha holda ko'krak qafasi, plevra, diafragmalardan iborat. Troxeya 16-20 tog‘ay miqdordagi olveollardan iborat. Har bir olveolga bir bronxiol , bittadan arterial va vena tomiri kapilyar tolasi kiradi. O‘pka qovurg‘alar o‘rab turgan ko‘krak qafasi ichiga joylashgan. Qovurg‘alar muskullar vositasida o‘zaro tutashgan, elastik xarakterda. Ko‘krak qafasidagi o‘pka plevra bilan o‘ralgan bo‘ladi. Diafragma ko ‘krak qafasi bilan qorin boshlig‘ini ikkiga ajratib turadi. Tovush hosil qiluvchi organlar hiqildoq deb atalib, u ustma-ust joylashgan uzuksimon, qalqonsimon, cho‘michsimon va shuningdek ponasimon, shoxsimon tog‘aylardan iborat trubasimon ko‘rinishga ega. Ular o‘zaro pay va muskullar bilan birikkan bo‘ladi. Uning eng yuqorisi-tilning orqasida yaproqsimon tog‘ay joylashgan. Hiqildoq uzuksimon tog'ay orqali troxeya tutashgan. Qalqonsimon tog‘ayning orqa tomonidagi tutashmagan ikki yoni oralig‘ida bir juft cho‘michsimon tog‘ay joylashgan. Hiqildoqning ichki o‘rta qismida ustma-ust burma bo‘lib, ular oralig‘i hiqildoq qorinchasidan iborat. Burmalarning pastkisi tovush burmasi, ustkisi soxta burma deyiladi. Hiqildoq trubkasi shu burmalarning yuqori va pastga konussimon holda kengayib boradi. Tovush burmasi ikki bo‘lakdan iborat, hiqildoq ikki yon devordan bo‘rtgan bo‘ladi. Uning qirralari bo‘ylab pay qatlamlari tortilib, u tovush paylari deyiladi. Tovush paylarining bir uchi uzuksimon tog‘ay uchiga, ikkinchi uchi cho‘michsimon tog‘ay ichiga birikkan. Hiqildoqdagi ikki yon paylarning oralig‘i esa tovush yorig‘idir. Bularning hammasi bo‘yin olmasi orqali joylashgan. Tovush paylari nafas yo‘lining eng tor joyi hisoblanadi. Hiqildoqning ichki yuzasi troxeyadagina o‘xshash epitiley qatlami bilan qoplangan. Bu qatlam yuzasi mayda tuklardan iborat bo‘lib, ular yuqoriga yotqizilgandir. Tovushni shakllantiruvchi organlar asosan xalqum va og'iz boshlig‘idagi organlardan iborat. Xalqum devori yuzasi epiteliy qatlamidan iborat bo‘shliq bo‘lib, 3 qismga bo‘linadi. Pastki qismi halqumning hiqildoq qismi deyilib, unga hiqildoq va qizilo‘ngach tutashadi. O‘rtasi xalqumning og‘iz qismi bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘iga ochilgan.Yuqorisi hiqildoqning burun qismi hisoblanib, unda xoana bor. Ular burun boshlig‘i va eshituv naylariga birikadi. Og‘iz boshlig‘i old tomonda lablar, yoni lo‘njlar, tepasi qattiq va yumshoq tanglay osti til osti muskuli bilan chegaralanadi. U orqa tomonida tomoq orqali xalqumga tutashadi. Ko‘pincha ton beruvchi organ burun boshlig‘i hisoblanadi. Burun boshlig‘i burun katagi orqali tashqariga ochiladi va orqada xoanalar orqali xalqumga qo‘shiladi. U burun katagidan boshlanuvchi burun devori bilan xalqumgacha ikkiga bo‘lingan. Har bir qismi chig'anoqlar vositasida uch kanalga ajraladi.Ya’ni burun boshlig‘i olti kanalchadan iborat. Burun devori asosan burun kataklarida tog‘ay bilan boshlangan bo‘lsa ham, asosan, suyakdan tarkib topib, u xoanalargacha davom etadi.
Nutq organlari fiziologiyasi nutq organlarining hayotiy protsesslari muhit bilan bo‘ladigan munosabatlaridir. Uning kishi organlari ichida o‘ziga xos fiziologiyasi bo‘lib, buni asosan bosh miya po‘stlog‘i boshqaradi. Ammo ularni boshqaruvchi nervlar yadrosi cho‘zinchoq miyada joylashgan. Cho‘zinchoq miyada ikki yonma yon nerv yadrosi bo‘lib, biri ikki yoqlama yadro, ikkinchisi til osti nervi yadrosi hisoblanadi. Bu yadrolarning yonma-yon joylashuvi nutq organlari fiziologiyasidagi uyg‘unlikni ta’minlaydi. Chunki ikki yoqlama yadrodan til xalqum nevri chiqib, til, xalqum va umuman nafas yo‘llarini nervlaydi. Undan yana adashgan nevr chiqib, nafas organi qovurg‘alararo muskullar va diafragmaning xarakatlantiruvchi nervlariga impuls yuboradi. Qovurg‘alararo muskullar nervi orqa miyaning shu qismidan, diafragma nervi orqa miyaning bo‘yin qismidan chiqqan bo‘ladi.Til osti nervi yadrosidan chiqqan nervi til osti va tagidagi muskullarni nervlaydi. Adashgan nerv impuls yuborishi uchun uning yadrosi o‘z refleksiga ega. Bu qondagi karbonat angidrid miqdoridir.Qonda u ko‘paysa, ikki yoqlama yadroda qo'zg'alish bo'ladi va adashgan nervni impuls yuborish uchun qo‘zg‘aydi. Harakatlantiruvchi nervlar ko‘krak qafasini kengaytiradi, nafas olish -inspiratsiya kechadi. Keyin qon kislorodga to‘yinadi va ekspiratsiya boshlanadi. Kislorod ayriboshlash bilan o‘tadigan refleksga asoslanuvchi bu kechim bir ritmda o‘zgarishsiz davom etadi. Nutq kechimida bosh miya po‘stlog‘ining ta’siri kuchayib, inspiratsiya faqat og‘iz orqali bo‘ladi, odatdagidan 3-4 marta ortiq, tez o‘tadi. Ekspiratsiya sekin-asta, bazan bo‘linib –bo‘linib kechadi. Bu, albatta, imkoniyat darajasida, kislorodga bo‘lgan tashnalikni qondirib turish holatida ro‘y beradi. Eng sog‘lom odamda ekspiratsiya ko‘pi bilan 30-40 sekund davom etishi mumkin. Nutq kechimidagi inspiratsiyaning katta hajmda bo‘lishi ekspiratsiyada hiqildoq va troxeyada havo bosimining yuqori daraja to‘plash imkonini beradi . U yumilgan tovush paylarida tutilib turadi. Ortgan havo bosimi tovush paylari tutashgan oraliqni ochib, uni tebratib, xalqum tomonga o‘tadi. Tovush paylarining tebranishi havo oqimiga o'tar ekan, u uning yuzaga kelishi bo‘ladi. Nutq kechimida hiqildoq va troxeyada havo bosimining ortishi uchun diafragmaning va qovurg‘a oralig‘i muskullarining qisqarishi ahamiyat kasb etadi.U havoni tovush paylari yuzasiga bosib to‘plab turadi. Tovush paylari esa goh ochilib, goh yumilib, ochiqlik darajasi goh kengayib, goh torayib, havoning turli bosim bilan xalqum tomonga sizib o‘tishini ta’minlaydi. Bu tovush paylarining turlicha kuch bilan tebranishiga sabab bo‘ladi . Ammo tovushning turli balandlikda hosil bo‘lishi havo bosimining bu kechimlari bilan uncha bog‘li emas. U tovush paylari holatiga tobedir. Agar tovush paylari salqiroq holatni olsa , tovush nihoyatda past chiqadi. Chunki salqiroq tovush paylari bir-biriga kirishib yo'g'on tortadi. Yo'g'onlashgan tovush paylarining tebranish imkoniyati kam bo'ladi. Bunda qalqonsimon tog'ay bilan uzuksimon tog'ay orasi katta ochilib, qalqonsimon tog'ay bilan ko'tarilgan cho'michsimon tog'ayning ikkinchi shoxchasi pasayadi va tovush paylarini bo‘shroq qo‘yadi. Agar qalqonsimon tog‘ay bilan uzuksimon tog‘aylar orasi yaqinlashsa, tovush paylari taranglashib, unga