Mavzu: Turkiston arslonquyrug’i – Leonurus Turkestanicus o’simligi urug’larini labaratoriya taxlili. Reja: Kirish


Arslonquyruq o‘simligini o‘stirish texnologiyasi



Yüklə 38,58 Kb.
səhifə3/4
tarix05.02.2023
ölçüsü38,58 Kb.
#82949
1   2   3   4
Mavzu Turkiston arslonquyrug’i – Leonurus Turkestanicus o’simli

Arslonquyruq o‘simligini o‘stirish texnologiyasi.

O‘zbekistonning sug‘oriladigan (sho‘riangan tuproqlardan tashqari) barcha yerlarida ekib o‘stirish mumkin. Arslonquymqdan yuqori hosil yetishtirish uchun uni unumdor suv bilan yaxshi ta’minlangan yerlarga ekishni tavsiya qilamiz. Haydab ekilayottan ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Arslonquyruq yog‘ochlangan ildizpoyali, ildiz tizimi yuza, ya’ni tuproqning 20 sm qatlamida tarqalgan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin. Yerlami kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 30 tonna go‘ng va 50 kg superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantirib 20-25 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
Arslonquyruq asosan urug‘dan ko‘paytiriladi, Kech kuzda quruq urug‘lar gektariga 12-18 kg dan ekiladi va erta bahorda 7-8 kg dan stratifikatsiya qilinib 1,5-2 sm chuqurlikda ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarga urug‘ ekilgandan keyin 60-70 sm oraliqda sug‘orish egatlari olinadi va ketma-ket sug‘oriladi. Urug‘ni go‘ngga yoki daraxt qipig‘iga aralashtirib ekilsa bahorda yog‘adigan yomg‘irlardan qatqaloq hosil bo‘!maydi va urug‘lar to‘iiq unib chiqadi. Urug‘ ekilgandan 15-20 kun keyin maysa chiqa boshlaydi. Arslonquyruqni birinchi yili parvarish qilishda, qo‘lda o‘toq qilinadi, oralari yumshatiladi, ya’ni kultivatsiya qilinadi va o‘simliklami oralarini siyraklashtirish uchun yagana qilinadi. 0 ‘simliklar oralig‘i 15-20 sm dan qilib va har bir uyaga 1-2 tadan o‘simlik qoldiriladi. To‘pbarg gul chiqargandan keyin kultivatsiya qilish bilan birga gektar hisobiga 50-60 kg dan azot va 20 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi va sug'oriiadi. Ikkinchi va uchinchi oziqlantirish shonalash va gullash fazalarida gektariga 30 kg azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Bu davrda o‘simlikning o‘g‘itga bo‘lgan talabchanligi eng yuqori bo‘ladi va poyalari 2-2,5 metrga etib qoladi. Vegetatsiya davomida arslonquyruq 7-8 marta sug‘oriladi va jami 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy o‘g‘i;i beriladi. Uning xom-ashyosi barg, gul shonalari bilan birgalikda 40 sm uzunlikdagi poyasidir. Ko‘pchilik o‘simliklarda to‘pgullari quyi qismlaridagi gullarining uchdan ikki qismi qiyg‘os gullaganda, to‘pgullaming yuqori qismi shonalayotgan davr xom-ashyoning to‘la etilgan vaqti hisoblanadi. Urug‘lari to‘liq etilganida xomashyo sifati buziladi. Xom-ashyoni povasini 35-80 sm oralig‘ida qirqish imkonini beradi, ya’ni uning vositasida arslonquyruq poyasini o‘rtacha 50 sm balandlikda qirqish mumkin. Xom-ashyoni qayta jihozlangan kombaynlarda yig‘ish mumkin. Birinchi yili uning hosildorligi gektariga o‘rtacha 25 sentnemi, keyingi yillarda 35 sentnerdan hosil yig‘ib olish mumkin. Urug‘laming hosildorligi o‘rtacha gektariga 5-6 sentnemi tashkil qiladi. Bir dalada arslonquyruqni 3-4 yil saqlash mumkin. Uning xom-ashyosi soya yerda quritiladi.

Xulosa.
Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda.
2019-yilda 48 mln AQSh dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor o‘simliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan.
Shu bilan birga, tahlillar dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, ularning plantatsiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2020-yil 1-maydan boshlab dorivor o‘simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash klastyerlarini (keyingi o‘rinlarda – dorivor o‘simliklar klasteri) tashkil etish, shuningdek, hududlarni dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Asosiy turdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
a) dorivor o‘simliklar klasteriga yer maydoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va tashabbuskorlar o‘rtasida tuziladigan bitim asosida ajratiladi;
b) xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etiladigan dorivor o‘simliklar klasteriga yer maydoni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, o‘rmon fondi yerlarida esa O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan tuziladigan investitsiya kiritish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangandan so‘ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladi.
Bunda dorivor o‘simliklar klastyerlariga yer maydoni dorivor o‘simliklar yetishtirishga mos bo‘lgan, yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilmagan va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan, zaxiradagi yerlardan, shuningdek, lalmi va o‘rmon fondi yerlaridan ajratiladi;
v) dorivor o‘simliklar klasterini tashkil etadigan tashabbuskor tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (o‘rmon fondi yerlarida — O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi)ga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
dorivor o‘simliklar klasterini tashkil etish bo‘yicha ariza;
dorivor o‘simliklar klasteri faoliyatini tashkil etishda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, muhofaza qilish, qayta ishlash va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asos;
dorivor o‘simliklar klasterining faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilma obyektlari (foydalanish huquqi asosida), shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarning mavjudligi haqida ma’lumotnoma.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari dorivor o‘simliklar klastyerlarini tashkil etishda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zarur infratuzilma obyektlari, shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan salohiyatli yuridik shaxslarni tanlash va shakllantirishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
4. Quyidagilar dorivor o‘simliklar klasterining asosiy vazifalari etib belgilansin:
dorivor o‘simlik yetishtiruvchilar bilan yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish, ularni urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, texnika, yoqilg‘i va boshqa vositalar bilan ta’minlash;
ixtisoslashtirilgan hududlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, urug‘liklar va ko‘chatlar tayyorlash, bosqichma-bosqich zamonaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etish;
dorivor o‘simliklarni yetishtirish va urug‘chiligini tashkil etishda ilg‘or ilm-fan yutuqlarini qo‘llash;
dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish va sohaga bosqichma-bosqich innovatsion yechimlar (nou-xau) joriy etish;
dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlashga xorijiy kompaniyalarning investitsiyalari hamda ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish;
dorivor o‘simliklar va ulardan olinadigan mahsulotlarga bo‘lgan ichki bozor talabini qondirish hamda ularni eksport qilish;
tajriba va ma’lumotlarning doimiy almashinuvini tashkil etish orqali ushbu yo‘nalishdagi xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tadqiqot dasturlari, anjumanlar va simpoziumlarda ishtirok etish.
5. Belgilansinki:
a) dorivor o‘simliklar plantatsiyalari resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan barpo etiladi;
b) dorivor o‘simliklar klastyerlariga:
yer maydonlarini foydalanishga kiritishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmonida;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorida;
qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dorivor o‘simliklar klastyerlari, dorivor o‘simliklar yetishtiruvchilar va ularni qayta ishlovchilar tomonidan 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan xomashyo, shu jumladan madaniy plantatsiyalar barpo etish uchun urug‘ va ko‘chatlarni, uskunalar hamda maxsus texnikalarni, shuningdek, fitobarlar uchun vending avtomatlarini bojxona bojidan ozod qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Bunda, vending avtomatlari faqat fitobarlar tashkil etish uchun, bojxona imtiyozlari berilishi hisobidan bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlasin;
tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etsin;
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida dori substansiyalari ishlab chiqarishni tashkil etish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
a) Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda dori vositalari bilan bir qatorda kimyoviy dori vositalarining organizmga salbiy ta’sirining oldini olish xususiyatlariga qarab dorivor o‘simliklarni minimum standart retseptlariga kiritish bo‘yicha tegishli hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritsin;
2020-yilning 1-iyundan boshlab tibbiyot muassasalari, shu jumladan oilaviy poliklinikalar va qishloq (ovul) vrachlik punktlarida fitobarlar tashkil etsin;
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi qoshidagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‘lari hisobidan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va mutaxassislar, ularning ish tajribasi, ko‘rsatadigan xizmat turlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi har yili 1-dekabrga qadar farmatsevtika tarmog‘ining dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabi (turi, hajmi, texnologik talablar va boshqalar)ni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparatida Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘limi negizida 5 ta shtat birligidan iborat Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Mazkur boshqarmaning qo‘shimcha shtat birliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari va tizimidagi 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida mavjud shtat birliklari doirasida dorivor o‘simliklar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnikasi bo‘limini tashkil qilsin.
Bunda, mazkur bo‘limga dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularning seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda agrokimyokartogrammalar ishlab chiqish vazifalari yuklatilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, tijorat banklari bilan birgalikda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, urug‘chiligi va onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish uchun xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining mablag‘lari va grantlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
13. Belgilansinki:
kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklarni to‘plash (g‘amlash) va tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida tabiiy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan beriladi;
dorivor o‘simliklarni to‘plash (g‘amlash), ularni olib kirish va tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar uchun, arizalarni ko‘rib chiqqanlik va ruxsatnoma berganlik uchun undirilib, mahalliy budjetga yo‘naltiriladigan to‘lovlar (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish xarajatlarini qoplash uchun sarflanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish xarajatlarini qoplash uchun mahalliy budjetga yo‘naltiriladigan mablag‘larni sarflanishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
a) Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar muhofazasini kuchaytirish, ularni tabiiy plantatsiyalar barpo etish yo‘li bilan tiklash choralarini ko‘rsin;
ikki oy muddatda kamayib borayotgan noyob dorivor o‘simliklar mavjud bo‘lgan “maxsus hudud”larni ajratish va ularni muhofazaga olish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalarni ishlab chiqish xarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalar bo‘yicha grant tanlovlarini e’lon qilishni ta’minlasin. Bunda, dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarni tashkil etish va innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga alohida e’tibor qaratilsin;
dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish va qayta ishlash bo‘yicha “startap” loyihalar shakllantirilishini hamda grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “O‘zbekiston dorivor o‘simliklari” kichik innovatsion korxonasini tashkil etsin. Bunda ushbu korxonaning asosiy vazifasi etib dorivor o‘simliklarning namunaviy klasterini tashkil etish, dorivor o‘simliklarga oid ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish va targ‘ib qilish, hududlarda fitobarlar ochish, dorivor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisoblanadi.
Belgilansinki, “O‘zbekiston dorivor o‘simliklari” kichik innovatsion korxonasi faoliyati Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, bank kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari, homiylik, xizmat ko‘rsatishdan tushadigan, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab 2025/2026 o‘quv yiliga qadar o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimida dorivor o‘simliklarga oid maxsus soatlarni o‘quv rejalariga kiritsin;
2020/2021 o‘quv yili boshlangunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalarga dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar kiritilishini ta’minlasin;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab maktab va oliy ta’lim muassasalarida fitobarlar tashkil etsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yilning 1-iyunidan boshlab bosqichma-bosqich barcha vazirlik va idoralarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda, barcha turdagi avtovokzal, temir yo‘l vokzallarida, bozorlar, sanatoriy-kurort muassasalarida hamda boshqa aholi gavjum joylarda fitobarlar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
18. Belgilab qo‘yilsinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat muassasalarida fitobarlar tashkil etilganda, davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi belgilangan miqdorlari 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadi.
Bunda, fitobarlar vending avtomatlari orqali tashkil qilingan hollarda, davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari hisoblanmaydi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining palata markaziy apparatida mavjud shtat birliklari doirasida Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin;
Bunda mazkur bo‘limning asosiy vazifalari dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etish, yetishtiriladigan dorivor va ziravor o‘simliklarning xususiyatlari, ular yetishtiriladigan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron axborot tizimni yaratish ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (O‘. Barnoyev):
ikki hafta muddatda 2020-yilda dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchilar tomonidan tashkil etiladigan klastyerlarning manzilli ro‘yxati va dorivor o‘simliklar yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taklifiga ko‘ra, har yili 1-oktabrga qadar dorivor o‘simliklar klastyerlari tashkil etuvchilarning ro‘yxatini shakllantirsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini va onalik ko‘chatzorlarini barpo etish uchun olib kelinadigan urug‘ va ko‘chatlar uchun karantin ruxsatnomasini berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


Yüklə 38,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin