Tarmoqli operatsion tizimlar - tarmoqqa ma’lumotlarni ishlab chiqish, uzatish va saqlashni ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Tarmoqli tizimlarning har xil turlari (fayllarni boshqarish)ni taqdim etadi abonent tizimlarida ishlashni qo’llabquvvatlaydi. Tarmoqli operatsion tizimlar mijoz-server arxitekturasi va bir rangli arxitekturadan foydalanadi. Oldin tarmoqli operatsion tizimlar faqat mahalliy hisoblash tarmoqlari (MHT)ni qo’llab quvvatlaganlar, hozir bu operatsion tizimlar mahalliy tarmoqlar assotsiatsiyasiga tarqatiladilar .
Operatsion qobiqlar - foydalanuvchining operatsion tizimning buyruqlari bilan muloqatni engilashtirish uchun maxsus dasturlar. Operatsion qobiqlar yakuniy foydalanuvchi interfeysining matnli va jadvalli variantlariga ega.
Bu dasturlar operatsion tizim buyruqlarini bajarish uchun boshqaruvchi axborotlar vazifalarini ancha soddalashtiradi, yakuniy foydalanuvchi ishining keskinligi va murakkabligini kamaytiradi.
Servisli dasturiy ta’minot
Sevisli, qo’shimcha o’rnatilgan dasturlar kompyuter bazaviy dasturiy ta’minotining kengayishi bo’ladi, ularni vazifaviy alomatlari bo’yicha qo’yidagicha tasniflash mumkin:
Kompyuterni himoya qilish, zararlangan fayllarni topi shva tiklashni ta’minlovchi virusga qarshi dasturlar;
Magnitli disk sirtining sifatini tekshirish, mantiiqiy va jismoniy darajadagi faylli tizimning saqlanishini nazorat qilish, disklarni siqish, disklarning sug’urta nusxalarini yaratish, tashqi manbalardagi ma’lumotlarni rezervlashtirish va boshqalarni ta’minlovchi disklarga xizmat ko’rsatish dasturlari;
Ma’lumotlarni arxivga joylashtirish dasturlari, ular ma’lumotlarni saqlash uchun xotira hajmini kamaytirish maqsatida axborotlarni siqish jarayonini ta’minlaydi;
Tarmoqqa xizmat ko’rsatish dasturlari.
Bu dasturlarni ko’pincha utilitalar deb ataydilar. Utilitalar – ma’lumotlarni ishlab chiqish yoki kompyuterlarga xizmat ko’rsatish operatsiyalari bilan qo’shimchalar (apparatli va dasturli vositalarni diagnostikaqilish, testdan o’tkazish, disk maydonidan foydalanishni muvofiqlashtirish, magnitli diskda buzilgan axborotlarni tiklash va h.q.)ni bajarish uchun xizmat qiladi [17].
Virusga qarshi mahsulotlar bir qator mezonlari bilan baholanadi:
Virusni topish (identifikatsiyalash)ning aniqligi;