zarb urilganda tebranish imkoniyati ortadi va tovush balandroq hosil bo‘ladi. Bunday tovush obertonga ham boy, o‘ziga xos chiqadi. Shu tog‘aylar orasi nihoyatda yaqinlashib , ular o‘zaro yopishib tursa , tovush paylari rezinka kabi cho‘ziladi va yupqa tortadi. Tebranish imkoniyati nihoyatda ortadi. Ba’zan cho‘michsimon tog‘ay tovush burmalari muskulini ishga solib, tovush paylari tebranuvchi qismi qirralarini qisqartiradi. Bunda hosil bo‘lgan tovush falset tovush bo‘lib, u nihoyatda baland, chinqiroq va obertonga nihoyatda qashshoq holda chiqadi. Odatda, past tovushlarda tovush paylari kam vazifa bajaradi. Uning vazifasini ko‘proq tovush burmasi muskullari oladi. Shuning uchun bunday tovush vishillaganroq, ilon tovushiga o‘xshashroq holda eshitiladi. Ilonning ham tovush paylari bo'lmagani uchun , u nafas bosimini kuchaytirib, nafas yo'li muskullarini zo‘riqtirish bilan vishillaydi. Tovush baland hosil qilinganda tovush paylarini faqat tarang holdagi qirralari ishlaydi. Uning vazifasi bajaruvchi qismi bolalarning tovush paylari hajmi darajasiga yaqinlashgan bo‘ladi. Bunday holda oberton hosil qilish imkoniyati nihoyatda kamayadi. Baland tovush hosil qilinganda hiqildoq xalqumda keng ochilib, yuqori ko‘tariladi va til ildiziga nihoyatda yaqin keladi. Bunday holda xalqum, og‘iz va ba’zan burun bo‘shlig'ida rezanotor ton hosil bo‘lishi kuchayadi. Shuning uchun kishining boshi zirillab turadi. Tovush bosh qismda hosil bo‘layotgandek tuyuladi.O‘rtacha tovush hosil bo‘lishda hiqildoq pastda bo‘lib, tovush paylari to‘laligi bilan, barcha qismlarida tebranish bo‘ladi va hiqildoqning o‘zidan boshlab rezonator ton yuzaga keladi. Shuning uchun bunday tovush ichdan guldirib chiqayotganday tuyuladi. Odamlar uni, dilidan chiqarilgan tovush, deb obrazli ifodalaydilar. Tovush paylari ishtirokisiz ham tovush hosil bo‘ladi. Ular xarakter e’tibori bilan shivir, soxta burma uni, ming‘ir nomlari bilan ataladi. Shivir faqat tovush burmasida hosil bo‘ladigan nihoyatda past tovushdir. Soxta burma uni esa soxta burma muskullari zo‘riqishidan hosil etiladigan o‘rdak g‘ag‘illashiga o‘xshash tovush bo‘ladi. Ming‘ir yaproqsimon tog‘ay baland hiqildoq og‘zi deyarli yopiq holida tovush hosil qilinishiga aytiladi. Xalqum tovush hosil qilmasligi bilan birga uni shakllantirmaydi ham. U faqat tovush hosil bo‘lishida karnay trubasiga o‘xshash vazifa bajaradi. Og‘iz bo‘shlig'idagi til, yumshoq tanglayning kichik til va lablar fiziologiyasi bilan bog‘li holda nutq tovushlari shakllanadi. Bu o‘rinda, ayniqsa, til fiziologiyasi muhim o‘rin tutadi. Til odam organizmidagi eng qayishqoq, eng harakatchan va murakkab vazifalarni bexato bajaruvchi mexanizm hisoblanadi.Uning hazm qilish organizmi sifatidagi vazifalari bir qator, shuningdek nutq organi sifatidagi vazifalari ham juda katta. Bunda uning sakkiz juft muskul tutamining o‘ziga xos ish vazifasi tilning murakkab xarakterlarini keltirib chiqaradi. Til ildizi, yani suyak muskullari asosan tilning orqa qismi harakatlarini belgilaydi. Uning uchli muskuli tilning ildiz qismini yuqori va orqa tomonga tortish ishini bajaradi. Ostki muskuli til ildizini orqa va ostga tortadi. Buning natijasida og‘iz bo‘shlig‘i kengayadi. Bag‘baqa-til muskuli tilning old va pastga tortilishi uchun xizmat qiladi. Bu bilan og‘iz boshlig‘i