Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja


-moddasi: «Turistlami sug’urta qilish»



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə12/20
tarix02.01.2022
ölçüsü209,5 Kb.
#43057
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Mavzu Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Rej

20-moddasi: «Turistlami sug’urta qilish». Turistlami sug‘urta qilish majburiydir
va u turistik faoliyat subyektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga
ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkiiotlari bilan tuziiadigan bitimlar asosida amalga
oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm tashkilot-
lari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida» gi Qaroriga1 muvofiq,
quyidagi moddalar turistiaming hayoti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan:


  • xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqish-

laridan oldin, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining


tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi
mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish;


  • ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan


holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayohat qilishni ta’minlash;


  • belgilangan yo‘nalishning xususiyati va turistlaming xatti-harakatiga

bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar manbalari haqida ulaming
o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash;

rioya etishlari, O’zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik


talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari
to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi.
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida – «Ekologik turizm
marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» yuzasidan marshrut
rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati keltiriladi. Turistik marshrutlarning
barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ishlab
chiqilishi va marshrutni o‘tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va
gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‘lgan
shaxslar, odatda, faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb
o‘ylashadi. Biroq turist o‘z davlatiga olib kirishi mumkin bo‘lgan bir talay hayot
uchun o‘ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga
solib turadigan sanitar - epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e’ti-
rozlar bo’lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish
turistni sayohat chog‘idagi ko‘plab ko'ngilsizliklardan saqlaydi.
Chegaradan hayvonot va o‘simliklar namunalarini o‘tkazishning qat’iy
belgilangan tartibi ham, xorijga safar chog’ida sug‘urta qilish masalasi ham turist
uchun muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik
tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan

shaxslar va atrofmuhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng


ommaga deyarli noma’Ium shartlari va qoidalari ham mavjud.


Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin