Mavzu: Turbogeneratorlar va gidrogeneratorlar. Reja



Yüklə 12,67 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü12,67 Kb.
#181547
1   2
Mavzu Turbogeneratorlar va gidrogeneratorlar. Reja-fayllar.org

Generatorlarning nominal parametrlari. Generatorni ishlab chiqaruvchi zavod uni ma’lum ruxsat etilgan uzoq muddatli ish rejimiga mo‘ljallaydi va bu rejim nominal rejim deb ataladi. Bu ish rejimi generatornang nominal ma’lumotlari degan nom bilan yuritiladigan va uning yorlig‘ida hamda mashina pasportida ko‘rsatiladigan parametrlar bilanxarakterlanadi.
Generatorning nominal kuchlanishi-nominal rejimda stator chulg‘amining liniya (fazalararo)kuchlanishidir.
Normal sovitish parametrlari (sovituvchi gaz va suyuqlikning temperaturasi, bosimi hamda sarfi) da va generator pasportida ko‘rsatilgan quvvat hamda kuchlanishning nominal qiymatlarida generatorning uzoq muddat normal ishlashiga ruxsat etiladigan tok qiymati generator statorining nominal toki deb ataladi.
Turbogeneratorlarning nominal quvvati standartlardagi quvvatlar qatoriga to‘g‘ri kelishi kerak. Yirik gidrogeneratorlarning nominal quvvatlari shkalasi standartlashtirilmagan.
Rotorning nominal toki - generatorning eng katta uyg‘otish toki bo‘lib, statorning kuchlanishi nominal miqdoridan 5% atrofida o‘zgarib turganida va nominal quvvat koeffitsientida generator shu tokda nominal quvvat beraoladi.
Nominal quvvat koeffitsienti standartga muvofiq 125 MVA va undan kichik quvvatli generatorlar uchun 0,8; quvvati 588 MVA gacha bo‘lgan turbogeneratorlar va 360 MVA gacha bo‘lgan gidrogeneratorlar uchun 0,85; ancha quvvatli mashinalar uchun 0,9 qabul qilinadi. Kapsulali gidrogeneratorlar uchun, odatda, sosφ ≈1.
Har qanday generator nominal yuklama va nominal quvvat koeffitsientidagi FIK bilan xarakterlanadi. Hozirgi generatorlarda nominal FIK 96,3—98,8% atrofida o‘zgarib turadi.

Turbogenerator rotoriga cho‘lg‘amlarni o‘rnatishjarayoni.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Pirmatov N.B, Yarmuxammеdova Z.A, Mustafakulova G.N, Elеktr mashinalari fanining transformatorlar qismi b o'yicha kurs loyihasini bajarishga oid o'quv -uslubiy qo'llanma T.:ToshDTU, 2012


  • Salimov J.S., Pirmatov N.B. Elеktr mashinalari.-T.: O'zbеkiston faylasuflari milliy jamiyati, 2011.


  • Голдберг О.Д., Гурин Я.С., Свириденко И.С., Проектирование электрических машин. -М.: Высшая школа, 2001




http://fayllar.org
Yüklə 12,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin