Veterinariya sanitariya chora-tadbirlari. Kasallik qayd qilingan xo‘jaliklarda karantin e’lon qilinadi. Mol sotish va sotib olish man etiladi. Mollarning guruhini almashtirish va aralashtirish qonunga xilof hisoblanadi. Kasal mollarni darhol ajratib olinadi va 15 kun ichida go‘shtga topshiriladi, Ularga «T» belgisi bosiladi. Kasal mollarni bir yo‘la topshirishning iloji bo‘lmasa, vaqtincha izolyator tashkil etish mumkin. Izolyator veterinariya-sanitariya talabiga to‘liq javob berishi zarur. Kasal mollardan nasl olish va qochirish mumkin emaD.