yana ham kengayadi. Til -tog'ay muskuli til osti muskuli bilan mutanosib vazifa bajaradi. Umuman bu muskullar tilning orqa va past tomonga tortilib, kurak tishlaridan nari tutilishiga xizmat qiladi. Tilning o‘z, ya’ni tana muskullari uning turli shakllarga kirishi va turli shakllarda harakat qilishi uchun xizmat qiladi. Bo‘ylama ustki muskuli til bo‘yining qisqarishini ta’minlaydi. Bo‘ylama ostki muskuli tilni qisqartirib, ustini yuqori ko'taradi va belini bukish vazifasini o‘taydi. Enlama muskul til enini toraytirib, tepaga tomon yo‘g‘onlashtiradi.Tiklama muskul til qalinligini zichlashtiradi va og‘iz boshlig‘ining eni bo‘yicha yoyadi. Enlama muskul yana tilning tepaga yoy shaklida egilishi uchun ham xizmat qiladi. Til devori tilning har bir tomoni, ya’ni o'ng yoki chap qismi o'zicha mustaqil harakatlanishi, til harakati yondoshligining ixtiyoriy buzilishi uchun sharoit yaratadi. Chunki til muskullarining juft tutamlari til devorining ikki tomonida bittadan mustaqil joylashib , mustaqil harakat qilish imkoniga ega. Til yuganchasi ham o‘ziga xos vazifa bajarib, til uchini pastga va orqaga tortishda yordamlashadi.
Yumshoq tanglay bilan kichik til ham nutq tovushi hosil qilishda faol organ hisoblanadi. U artikulyatsiya kechimida ko‘tarilib xalqumga qarab cho‘ziladi va havoning burun boshlig‘iga ketadigan yo‘li -xoana ustini yopadi. Natijada tovush artikulyatsiyasida burun rezanator toni aralashmaydi. Og‘iz boshlig‘i hajmi ortib, bu bo‘shliqda rezanotor ton hosil bo‘lishi uchun imkoniyat yaxshilanadi. Agar burun sonantlariga artikulyatsiya ekskursiyasi bo‘lsa, yumshoq tanglay bilan kichik til xalqumning orqa devorlaridan narilashib, pastga tomon kengayadi va burun yo‘lini ochadi. Ba’zi tovushlarda u og‘iz yo‘lini butunlay yopadi. Natijada tovush burun boshlig‘idan aylanib, burun boshlig‘i rezanotor toniga to‘yinadi. Yumshoq tanglay yana til bilan tutashib, til orqa va chuqur til orqa artikulyatsiya o‘rinlarini shakllantiradi. Kichik til pastlashib, tomoqni toraytiradi va artikulyatsiya bajaradi. Biroq bu fransuz tiliga xos bo‘lib, o‘zbek tilida nutq tovushi hosil qilmaydi. Lab fiziologiyaning nutq tovushi hosil bo‘lishda o‘z vazifasi bor. U o‘zaro tutashuvi yoki nihoyatda yaqin kelib, havo sirg‘alib chiquvchi uchun oraliq qoldirishi mumkin. U cho‘chchayib havo sizuvchi oraliq bo‘yini cho‘zadi va ayrim hollarda kengayadi, katta hajmda ochiladi. Lunj ham artikulyatsiya kechimida o‘z o‘rni bilan jag‘ tishlariga yopishib, oraliq hosil qilib turishi mumkin. Bu ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Xalqum, qattiq tanglay, tish va burun boshlig‘i nofaol organlar bo‘lib, nutq tovushi hosil qilishda harakat qilmaydi. Lekin nutq tovushi hosil qilishda so‘zsiz o‘z o‘rniga ega. Til oldi va lab-tish tovushlari kurak tishi ishtirokisiz artikulyatsiya qilinmaydi. Qattiq tanglay til orqa tovushlarida rezonator ton bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Tovush hiqildoqdan chiqar ekan, tog‘ri xalqum devorlari va yumshoq tanglay devorlariga uriladi, og‘iz boshlig‘i rezonator tonlari asosan shu o‘rinda hosil bo‘ladi. Burun boshlig‘ining asosan orqa qismigina rezonator ton manbai bo‘lib, old devorlar bu vazifani bajarmaydi. Burun boshlig‘ining old qismida rezanator ton hosil bo‘lishi faqat manqalargagina xosdir.
