Mavzu: Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir



Yüklə 61,78 Kb.
səhifə1/2
tarix26.12.2019
ölçüsü61,78 Kb.
#30016
  1   2
iqtisod

Mavzu: Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir.


Reja:

1.Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi.

2. Tovar va uning xususiyatlari.

3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari.

4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.

Oldingi boblarda ishlab chiqarishning umumiy, hamma bosqichlariga xos bo’lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o’zgarib turishini ko’rib chiqdik. Lekin, ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo’lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko’’gina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud bo’ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi emirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda.

Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy shaklning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o’rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko’’ jihatdan turlicha bo’ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli mavzuni ijtimoiy xo’jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllarini tahlil qilishdan boshlaymiz. Keyin tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo’lgan yondoshuvlar, Pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari yoritiladi.
1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga

o’tish va uning rivojlanishi.

Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko’’incha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o’zi uchun tayyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. ‘atriarxal dehqon xo’jaligi va feodal ‘omestyalari asosan natural xo’jalik bo’lgan. Natural ishlab chiqarish sharti ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda biqiq yoki o’z ehtiyojlarini o’zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari ‘aydo bo’lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkonidan muhrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu ko’rsatkichlari qishloq xo’jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo’lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nixoyat cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.


Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida ‘aydo bo’ldi.
Tovar ishlab chiqarish, ya’ni tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-biridan farqini 1-jadval orqali ko’rish mumkin.

Natural va tovar xo’jaligining bir-biridan farqlanishi.
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora ko’’roq bog’liq bo’lib qola boshlaydi.

Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan.

Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.

Tovar xo’jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jixatdan bir–biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o’z mehnat natijalarini o’zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish zarurligi va yaratilgan mahsulotlarni qaerda va kimga sotishni faqat ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.

Nihoyat, uchinchidan, bozor vujudga kelishining muhim shart–sharoitlaridan biri erkin ayirboshlash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik nima, qancha va kim uchun ishlab chiqarishni mustaqil aniqlash imkonini beradi.

Tovar ishlab chiqarish natural ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga ko’’roq darajada imkon yaratadi, chunki:

- tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslanib, mehnat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi;

- tovar ishlab chiqaruvchi katta daromadga ega bo’lishi uchun mehnat unumdorligini o’stiruvchi hamda tovar ishlab chiqarish sarflarini qisqartiruvchi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini tatbiq etishi lozim;

- tovar ishlab chiqaruvchilar natural xo’jalik yurituvchilarga nisbatan ishlab chiqarish natijalaridan ko’’roq manfaatdordirlar, agar ular daromad olmasalar xonavayron bo’ladilar;

- tovar ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo’lmasligi va daromad olishlari uchun o’z faoliyatlarini xaridorlarga zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga yo’naltira olishlari lozim, ular o’zlarining raqiblari ustidan g’alaba qozonishi uchun tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak. Natural xo’jalik yurituvchilar oldida bunday vazifa mavjud emas;

- tovar ishlab chiqaruvchi uchun iste’molchini o’ziga jalb qilish, o’z tovarini sotib daromad olish imkoniga erishish vositasi bo’lib yangi, nisbatan sifatli va jozibador tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.18

Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



2. Tovar va uning xususiyatlari.

Tovar-Pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».19 Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.

V.I.Vidya’in va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat».20 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste’mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.

Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste’mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.

Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.

Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi ‘sixologik yondoshuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to’g’rirog’i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bo’lgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bo’lishiga olib keladi. Ya’ni, jamiyat uchun zarur bo’lgan 100 dona soatgina naflilikka ega bo’ladi.

Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.

Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.

Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining o’z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya’ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya’ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchungina o’zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko’rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko’’lab ne’matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma’lum naflilikka ega bo’ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo’lavermaydi. Masalan, bu ne’matlar o’sha joyning o’zidan olinib, iste’molchi tomonidan iste’mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne’matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur.

Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.

Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.

Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og’irligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bo’la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bo’lib, ular miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bo’lishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.

Bu o’rinda so’z mehnatning muayyan, aniq turlari to’g’risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste’mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va o’lchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’’incha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qo’lashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib to’ishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».21 Tovarning o’zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.

Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, miqdor jihatidan undan kamdir. Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida keyingi boblarda to’xtalamiz).

Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’’aytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’’ miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.

Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan

Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati.

Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Umuman mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida mavjud bo’lgan. Ibtidoiy jamiyatda ham, ‘atriarxal xo’jalikda ham odamlar kuchlarini sarflab, biron-bir tarzda bir-birlari uchun mehnat qilganlar. Biroq bunda qiymat vujudga kelmagan, mahsulot esa tovar shaklini olmagan. Demak, qiymatda oddiy ijtimoiy mehnat emas, balki alohida tarixiy sharoitdagi ijtimoiy mehnat mujassamlanadi.

Xo’sh, uning o’ziga xos xususiyati nimada? Bu xususiyat shundaki, tovar ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bo’ladi. Mehnat faqat ayirboshlash sohasida, ya’ni o’zi amalga oshib bo’lganidan keyin ijtimoiy xususiyatni namoyon etadi. Qiymat yaratuvchi abstrakt mehnat – mehnatning faqat tovar ishlab chiqarishiga xos bo’lgan va alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar munosabatini ifodalaydigan o’ziga xos ijtimoiy shakldir.

Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.

Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Mehnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mehnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi ‘asaysa, tovar birligining qiymati oshadi.

Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Bu omillar mehnat qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malaka darajasi, fan va texnikaning taraqqiyoti darajasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning to’’lanuv darajasi, tabiiy sharoitlardir.



Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mehnat intensivligining oshishi amalda ish vaqtining ko’’ayganligini anglatadi. Shunday qilib, intensivlik ish vaqtining davomiyligi bilan bevosita aloqador bo’ladi. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi.

Individual yoki o’rtacha ijtimoiy mehnat intensivligi tushunchalari farqlanadi. Muayyan ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida individual intensivlik ishchining yoshi, uning mahorat darajasi, jismoniy va aqliy qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi. Mehnatning o’rtacha intensivligi – bu umumlashma tushuncha bo’lib, alohida shaxs, alohida korxona va tarmoq, mamlakatning turli hududlarida mavjud bo’lgan individual miqdorlardan tarkib to’adi. «O’rtacha intensivlik» tushunchasi mehnat intensivligining faqat miqdor tomonini tavsiflab, u yoki bu ishlab chiqarish usuli sharoitidagi intensivlikning mohiyati va mazmunini aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy mehnat intensivligi tushunchasi farqlanib, u har bir muayyan mamlakat uchun bir vaqtning o’zida ijtimoiy mazmunni aks ettiruvchi ma’lum o’rtacha miqdorni o’z ichiga oladi.



3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan

miqdor nafliligi nazariyalari.

Iqtisodiyot nazariyasi fanida tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo’nalish mavjud hamda ular o’rtasida doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralar bo’lib kelmoqda. Biz quyida shu ikki xil yo’nalishdagi nazariyalarning mazmunini o’quvchiga havola qilamiz.



Qiymatning mehnat nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari bo’lib Uilyam ‘etti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.

U.’etti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.’etti tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.

A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar» (1776 y.) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo’lgan o’rtacha mehnat belgilab berishini ko’rsatib o’tgan.

D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan.

Demak, yuqorida ta’kidlanganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi.

Qiymatning mehnat nazariyasiga ko’ra ijtimoiy zarur ish vaqti o’ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o’ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarurdir. Keragidan ortiqcha mehnat sarflari qiymat yaratmaydi, ya’ni jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi, rad etiladi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to’lamaydi.

Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tushuntiradiki, tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. Oddiy mehnat darajasi turli mamlakatlarda va turli davrlarda bir xil bo’lmay, turlicha va o’zgaruvchan bo’ladi. Lekin qiymat namoyon bo’ladigan har bir muayyan bozorda (u xoh ichki, xoh tashqi bozor bo’lsin) oddiy mehnat ma’lum bir darajadagi mavjud mehnatdir. U shunday boshlang’ich negizki, malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab va malakali mehnat ko’’aytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo’ladi.

Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi, ob’ektiv qiymat qonunini mavjud bo’lishini tan oladi. Ular fikriga ko’ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.

Ijtimoiy zaruriy sarflarning yuqorida keltirilgan ta’riflaridan kelib chiqsak, qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni, ya’ni ma’lum vaqt ichida ko’’roq miqdorda iste’mol qiymatlarini yaratuvchi yoki yuqoriroq mehnat unumdorligini ta’minlaydigan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Qiymat qonuni individual mehnat unumdorligi ijtimoiy me’yordagi mehnat unumdorligidan ‘ast bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni jazolaydi. Bu bilan iqtisodiy sharoitlar tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa xil tovarlarni ishlab chiqarishga o’tishini rag’batlantiradi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilish, xonavayron bo’lish xavfi ostida qolishlari mumkin.

Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’trasidagi farq tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati ko’’roq kafolatlangan deb bo’lmaydi. Chunki ular texnik va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida qo’llab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini qidirib to’masalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.

Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi rakobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:

Talab = taklif bo’lgan holda: narx = qiymat.

Talab > taklif bo’lgan holda: narx > qiymat.

Talab < taklif bo’lgan holda: narx < qiymat.

Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida bo’ladi.

Qiymat qonuni resurslarning turli ishlab chiqarish sohalari o’trasida taqsimlanishini tartibga solib turish vazifasini bajarayotganda ham narxlar dinamikasi muhim rol uynaydi. Agar u yoki bu aniq tovar ijtimoiy ehtiyojini qondirish uchun zarur bo’lganidan kamroq ishlab chiqarilsa, bu talabning taklifdan oshib ketishiga sabab bo’ladi. Tovar narxi oshib ketadi. Narxlar, shu bilan birga daromadlar kamayadi, bu tarmoqdagi ishlab chiqarish resurslari daromad yuqori bo’lgan boshqa tarmoqlarga o’tib ketadi. Qiymatning mehnat nazariyasi modellarida qiymat qonuniga asoslangan ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga soluvchi bozor mexanizmi ana shunday tavsiflanadi.



Yüklə 61,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin