Mavzu: Tok, kuchlanish va eyuk larning effektiv va o’rtacha qiymatlari Reja



Yüklə 238,16 Kb.
səhifə2/4
tarix31.12.2021
ölçüsü238,16 Kb.
#49867
1   2   3   4
Tok kuchi. Kuchlanish, eyuk, om va joul-lens qonunlari. Tokning

2-ilova
Elektr toki: Zaryadli zarralarning tartibli harakati – elektr toki deb ataladi. Tok kuchi elektr tokining asosiy xarakteristikasidir. Tok so‘zi rus tilidan kirib kelgan bo‘lib, oqim ma’nosiga ega. Biz tabiatdagi suvning, havoning oqimini (shamol) kuzatamiz. Zaryadli zarralarning oqimi ko‘zga ko‘rinmasa ham, o‘zining issiqlik, magnit va ko‘plab boshqa ta’sirlari bilan namoyon bo‘ladi. Qo‘zg‘almas zaryadlarga nisbatan harakatdagi zaryadlarning xossalari murakkab va qiziqarlidir. Ularni o‘rganib, inson talablariga bo‘ysindirish - fanning asosiy maqsadidir. Zamonaviy texnikadagi elektrni behisob qo‘llanishlari aynan elektr toki bilan bog‘liq.

Massa va tezlik ko‘paytmasi – impuls deb ataladi, va bu tushuncha mexanikada muhim axamiyatga ega. Elektr jarayonlarda zaryad va uning tezligining ko‘paytmasi ham shunday muhimdir. Birlik hajmdagi zaryadlarning harakatini xarakterlovchi tok zichligi tushunchasini quyidagicha ifodalaymiz:



. (1)

Yig‘indida faqat erkin zarralar hisobga olinadi. Erkin zarralar ham muhitdagi barcha zarralar kabi betartib issiqlik harakatida bo‘lgani uchun odatda bo‘ladi. Biron tashqi ta’sir tufayli tartibli harakatga kelgan zarralar uchungina noldan farqli tok zichligi vujudga keladi.

Tok zichligining birligi bo‘lib, vaqt birligida o‘ziga tik birlik yuzadan o‘tayotgan zaryadlar miqdorini, ya’ni birlik yuzaga to‘g‘ri keladigan tok kuchini bildiradi. Biron yuzadan o‘tayotgan elektr toki tok kuchi bilan xarakterlanadi:

. (2)

Eng sodda holda, sirt yassi bo‘lganida va tok zichligi bir jinsli bo‘lganida integralga zaruriyat bo‘lmaydi, yaa’ni bo‘ladi. Tok kuchi (Amper) birligida o‘lchanadi va vaqt birligida biron sirt orqali o‘tayotgan zaryadlar miqdorini bildiradi.

Tok kuchi raqamli yoki strelkali ampermetrlarda o‘lchanadi (1-rasm).

1-rasm
Zaryadlarning saqlanish qonunida sistemaning yopiq sirti orqali tok kuchi sistemadagi zaryadlar miqdori bilan (1.1) tenglik vositasida bog‘lanadi:



. (3)

Birlik hajm uchun esa zaryadlarning saqlanish qonuni uzluksizlik tenglamasi bilan ifodalanadi:



. (4)

statsionar sharoit uchun



, , (5)

o‘rinli bo‘ladi. Yopiq sirt uchun tenglik kirxgofning birinchi qoidasiga asos bo‘ladi.

Turli muhitlardagi tokning mexanizmlari turlicha bo‘lib, ularni nafaqat 19-20 asr fizikasi, balki zamonaviy fizika ham o‘rganmoqda va yangi yutuqlarga erishmoqda. Bu masala modda tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, buning qanchalik murakkabligini o‘quvchi 7-§ da ham sezgan. Ushbu kitobda turli muhitlardagi elektr toklarning mexanizmlari 5-bobda o‘rganiladi.


Yüklə 238,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin