Mavzu: Turk hoqonligi boshqaruv tizimi. Reja


Turk xoqonligining tashkil topishi



Yüklə 43,28 Kb.
səhifə2/5
tarix25.09.2023
ölçüsü43,28 Kb.
#148129
1   2   3   4   5
Turk hoqonligi3

Turk xoqonligining tashkil topishi

Sharqiy Turkiston, Farg’ona, So’g’diyona, Xorazm Baqtriya, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Eron hududlarida esa Eftalitlar hukmronlik qilardi. Xitoyning shimoliy qismida hukmronlik qiluvchi Vey sulolasi (386-558) xonadonlarining kelib chiqishi ham turkiy tilli xalqlarga borib taqaladi. Shundan qilib, VI asr boshlarida O`zoq sharqdan Kaspiy dengizigacha bo’lgan hududlarda hokimiyat tepasida turkiy sulolalar turgan. VI asr boshlarida turkiy qavmlar orasida Ashin urug’idan Asan Va – Tuu 460- 545 yillarda boshqa urug’larni o’zlaricha bo’ysundiradilar va Oltoy turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuu o’g’li Bumin tele qabilasini ham bo’ysundiradi. Bumin Jo’jan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jo’jan xonligi qo’shinlarini yengib, ularni o’ziga bo’ysundiradi.
Bumin 551 yilda yangi davlat Turk xoqonligiga asos soldi. Uning poytaxti
Oltoydagi O’tukan shahri edi. Hoqonlik tez orada kuchaya borib dovrug’i ortib bordi. Ular Xitoyni ko’pgina hududlarini bosib oldi. Xitoy podshosi xoqonlikka har yili yo`z ming bo’lak ipak mato berib turishga majbur bo’lgan.
552 yili Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning o’g’li Mug’onxon (553-
572) o’tiradi. U 558 yili Jo’janlarga so’nggi bor qaqshatqich zarba berib, o’z hududini tinch okeanigacha bo’lgan hududlarda mustahkamladi. Uning amakisi Istami (unga «yabg’u» - bahodir unvonini bergan edi) bo’lsa, bu davrda hoqonlik hududini g’arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar, Ural, Volga bo’ylari va
boshqa hududlarni egallaydi 563-567 yillarda Istami Yabg’u qo’shinlari eftalitlarga ketma-met zarbalar berib, uning hududlari bo’lmish O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha yerlarni egallashga muvofiq bo’ldi. Turk hoqonligi O’rta Osiyo yerlarini ishg’ol etgach, Eron chegaralariga tutashdi. Eron bilan turk hoqonligi o’rtasida bir necha bor urushlar kelibchiqdi va Eron shohi Xusrav I ni yengiladi.
Eron turk hoqonligiga 400 ming Vizantiya tillosi hajmida tovon to’lashga majbur bo’ldi. Muhonxon Qora dengizgacha bo’lgan yerlarni egalladi.
Turk hoqonligi 568-569 yillarda o’sha davrning qudratli davlati – Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini yo’lga qo’yishga muhim hissa bo’ldi.
Turk hoqonligi boshqaruv tartiblari haqida shuni ta’kidlash kerakki, ular O’rta Osiyo hududlarida hukmronlik qilsada, biroq o’zlari bu hududlarga ko’chib kelmadilar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgo’larni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o’lponlar, to’lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan tashqari ko’rinadiki, Turk hoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat to`zilmalari, ularning boshqaruv to`zilmalari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. Hoqonlik istisno hollardagina o’lkani ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashardi. Bu narsa ko’proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalari gadaxl etardi. Manbalarda ta’kidlanishicha, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mutaqil hokimlik-davlatlar Maymurg’, Kesh, Naxshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andixay shular jumlasidandir.
Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari
o’zlariga ancha mustaqil bo’lganlar. Biroq bu davlat hokimliklari o’rtasida o’zaro ziddiyatlar avj olib, xalqni turmushini og’ir ahvolga olib kelishga sabab bo’lgan.
585-586 yillarda Buxoroda zodogon dexqon va boy savdogarlarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tarildi. Unga Obro’y boshchilik qildi. Hoqon qora cho’rin qo’shinlari qqo’zg’oloni bostirdi va qo’zg’olonchilarni qattiq jazolaydi.
Turk hoqonligining g’arbiy qismi bilan sharqiy qisimlari o’rtasida aloqalar
o`zilib bordiki –Arslon Tuba hoqon davrida 581 yilda turk hoqonligi ikki qisimga
– G’arb va Sharqiy Turk hoqonligiga bo’linib ketgan. G’arbiy xoqonlika – O’rta Osiyoning katta qismi, sharqiy qismi – Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy va hokozo. Xitoyda Tan sulolasi (618-907 yil) hukumronligi davrida Turk hoqonligi Bilan Xitoy o’rtasida o’z aro aloqalar, hamkorlik keng yo’lga qo’yildi. Masalan, 627-644 yillarda O’rta Osiyodan Xitoyga savokavolari 9 marta yuborilgan. VII-asrning 30 yillarida hoqonlik hududlarini kezgan sayoh Syuan Sin, Isiqko’l, Chu vodisi,Samarqand Buxoro kabi shaharlarni obod va aholi gavjum ekanligini qayd etgan. Tan sulolasi 659 yil Sharqiy Turk hoqonligini o’ziga bo’ysundiradi. Biroq
670 yilda tibetliklar bosh ko’tarishi bilan Sharqiy Turk hoqonligi o’zini tiklab
oladi.


  1. Yüklə 43,28 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin