Taklifning faqatgina narxga bog‘liq xususiyati taklif qonunida o‘z ifodasini topgan: Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha kam bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha koʻp boʻladi. Taklif qonuni taklif miqdorining narxga nisbatan to‘g‘ri bog‘liqligini ko‘rsatadi, yaʼni narx oshganda taklif miqdori ham oshadi. Talab tushunchasi bilan tanishganimizdek, taklif miqdorining o‘zgarishi ishlab chiqaruvchilarning turli maʼlumotlardan xabardorliklariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.