Nutq organlarining ijro kechimi nutq organlarining nutq tovushi hosil qilishdagi ishtiroki , holati va ish kechimi kabilardan iborat. Bu barcha nutq organlarining fiziologik imkoniyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Nafas yetkazuvchi va tovush hosil qiluvchi organlar barcha xalqlarda va odamda bir xil fiziologik imkoniyat doirasida vazifa bajaradi va tovush hosil qiladi. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi organlar hammada bir xil bo'lishiga qaramay, har bir xalq , millat va hatto sheva vakilida alohida, o‘ziga xos vazifa bajaradi. Chunki artikulyatsiya o‘rni bo‘la oluvchi barcha nutq organi ham hamma xalqda bir xil shakllanavermaydi. Artikulyatsiya o‘rni tovush hosil qilishda bevosita ishtirok etuvchi bir yoki undan ortiq nutq organining uyg‘unligidir. Kishida lab, til, kichik til kabi nutq organlari vazifa o‘tashda faol harakat qiladi. Ulardan lablar ikki, til to‘rt, kichik til bir, bo‘g‘iz bir artikulyatsiya o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Lekin barcha til vakillarida ham ular bir xil to‘laligi bilan shakllanmaydi va ishga kirishmaydi. Masalan, o‘zbeklarning bo‘g‘iz artikulyatsiya o‘rni bilan kichik til artikulyatsiya o‘rni shakllanmagan bo‘ladi. Lab-tish artikulyatsiya o‘rni ham faqat o‘zlashgan leksikada chegaralangan holda foydalaniladi. Til o‘rta va til orqa artikulyatsiya o‘rni ham to‘la ishlatilmaydi. Chuqur til orqa bilan til oldi artikulyatsiya o‘rni o‘zbek tili uchun eng faoldir. Rus tili uchun bo‘g‘iz, kichik til, chuqur til orqa umuman artikulyatsiya o'rni sifatida sanalmaydi. Nemis, fransuz, ingliz, arab tillarida bo‘g‘iz artikulyatsiya o‘rinlari ham shakllangan bo‘lib, fransuz tilida kichik til artikulyatsiya o‘rni ham bor. Lekin ularda ham chuqur til orqa artikulyasiya o'rni yo‘q. Buning ustiga turli til vakili turli artikulyatsiya o‘rnidan turli artikulyatsiya usulida foydalanadi. Artikulyatsiya usuli artikulyasiya o‘rnining artikulyatsiya kechimida tutgan holati bo‘ladi. O‘zbek tilida til o‘rta artikulyatsiya o'rnidan faqat sirg‘aluvchi tovushlar, til orqa artikulyatsiya o‘rnidan faqat portlovchi tovushlar, lab-tish artikulyatsiya o‘rnidan faqat sirg'aluvchi tovushlar hosil qilish uchun foydalaniladi. Qolgan artikulyasiya o‘rinlari maksimum ishlatiladi. Rus tilida til o'rta va til orqa artikulyatsiya o‘rinlari ham maksimum vazifa bajaradi. Ularda lab-lab artikulyatsiya o‘rnida sirg‘aluvchi tovush hosil bo‘lmaydi. Ayrim hollarda ayrim tovushlar artikulyatsiya usuli darajasi yoki gs miqdoriga ko‘ra ham farqlanishi kuzatiladi. Masalan, i tovushi o‘zbek tilida ayni rus va tojik tillaridagining o‘z emas . U o‘zbek tilida nisbatan kengroq artikulyatsiya usulida talaffuz etiladi. r sonanti o‘zbek tilida rus tilidagidan kam gs ga ega va hatto tilning titrash miqdori o‘zbek tilida bittadan ortishi kam kuzatiladi, rus tilida 2-3 titrash miqdoriga ega bo'lishi oddiy bir holdir. Bularning barchasi og'iz boshlig‘idagi nutq organlarining qanday shakllanganligi va qanday harakatlanishga ko‘nikma hosil qilganligi bilan bog‘li holatda kechadi. Qaysi nutq organining qanday harakatlanish uchun shakllanishi kishida go‘daklikdan, onaning nutq kechimiga taqlid qilishdan boshlab yuzaga keladi. U qayta-qayta mashq qilishlarning natijasi bo‘ladi. Bir tilda so‘zlashuvchi har bir kishi o‘zaro bir xil artikulyatsiya o‘rinlarini bir xil harakatlanadigan holda shakllantiradi. Hatto qo‘shimcha ton beruvchi organ bo‘lgan burunning ham ton hosil qilish kechimigacha milliy xarakterga ega. Uning ham bir til vakilida o'ziga xos foydalanishi kuzatiladi. O‘zbeklar faqat to‘rtta sonant artikulyatsiyasidagina foydalansa , fransuzlar unlilar artikulyatsiyasida ham foydalanadi. Buning ustiga undagi rezonator ton manbai o‘zbek tilidagi o‘xshash burun bo‘shlig‘ining orqa tomoni devorlari emas, nisbatan birmuncha beriroq o‘rnidagi devorlari hisoblanadi. Ko‘rdikki, har bir til vakilining o‘z tilida so’zlashishi uchun o‘ziga xos artikulyatsiya o‘rinlari shakllangan bo‘ladi. Mana shu artikulyatsiya o‘rinlarining bir butun holati artikulyatsiya bazasi deb ataladi. Ular artikulyasiya bazasida talaffuz etadi va so'zlashadi. Har bir tilda so‘zlashuvchi vakilning o‘z tiliga oid tovushlarni talaffuz etish uchun shakllantirilgan artikulyatsiya bazasida talaffuz etishi, so‘zlashishi o‘z tiliga xos aksenti deb qaraladi. Ma’lum tilda so‘zlashuvchilarga xos aksent ularning faqat mavjud artikulyatsiya o‘rinlari bilan bog‘liq emas. U artikulyatsiya o‘rinlarining harakat usuli, yani artikulyatsiya usuli, artikulyatsiya usulining me’yori, tempi, tembri, kuchi; leksik urg'ulari tizimi, intonatsiyasi kabilar bilan ham o'lchanadi. Biroq aksentning asosida hamma vaqt ham artikulyatsiya bazasi turadi. Aksent chet tilda so'zlashganda yaqqol namoyon bo'ladi. Odam o‘z tili artikulyatsiyasi bazasida chet tiliga oid qurilmalarni talaffuz etar ekan, u o‘sha chet tiliga xos aksentni emas, o‘z tiliga xos aksentni yuzaga chiqargan bo‘ladi. Ma’lum tilni aksentsiz gapirish deyilganda, boshqa til vakiliga nisbatan olinib, so‘zlanayotgan tilga xos artikulyatsiya bazasida artikulyatsiya usullari va uning me’yorini o‘rniga qo‘yib, urg‘u va intonatsiyani buzmagan holda gapirishni nazarda tutiladi. Artikulyatsiyaning o'zi ham bir necha fazadan tarkib topadi. Ular: 1)artikulyatsion ekskursiya 2)artikulyatsion kechim 3)artikulyatsion rekursiyadan iborat. Artikulyatsion ekskursiya artikulyatsiya o‘rnining ma’lum tovush talaffuzi uchun uning artikulyatsion usuliga safarbar etilishi, tayyorlanishi bo‘ladi. Artikulyatsion kechim o‘sha tovushni unga xos artikulyatsiya usulida qayd etishdir. Artikulyatsion rekursiya esa artikulyatsiya o‘rnining artikulyatsion kechimdan keyin o‘z o‘rniga, yani holatiga qaytishidan iborat. Mana shu uch fazaning qayd etilishi artikulyatsiya deb qaraladi. Nutq tovushlarining har biri qanday hosil qilinishi ham nutq organlarining ijro kechimi hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Nutq tovushlariga xos bo‘lgan 3 belgini ayting.
2. Nutq tovushining biologik aspekti nimalarni o‘z ichiga oladi?
3. Nafas yetkazuvchi organlarga nimalar kiradi?
4. Tovushni shakllantiruvchi organlarga qaysilari kiradi?
5. Nutq organlarining ijro kechimi deganda nimani tushunasiz?
6. Artikulyasiyaning o'zi necha fazadan tarkib topadi.
7.Ibn Sinoning qaysi asari fonetikaga bag‘ishlangan?


1 Миртожиев М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент, 2004. –Б.30-38.

Yüklə 45,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin