Mavzu: Turli sanoq sistemasi haqida tushuncha Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari Reja


REJA: 1. Miqdor bog’lanishlarning turlari



Yüklə 64,08 Kb.
səhifə6/13
tarix20.11.2023
ölçüsü64,08 Kb.
#163631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mustaqil ish

REJA:

1. Miqdor bog’lanishlarning turlari.


2. Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi
3. Miqdorlar orasidagi boglanish turlariga oid misollar.
Miqdor bog’lanishlarning turlari. Biz narsa va hodisalarning harakati, o’zgarishi va rivojlanishiga ular o’rtasidagi
bog’lanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir asos bo’ladi, deymiz. Albatta, olamdagi har qanday bog’lanish ham
rivojlanishga sabab bo’lavermaydi. Chunki bu bog’lanishlarning ko’lami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasi turlicha.
Bog’lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va
muhim bo’lmagan va hokazo bog’lanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular bilan bog’liq, o’zaro aloqadorlikda va ta’sirda
bo’lmagan birorta ham voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o’zaro bog’lanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda
o’zgarish sodir bo’ladi. Lekin, barcha o’zgarishni har doim ham birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki
olamning namoyon bo’lishi turli darajada bo’lganligi sababli, o’zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tug’ilgan chaqaloqning bir hafta, bir oy, yarim yil mobaynidagi o’zgarishini, ya’ni ulg’ayishini
yoki bo’lmasa, tabiatdagi qish faslidan bahor fasliga o’tishdagi o’zgarishlarni oddiy ko’z bilan yaqqol sezish mumkin.
Lekin biron jonsiz predmet, masalan, Er qa’ridagi ichki jarayonlarni ma’lum davrdan keyin sezish mumkin. Ana shu
sababdan ham odamlar zilzilalar, vulqonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, gohida esa g’aflatda qolib kelmoqdalar.
Ya’ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yorug’lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro’y bergan
o’zgarishlarni ko’z ko’radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo’ladi. ulardagi
o’zaro bog’liqlikni ham oson ko’rish, ilg’ash mumkin. Ana shunday oson ko’rish va ilg’ash mumkin bo’lgan, ochiq-
oydin ro’y beradigan voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohiyatini ilg’ash qiyin bo’lgan va
murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar va o’zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi
qo’llaniladi. O’rta asrlarda, ayniqsa tasavvuf falsafasida bu ikki tushunchaga alohida e’tibor berilgan.
«Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilganligi sababli, bu erda uning quyidagi qisqa ta’rifi
bilan cheklanamiz: harakat deb olamdagi har qanday o’zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan
yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu jarayon goh to’g’ri chiziqli,
goh asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo’lishi mumkin.
Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning o’tmishdan kelajakka tomon o’tishi ham, lekin makonda voqea va
hodisalarning takrorlanishi, zamonda orqaga qaytishlar ham sodir bo’lib turadi. Ba’zida taraqqiyotning ma’lum bir
bosqichida oldingi bosib o’tilgan davr takrorlangandek bo’ladi, ammo bu ilgarigidan farq qiladigan, boshqacharoq
tarzdagi takrorlanishdir.
Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Holbuki, har kuni tongda o’sha Quyosh chiqadi, o’sha tog’u
toshlarni, bog’u biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon o’sha-
o’shadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir o’qishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekorchilikdan zerikadi... Ammo dunyo
o’zgarmadimi bu bir kunning ichida? unda minglab bolalar tug’ilmadimi, son-sanoqsiz jarayonlar ro’y berib, Er
sayyorasining turli burchaklaridan boshqa joylarga qanchadan-qancha axborotlar tarqatilmadimi? Ona zamin o’z o’qi va
Quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimi? Bularning barchasi bir kunu-tunda ro’y bergan botiniy va zohiriy
o’zgarishlarning namoyon bo’lishidir. Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli E.lari xalqaro va milliy E. hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen E.lari xalqaro E. bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov E.lardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda E. larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
O’quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o’lchash, qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo’lgan masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bog’lanishni biladilar va daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi. Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi: 1 m 1 sm dan qancha katta, 1 dm 1 m dan necha marta kichik, v) 1 mm 1 sm ning qanday qismini, 1 dm 1m ning qanday qismini tashkil qiladi. g) 36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang. Kesmalarni o’lchashning puxta ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni faqat qog’ozga chizilgan kesmalarni o’lchash bo’yicha mashq qildirib qolmay, balki bu maqsadda boshqa obyektlarni masalan, qalam, daftar va boshqa uncha katta bo’lmagan obyektlarni o’lchash bo’yicha ham mashq qildirish kerak. Ko’pincha chizish ishlarini bajarishda santimetr modelidan foydalaniladi. Chizg’ich o’rniga katakli daftarning bir necha varag’ini buklab har ikki katak 1 sm ekanligidan foydalaniladi. 20 katak yoki 10 sm 1 dm ga tengligini qog’ozda raqamlar bilan ham belgilab chizg’ich yasash mumkin. Bunda o’lchov boshini 0 bilan ham belgilamasdan 1 bilan belgilab xato o’lchashga yo’l qo’yishi mumkin. Shuning uchun qog’ozda sm larni raqamlar bilan belgilashda shoshmasdan nol soni o’tilganidan keyin raqamli uzunlikni hosil qilish mumkin. Shuning uchun qog’ozda sm larni shoshmasdan 0 soni o’tilgandan keyin raqamli uzunlikni hosil qilishi foydalidir. Dm modeli yordamida o’lchashlarga doir ba’zi mashqlarni keltiramiz. CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES 5 (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 2022-YIL 28-MART 1.Dm ning uchta modelini ketma-ket qo’ying, qanday uzunlikdagi yo’lakcha hosil bo’ladi. 2.Qog’oz lenta yoki ip uzunligi 3 dm bo’lgan bir bo’lak o’lcham va yo’lakchaning yoki ipning shu qismini qirqib oling. 3.To’g’ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta dm qo’ying va boshqa bir nuqta qo’ying. Hosil bo’lgan kesma uzunligini ayting. 4.Partaning, doskaning, stolning uzunligini toping. Agarda o’lchashda dm butun son marta joylashmasa, o’lchash natijasi taqriban ifodalanadi. Masalan, 3 dm ga 5 sm dan ozgina ortiq yoki kam va hokazo. Uzunlik o’lchovining yangi birligi km bilan tanishtirilayotganda bu birlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o’tkazish tavsiya qilinadi. 1 km masofani qadamlab o’tib, necha qadam km bo’lganini, bir qadam uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning uzunligi chizg’ich, ruletka, o’lchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin turli masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar. 1 km=1000 m, 1 m=10 dm, 1 dm=10 sm, 1 sm=10 mm, 1 m=100 sm=1000 mm. 3.Massa, hajm va ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb o’rgatish osondir. Boshlang’ich sinflarda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli, ‘og’irlik’, ‘og’irlikni tortish’, ‘og’irlik toshlari’, ‘og’irlikni tenglashtirish’, so’zlarini iloji boricha ishlatmay, ‘massa’, ‘jismlarning massasini o’lchash’, ‘massani o’lchash asboblari’ kabi so’zlardan foydalanish kerak. Narsalarni massasiga ko’ra ‘og’ir’, ‘yengil’ so’zlari bilan farqlaymiz. Massa birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan. Shulardan keyin massa o’lchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi. 1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g. Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalar, ‘yengil’, ‘og’ir’, ‘bir xil og’irlikda’ kabi so’zlarni eshitib, shug’ullanib massa haqida boshlang’ich tushunchalarni egallaganlar. 1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar. Tarozilar yordamida tortish bilan turli xil predmetlardan 1 kg haqida tushunchani amaliy ko’rsatish mumkin. Navbatdagi darsda hajm (sig’im) o’lchov birligi litr bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarda bo’lishi, ya’ni 1 litrli banka, krujka, shuningdek ular yordamida chelak, kastryulka, bidon kabilarni o’lchab to’ldirish ishlari amalga oshiriladi. O’qituvchi amaliyotdan misollar keltiradi. Masalan, suvni, yog’ni, kerosinni nima bilan o’lchab, nimaga solib olib kelamiz, degan suhbatni tashkil qiladi. ‘Idishlarning sig’imi’, va ‘litr’ tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi. CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES 6 (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 2022-YIL 28-MART ‘Litr’ darsiga o’quvchilarni tayyorlash uchun hajmga ega bo’lgan jismlar haqida tushuncha berish maqsadida quyidagi mashqlarni berish mumkin. 1.Qaysisi, ya’ni shar yoki kub kattami? 2.G’isht quyadigan qoliplardan qaysi biri kattaq 3.Choy qoshiq va osh qoshiq bilan suvni o’lchab stakanni to’ldir, qaysi qoshiq bilan ko’p miqdordagi suv quyiladiq O’qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko’rsatadi va umum qabul qilingan o’lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig’imini o’lchash zarur bo’lgan holatlar sig’imlarni o’lchash yoki hajmlarni o’lchash deb ataladi. So’ngra 1 l li krujka bilan suvni bankaga quyamiz. Banka to’ladi. Nima uchun banka 1 l li deb atalishini endi tushunadilar, keyin o’quvchilarga topshiriq beradi: 1 l li krujka va 1 l li banka bilan paqir va bidon kabi boshqa idishlarning sig’imini aniqlash topshiriladi. O’qituvchi amaliy ish sifatida quyidagilarni uyushtirishi mumkin. 1)magazin o’yini. Sotuvchi va oluvchi sifatida sut, kerosin, yog’ kabilar o’lchashni bilib olishadi; 2)banka, kostryulka, chelakka suyuqliklarni litrlab o’lchab solish; 3)bir chelakda 5 l, 2-chelakda 3 l suv bo’lsa, ularni tenglashtirish uchun nima qilish kerak, degan masalalar berish.

Yüklə 64,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin