Mavzu: Toshkent viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi. Reja: Kirish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/7
tarix24.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#160887
  1   2   3   4   5   6   7
Toshkent viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi.


Mavzu: Toshkent viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi.


Reja:
Kirish:

  1. Toshkent viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi.

  2. Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari

  3. Toshkent iqtisodiy rayonining rivojlanishiga asosiy sabablar.

  4. Tashqi iqtisodiy faoliyati

Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar.


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Iqtisodiy geografik o'rni va tabiiy boyliklari. Toshkent iqtisodiy geografik rayoni bir tomondan Farg'ona vodiysi va Mirzacho'lga tutashsa, ikkinchi tomondan mamlakatning xorijga chiqadigan asosiy «darvoza»sidir. Geografik o'rnidagi qulaylik tufayli Toshkent 1930-yildan beri O'zbekistonning poytaxti maqomida kelmoqda. Toshkent viloyati qishloq tumanlarining deyarli yarmining (Yangiyo'l, Qibray, Bo'stonliq, Parkent, Ohangaron, Zangiota va Toshkent tumanlari) xo'jaligi ixtisoslashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida poytaxtning ta'siri ustuvor hisoblanadi. Zero, u yirik shahar bilan tutash tumanlarda iqtisodiy-ijtimoiy o'zgarishlar jadal kechadi. Buni Toshkent tumani misolida yaqqol kuzatish mumkin. 

Iqtisodiy geografik rayon hududi relyefning xilma-xil shakllaridan iborat. Bu sanoat uchun ham, qishloq xo'jaligi uchun ham beqiyos qulayliklar yaratadi. Rayonning Chirchiq va Ohangaron vodiylari Sirdaryoga qadar 100-150 km dan ortiq masofada pasayib borishi sababli sun'iy sug'orish uchun g'oyat qulay. Chirchiq va Ohangaron daryolari tog'lardagi yog'in (500-700 mm) dan to'yinib, dalalarni sug'orishdan tashqari elektr energiya olishda ham muhim rol o'ynaydi. Iqtisodiy geografik rayon toza ichimlik suvi bilan yaxshi ta'minlangan. Suvdan yanada samarali foydalanish maqsadida Chirchiq daryosining yuqori oqimida sig'imi 2,0 mlrd m kub bo'lgan Chorvoq suv ombori barpo etilgan. Shuningdek, Ohangaron daryosining o`rta oqimida Tuyabug`iz suv ombori ("Toshkent dengizi”) qurilgan.


Qazilma boyliklarning xilma-xilligi jihatidan bironta rayon Toshkent iqtisodiy geografik rayoniga tenglasha olmaydi. Angren ko'mir havzasi mamlakatda eng yirik ko'mir koni hisoblanadi (ko'mir zaxirasi miqdorini eslang). Ko'mir qatlamlari yer yuziga yaqin joylashgan bo'lib, qatlamlar orasida aluminiy, sement va keramika olishda ishlatiladigan gilmoya ko'plab uchraydi (atlasdan foydalanib, qazilma konlarini aniqlang). Iqtisodiy geografik rayonda neft bilan tabiiy gazgina yo'q. Zarur bo'lgan neft mahsulotlari temiryo'l hamda avtomobil transportida, gaz esa quvurda keltirilmoqda.
Mamlakatimiz aholisining deyarli 1/5 qismi shu rayonda yashamoqda. Rayonda shahar aholisining salmog'i Toshkent shahri aholisini qo'shmaganda 50 foizdan ortadi. Umumiy aholi sonidagi mehnatga yaroqlilar salmog'i bo'yicha iqtisodiy geografik rayon birinchi o'rinda turadi. Shuningdek, mehnatga yaroqli aholi ma'lumot darajasining yuqoriligi bilan ham ajralib turadi. Bular azaldan oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, Fanlar Akademiyalari, ularning ko'p sonli ilmiy tadqiqot institutlari Toshkent (poytaxt)da joylashgani sharofatidir. Bundan tashqari, ilm va malaka talab korxona va idoralarning ko'pligi ham asosiy omillardan biri hisoblanadi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin