3.
Mahalliy aholining turistik diqqatga sazovor joylar, xizmat ko’rsatish
elementlari va boshqa ob’ektlarga yetishishi qulay bo’lishini ta’minlash, turistlar
oqimini tartibga solish.
4.
Agar mahalliy aholi mavjud tijorat turistik ob’ektlardan bemalol
foydalana olmasa, ularga ushbu ob’ektlarga borish uchun imtiyozli narxlar
belgilash yoki qimmat bo’lmagan, yoxud subsidiya berilgan ob’ektlarni taqdim
qilish.
5.
Mahalliy aholining turizm borasidagi ma’rifiy bilimlarini oshirish:
turizmning foydalari, uni rivojlantirish siyosati va dasturi, mahalliy aholining
turizmni rivojlantirishdagi shaxsiy ishtiroki, ushbu tumanga keluvchi turistlar
toifalarining xususiyatlari haqida. Buning uchun mahalliy radio, televidenie,
matbuot va boshqa imkoniyatlardan foydalanish lozim.
Turizm bilan tanishishni maktablar va boshqa o’quv yurtlarining o’quv
dasturlariga kiritish zarur.
1.Turistlarni mahalliy jamoa haqida xabardor qilish: uning odatlari, kiyinish
xususiyatlari, madaniy, diniy va boshqa joylarda xulq-atvor qoidalari, suratga
tushishda o’zini tutishi, «choychaqa» qoldirib ketish amaliyoti, boshqa mahalliy
muammolar (jinoyatchilik va sh.k.) haqida. Turistlar mahalliy xulq-atvor
qoidalarini bilishlari va ularga rioya qilishlari kerak.
2.Turizm sohasida, jumladan tillar va xulq-atvor qoidalarini o’rgatish borasida
ham kadrlarni tegishlicha tayyorlash. Bu turitslar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar
o’rtasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
3.Giyohvandlik, jinoyatchilik va fohishabozlikka qarshi kurash tadbirlarini
o’tkazish.
Turizmni uning barcha bosqichlarida rivojlantirishni rejalashtirish iqtisodiy,
ekologik va ijtimoiy-madaniy jihatlar va muammolarni har tomonlama hisobga
olish hal qilishga asoslanishi kerak.
Turizmning iqtisodiy samaradorligi tahlil etilayotgan vaqt davomida jonli va
buyumga aylangan mehnatni kam sarf qilgan va atrof-muhitni optimal darajada
saqlab qolgan holda mamlakat va xorijiy turistlarning tegishli talabiga mos
keladigan mahsulotlar va xizmatlarning eng katta hajmini yaratish va joriy qilish
uchun ishlab chiqarish va turistik resurslardan foydalanish darajasi bilan
baholanadi.
Dostları ilə paylaş: