Mavzu: Tizimli blok qismlari bilan tanishish



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə6/9
tarix18.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#100099
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chipset nima?

Qisqachasiga chipset – bu mikroprotsessorli komplektdir. Agar kengroq ta’riflansa – bu protsessorning qolgan hamma elektron xo‘jalik bilan muloqot uchun zarur bo‘lgan mikrosxemalar to‘plamidir. Ilgari onalik platasini bir necha o‘nlab mikrosxemalar yoymasi qoplar edi. So‘ngra ularni bir necha ixtisoslashgan «buyurtma» mikrosxemalarga keltirish g‘oyasi paydo bo‘ldi – olingan komplektni chipset deb atashdi. Birinchi chipsetlar odatda to‘rtta mikrosxemadan iborat edi. Bugungi kunda chipsetlar odatda ikkita mikrosxemadan iborat, ulardan biri janubiy ko‘prik, ikkinchisi esa shimoliy ko‘prik deb ataladi. Agar onalik platasiga qaralsa, qiynalmasdan bu ikki juftlik topiladi – bu protsessordan keyin eng yirik mikrosxemalardir. Ular markirovkasi bo‘yicha ishlab chiqaruvchini va chipset markasini aniqlash mumkin.

Chipset markasini va uni ishlab chiqaruvchini bilishning ahamiyati, protsessor markasi va ishlab chiqaruvchisini bilish ahamiyatidan kam emas, chunki kompyuterning funktsional imkoniyatlarini chipset aniqlaydi, protsessordan esa bu funktsiyalar bajarilishi tezligi bog‘liq emas.

Onalik platasi chipseti protsessor bilan muvofiqlashgan bo‘lishi lozim. Istalgan protsessorga istalgan onalik platasi mos kelavermaydi va aksincha. Bugungi kunda protsessorga nisbatan chipsetdan ko‘p narsa bog‘liq. Shu sababli kompyuter sotib olinayotganda nafaqat uning protsessori qandayligini, balki, birinchi navbatda, onalik platasi chipseti qandayligini aniqlash zarur.

Onalik platasi chipsetiga bu plata qanday chastotada ishlay olishi birinchi navbatda bog‘liq. Operativ xotirada bo‘lishi mumkin bo‘lgan hajmi va onalik platasiga ulanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha qurilmalar soni ham chipsetga bog‘liq.

6-Ona plataga analogli va raqamli videokartalarni o’rnatish
Tizimli plataning standarti (form-faktori) uning o‘lchamini, tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan chiqishlarning holati va mahkamlash teshiklarining joylashishini belgilaydi Plataning aniq modeli va formatiga qarab teshiklar soni 6 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ularning platadagi holati qat’iyqayd qilingan. 2.8-rasmda tizimli plataning uchta standarti uchun mahkamlash nuqtalarining sxematik rejasi ko‘rsatilgan. Tizimli plata yig‘ish shassisiga uning yuzasidan taxminan 5 mm balandlikda mahkamlanadi.Metall vtulkalar yoki plastmassali moslamalar plata bilan g‘ilof o‘rtasidagi oraliqni ta’minlaydi. Platani unga o‘rnatilayotgan qurilmalarning og‘irligidan vujudga keladigan o‘zgarishni kamaytirish uchun maksimal mumkin bo‘lgan nuqtalarga mahkamlash kerak. Plata g‘ilofga shassi bilan birga o‘rnatiladi. Agar protsessor elektr ta’minoti bloki yonida joylashgan bo‘lsa, platani qiyalatib kirgizish kerak. Plata kerakli holatni egallagandan keyin ichiga o‘rnatilgan (integratsiyalashgan) qurilmalar uchun razyomlar g‘ilofning orqa tarafidagi teshiklarga mos keladi.Shundan keyin shassini vintlar yordamida mahkamlash mumkin.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin