I variant - ko’chatni o’q ildizini chopib tashlamasdan o’tqazish.
II variant – ildizni chalpib o’tqazish.
2.O’G’ITLARNI NORMASINING BODIRING XOSILIGA TA’SIRINI O’RGANISH.
I-variant – o’g’it solinmaydi.
II- variant – gektarga 50 kg azot beriladi.
III- variant - gektariga 100 kg azot beriladi.
IV – variant – gektariga 150 kg azot beriladi..
Ish yuzasidan hisobotda ishning maqsadi, vazifasi va sabzavot ekinlari ustida o’tkazilgan tajriba sxemalari yoritiladi hamda qo’yilgan vazifalarni echish bo’yicha hal qilingan masalalar natijalari keltiriladi.
AMALIY MASHG’ULOT №8 MAVZU: G’O’ZANING TUZILISHINI O’RGANISH Ishdan maqsad: Go’za tizilishini o’rganish, tola chiqish jarayini va to’la uzunligini aniqlash hamda g’o’zani eng muhim navlari bilan tanishish
Kerakli jihozlar:G’o’za turi (o’rrtacha va ingichka tolali ) etilib ochilgan kusaklar,tarozi va toshlar,temir taroq,tish cho’tkasi,lineyka.
Umumiy ma’lumotlar: Paxtachilik qishloq xo’jaligining muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. Paxta sanoatimizni ko’p tarmoqli sohasi bo`lgani uchun nihoyatda qimmatli xom ashyolardan hisoblanadi.Paxtadan olinadigan mahsulotlarning turi 150 dan ortiq.
G’o’za tropik mamlakatlarda kelib chiqqan bo’lib, u vatanida yovvoyoi holda, kattaroq (bo’yi 7-8 m,ba’zan 12 mga etgan) daraxt singari o’sadi.Hozirgi paytda g’o’za bir yillik o’simlik sifatida o’stirilmoqda.Natijada ko’saklari ko’pchilik go’zanikiga nisbatan yirik,serhosil va tolasining sifati ancha yaxshilanmoqda.
G’o’za gulxayridoshlar oilasiga kiradi.G’o’zaning ikki turi gasipum girzutum va gasspum barbadeze turlari o’stiriladi. Garzutum turiga kiruvchi navlarga uzun tolali va barbadenza turiga oidlari esa ingichka tolali novlar deb ataladi.
G’o’zada ham boshqa o’simliklar singari o’sish va rivojlanish jarayonida ildiz,poya,shoxlar,barg va gullar hosil bo’ladi.Gullaridan mevalar ko’saklar paydo bo’ladi.