MAVZU: TOVARLAR BOZORIDA TALAB VA TAKLIFDAN KELIB CHIQIB OPTIMAL NARXLARNI ANIQLASH. REJA: Tovarlar bozorida talab va taklifdan kelib chiqib optimal narxlarni aniqlash.
Ishlab chiqarish funktsiyalariningxarakteristikalari.
Makroiqtisodiy ekonometrik modellarning turlari va ularni iqtisodiy tahlilda qo’llanilishi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Tovarlar bozorida talab va taklifdan kelib chiqib optimal narxlarni aniqlash.
Ishlab chiqarish jarayoni kuzatilayotganda ko’rish mumkinki mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo, ish kuchi, texnika vositalari, elektr energiyasi, asosiy fondlar va boshqa resurslar bevosita qatnashadi va mahsulot hajmiga tahsir etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot bilan unga sarflangan resurslar orasidagi bog’lanishni ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ko’rsatish mumkin. Umumiy holda ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagi ko’rinishda ifodalanadi:
y = f ( x1, x2,..., xm),
bu yerda y - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori; xi– resurslar sarfi.
Ishlab chiqarish funktsiyalari matematik tasvirlash ti’iga ko’ra chiziqli, darajali, ‘arabolik, ko’rsatkichli va hokazo bo’lishi mumkin. Bu funktsiyalarning bahzilarini ko’rib chiqamiz.
CHiziqli funktsiya:
y k0 k1x1 . Bu funktsiya bir jinsli bo’lib, omil-dalillarning doimiy limitli samaraliligi bilan xarakterlidir. Umuman iqtisodiyot uchun chiziqsiz aloqa ham xarakterli bo’lib, mahlum doiralardagina chiziqli holatga, yahni (7) ko’rinishga keltiriladi.
Darajali funktsiya:
y axb, bu yerda u - ishlab chiqarilgan mahsulot;
x - ishlab chiqarish resurslari sarfi;
b - ishlab chiqarish samaradorligining o’zgarish ko’rsatkichi;
a - erkin parametr.
Mazkur funktsiya qo’shimcha mahsulotning qo’shimcha xarajat birligiga nisbatan doim o’sib yoki kamayib borishini nazarda tutadi, biroq u qo’shimcha mahsulotning ayni bir vaqtda kamayishi va o’sib borishiga yo’l qo’ymaydi. Buni funktsiyaning birinchi tartibli hosilasida ko’rish mumkin:
y baxb1. Kobba-Duglas ti’dagi darajali funktsiya eng ko’p tarqalgan va universal funktsiya hisoblanadi. U quyidagicha ko’rinishda bo’ladi;
y ax ,
n i i i1
bu yerda u - natijaviy ko’rsatkich;
xi- erkin o’zgaruvchi miqdor;
, ai- o’zgarmas miqdorlar;
- ko’paytirish o’eratori.
Bu funktsiya parametrlari bir vaqtni ichida elstiklik koeffitsientlariga teng. Elastiklik koeffitsientlarining iqtisodiy mazmuni shundan iboratki, ular mustaqil o’zgaruvchilar (x) bir foizga o’zgarganda samarali (natijali) ko’rsatkich (u) qanday o’zgarishini ko’rsatadi.