Mavzu Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Rej
3. Mikrodarajadagi tashkiUy mexanizm asosida. Bu sayohatchilarga bevosita
xizmatlar taklif etuvchi turistik korxonalardir. Masalan: turtirma marshrutni
sertifikatlaydi, sug‘urta kompaniyasi - sayohatchi hayotini sug‘uitalaydi,
mehmonxona yong‘in va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlaydi, avtotransport
korxonalari mashinalaming texnik holatini tekshiradi. Mahalliy jamoa ham tashrif
buyuruvchilaming xavfsiziigini ta’minlashlari shart. Buning uchun gidlar maxsus
tayyorgarlikdan o‘tadiIar, marshrutlar xavfsizligi (yo‘llar toshloq, zaharli
o‘simliklar, yowoyi hayvonlar) tekshiriladi, turistlar maxsus moslamalar (palatka,
qutqaruv jileti, dori-darmon) bilan ta’minlanadi, qutqaruvchilar va o'rmon xizmat-
lari guruh kelgani va ulaming bu yerda bo‘Iish muddati haqida ogohlantiriladi.
Turistning o‘zi ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi shart. Ya’ni uning hayoti va
sog‘iig‘iga nimalar xavf solishini anglashi, qabul qilingan talablarga rioya qilishi,
hushyor bo‘lishi zarur.