Mavzu: Turli sanoq sistemalarida amallarni bajarish



Yüklə 415,86 Kb.
səhifə6/13
tarix24.05.2023
ölçüsü415,86 Kb.
#121095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
elementar

Aniqmas tenglama – bittadan ortiq noma’lumlarni oʻz ichiga oluvchi tenglama. Noma’lumlar soni tenglamalar sonidan katta boʻlgan tenglamalar sistemasini Aniqmas tenglama lar sistemasi deyiladi. Aniqmas tenglama cheksiz kup yechimga ega. Aniqmas tenglama ata-masi sonlar nazariyasida ishlatiladi; unda Aniqmas tenglamaning biror arifmetik shartlarga javob beradigan yechimlari qaraladi. (Odatda, Aniqmas tenglamaning butun yoki ratsional sonlardagi yechimlari izlanadi). Bu xil yechimlarni izlash Diofant tenglamalari nazariyasining vazifasidir.
Matematika darsligi o'quvchilarni ba'zi xil masalalarni tenglamalar tuzib yechishga o'rgatishni nazarda tutadi. Masalalarni tenglamalar tuzish bilan qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining noma'lum sonlarini topishga doir sodda masalalar yechishga o'rgatish va misollar bilan birgalikda matnli masalalarni tenglamalar yordamida yechib o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash muhim vazifa hisoblanadi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlaritirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga zamin yaratib, o'quvchilarni fikrlash dunyoqarashini kengaytirib, ularni zehnini va hozirjavoblik fazilatini tarbiyalash bosh maqsaddir.
Matematika darsligi o'quvchilarni ba'zi xil masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishga o'rgatishni nazarda tutadi. O'quvchilar masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishni o'rganib olishlari uchun ular masaladagi berilgan va izlanayotgan miqdorlarni ajratib olishi kerak bo'ladi. Tenglamalarni tuzish yordamida sodda masalalarni yechish ikkinchi sinfdan boshlanadi. Ikkinchi sinfda tenglamalar tuzish usuli bilan qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining noma'lum komponentlarini topishga doir sodda masalalar yechiladi.
O'quvchilarga mavzu yuzasidan masalalar yechib ko'rsatamiz.
Masalan, "Savatda bir necha anor bor edi. Bog'dan yana 17ta anor uzib kelib savatga solingandan keyin savatdagi anorlar 32 ta bo'ldi, Avval savatda nechta anor bo'lgan?".
Oldin bu masalani qisqacha shartini.tuzib olarniz:
1) oldin savatdagi anorlar sonini x bilan belgilab olamiz;
2) savatdagi anorlar va yana terib kelib qo'shilgan anorlar sonini (X+17) deb olamiz;
3) barchasi 32 ta bo'ladi va tenglama quyidagicha tuziladi:
x + 17 = 32.
Bor edi - ? anor
Uzib kelindi - 17 ta anor
Barchasi - 32 ta bo'ldi.
Masalani tenglama usul bilan yechishda o'quvchining taxminiy mulohazalari: "savatdagi anorlar sonini x bilan belgilasak, uzib kelingan anorlar 17 ta, barchasi 32 ta bo'ldi va savatda qancha anor bo'lgan?" demak, masalaning shartiga ko'ra tensrlama tuzib ishlaymiz.
Yechish:
x+17=32
x=32-17
x = 15 demak, savatda 15 ta anor bo'lgan.
O'quvchilar uchun eng qiyin vaziyat noma'lumni to'g'ri o'rinda ishlatib, tenglamani to'g'ri tuzishdir. O'quvchilarda tushunchalar hosil bo'lishi uchun shunga o'xshash masalalardan yana bir nechtasini tushuntirgan holda ishlab ko'rsatamiz,
1. Masala. Voleybol to'garagida 17 ta o'gil bola va bir necha qiz bolalar bor edi. To'garakka yana 8 ta qiz qo'shib olingapidan keyin qiz bolalar soni o'g'il bolalar sonidan 4 ta kam bo'ldi. Shaxmat to'garagida qancha qiz bola bo'lgan?
1) o'g'il bolalar 17 ta;
2) bir nechta qiz bolalarni x bilan belgilaymiz;
3) to'garakka yana 8 ta qiz qo'shiladi;
4) qiz bolalar soni o'g'il bolalar sonidan 4 ta kam.
Tenglamani quyidagicha qilib tuzib olamiz:
(X+8)+4=17 x=17-4-8 x=5
demak, o'g'il bolalar - 17ta; qiz bolalar 5+8

Yüklə 415,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin