Tuzlarning erish issiqliklarini aniqlash Lobarotoriya ishi-fayllar.org
Kerakli asbob va reaktivlar: Aralashtirgichli shisha idish yoki 0,5 l hajmli Dyuar idishi; 0,5 l hajmli stakan; Bekman termometri; tuz uchun ampula; shisha tayoqcha; analitik tarozi; chinni havoncha; texnik tarozi; analitik tarozi; sekundomerli soat; KNO3; CuSO4*5H2O; suvsiz CuSO4.
Asbobning tuzilishi. Tuzning erish issiqligini aniqlash uchun kalorimetrdan foydalanish mumkin. Kalorimetr 500 ml hajmli Dyuar idishi (1) ga tiqin (3) bilan o’rnatilgan Bekman termometri (4), tuz uchun probirka (5) (ampula), shisha tayoqcha (6) dan iborat (1-rasm).
Kalorimetr doimiysini aniqlash. Kalorimetrda borayotgan jarayonning issiqlik effektini hisoblash uchun kalorimetr doimiysini, ya’ni termometrli, aralashtirgichli, probirkali, suvli va tuzli kalorimetrni 100C ga isitish uchun talab etiladigan issiqliqning kaloriyalardagi miqdorini bilish lozim. t temperaturagacha isitish uchun quyidagi miqdorda issiqlik sarflanadi:
Bu yerda Q-tuzning erish issiqligi; n-tuzning mollar miqdori; t- kalorimetrda topilgan temperatura o’zgarishi; K- kalorimetr doimiyligi.
Bu yerda Q-tuzning erish issiqligi; n-tuzning mollar miqdori; t- kalorimetrda topilgan temperatura o’zgarishi; K- kalorimetr doimiyligi.
Kalorimetr doimiyligi K ni qandaydir tuzning erish issiqligi bilan, masalan, kaliy nitratning erish issiqligini bilgan holda aniqlash mumkin. Buning uchun chinni havonchada kaliy nitrat (5-7g) yaxshilab eziladi. Bo’sh ampula shisha tayoqcha bilan birgalikda 0,01 g aniqlik bilan o’lchanadi, unga 5 g miqdorida (0,05 mol) tuz o’lchab solinadi va yana o’lchanadi. Massalar farqidan tuzning massasi topiladi. Dyuar shisha idishi tiqinsiz holda 0,1 g aniqlikda texnik tarozida o’lchab olinadi va 18 0C temperaturali distillangan suvdan 300 ml atrofida quyiladi. Suvli idish yana o’lchanadi va massalar farqidan suvning massasi topiladi.
Kalorimetr tiqin bilan yopiladi va unga Bekman termometri, aralashtirgich va tuzli ampula o’rnatiladi. So’ngra avval suv, keyin tuz eritmasi harorati Bekman termometri yordamida aniqlanadi. Kaliy nitratning erishi issiqlik yutilishi bilan borganligi uchun simob meniski Bekman termometri shkalasining yuqorigi qismida turishi lozim.
Kalorimetrning tashqi muhit bilan issiqlik almashinishini hisobga olgan holda va tajriba vaqtidagi temperaturaning haqiqiy o’zgarishini aniqlash uchun kalorimetrik jarayon 3 bosqichga bo’linadi:
Kalorimetrning tashqi muhit bilan issiqlik almashinishini hisobga olgan holda va tajriba vaqtidagi temperaturaning haqiqiy o’zgarishini aniqlash uchun kalorimetrik jarayon 3 bosqichga bo’linadi:
1. dastlabki bosqich, 5 minut davom etadi;
2. asosiy bosqich – tuzning erish jarayoni;
3. so’nggi bosqich – 5 min.
Kalorimetrdagi suvni aralashtirib turib, tashqi muhit bilan issiqlik almashinishi natijasida temperaturaning o’zgarishi kuzatiladi. Har yarim minutda temperatura bir xil o’zgarishda davom etsa, har yarim minut ichida 5 min davomida 0,002 grad. aniqlikda temperatura hisoblashlari o’tkaziladi. Shundan so’ng tuzning hammasi suvga tushishi uchun tayoqcha bilan tuzli ampula sindiriladi va eritmani aralashtirib, yuqoridagidek belgilangan holda temperatura o’zgarishi kuzatiladi (asosiy bosqich). Agar temperatura juda tez pasaysa va uni minglik, hatto yuzlik ulushdagi gradusda kuzatish qiyin bo’lsa, unda uni kichik aniqlikda (yuz ulushli gradusgacha) hisoblanadi. Asosiy bosqichning tugashi va so’nggi bosqichning boshlanishini temperaturaning yana bir xil o’zgarishidan aniqlanadi. So’nggi bosqichda temperatura dastlabki bosqichdagidek 5 minut davomida belgilanadi.
3-rasm. Vaqt oralig’ida harorat o’zgarishining grafigi.
Tuzning erish harorati o’zgarishini aniq hisoblash uchun millimetrli qog’ozda grafik chiziladi, bunda abssissa o’qiga vaqt, ordinata o’qiga esa har 0,5 minutdagi temperatura ko’rsatkichlari qo’yiladi.
Tuzning erish harorati o’zgarishini aniq hisoblash uchun millimetrli qog’ozda grafik chiziladi, bunda abssissa o’qiga vaqt, ordinata o’qiga esa har 0,5 minutdagi temperatura ko’rsatkichlari qo’yiladi.
Hosil bo’ladigan taxminiy diagramma 2-rasmda keltirilgan, bunda AB- dastlabki bosqich, BD-asosiy va DE- so’nggi bosqich.
Jarayonning borish vaqtida kalorimetr va tashqi muhit o’rtasida issiqlik almashinuvi sodir bo’lganligi tufayli tuz erishi sababli temperaturaning o’zgarishiga tuzatish kiritish lozim. Buning uchun dastlabki bosqich haroratlarini tutashtiruvchi chiziqni o’ngga davom ettirib, so’nggi bosqich chizig’ini chapga davom ettiriladi. Asosiy bosqich o’rtasidagi C – nuqtadan punktir chiziqqacha ordinata o’qiga parallel to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Nuqtalar orasidagi t oraliq tuzning erishi natijasida kuzatilgan temperatura o’zgarishiga teng bo’ladi.
t qiymatni aniqlab tenglama bo’yicha kalorimetr doimiysi hisoblab topiladi:
Bu yerda Qerish - ma’lum bo’lgan tuzning erish issiqligi, n – tuzning mol miqdori, t – tuzning erishi natijasida tajribada topilgan kalorimetrdagi temperatura o’zgarishi.
Kaliy nitrat uchun 180C dagi erish issiqligi:
Qeish = -35,62*103 j/mol = -8,52 kkal/mol .
Tajriba. Tuzning gitratlanish issiqligini aniqlash uchun 1 mol suvsiz tuz va uning kristallgidratining erish issiqligini aniqlash lozim. Ularni topish uchun aniq tuz massasining erishidagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi. Erish issiqligini topishda (2-formula) kalorimetr doimiysi ishlatilganligi tufayli suv miqdori barcha tajribalarda kalorimetr doimiysini aniqlagandek massada, ya’ni 300 g olinishi kerak. Taxminan 8 g maydalangan mis kuporosi o’lchab olinadi va uni probirkaga joylashtiriladi. Olingan tortimda qancha suvsiz tuz a (g) va suv b bo’lishi hisoblab topiladi. Oldindan o’lchangan stakanga 300 g suv quyiladi va yana 0,1 g gacha aniqlikda o’lchanadi. Mis kuporosining erishi issiqlik yutilishi bilan borganligi uchun Bekman termometridagi simob ustunini shkalaning yuqori qismiga moslanadi. Tuzli probirka idish qopqog’iga o’rnatiladi. Dastlabki, asosiy va so’nggi bosqichdagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi hamda grafikdan tuz erishida kuzatilgan temperatura o’zgarishi topiladi.
Kukun holidagi 9-10 g mis kuporosi chinni tigelda suvsiz oq kukun hosil bo’lguncha aralashtirib turgan holda qizdiriladi. Olingan oq kukun darhol probirkaga solinadi va rezina tiqin bilan mahkamlanadi. Sovutilgandan so’ng a (g) ga teng bo’lgan suvsiz tuz tortib olinadi va yuqorida ko’rsatilganidek 300 g suvda uning erishidagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi.
Kukun holidagi 9-10 g mis kuporosi chinni tigelda suvsiz oq kukun hosil bo’lguncha aralashtirib turgan holda qizdiriladi. Olingan oq kukun darhol probirkaga solinadi va rezina tiqin bilan mahkamlanadi. Sovutilgandan so’ng a (g) ga teng bo’lgan suvsiz tuz tortib olinadi va yuqorida ko’rsatilganidek 300 g suvda uning erishidagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi.
Mis(II) sulfat erishida issiqlik ajralishini inobatga olib, Bekman termometridagi simob ustuni shkalaning pastki qismiga sozlanadi.
Topilgan kalorimetr doimiysi K dan va tajriba natijalaridan suvsiz tuz va uning kristallgidratining erish issiqligi quyidagi formula bo’yicha hisoblab topiladi:
Suvsiz tuzdan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligi – Q (1) tenglama bo’yicha topiladi:
Q = Qsuvsiz tuz – Qkristallgidrat
Ishning hisoboti. 1. Kalorimetr sxemasining chizmasini chizish. 2. Vaqt oralig’idagi temperatura o’zgarishining grafigini tuzish. 3. Kalorimetr doimiysi va tuzning erish haroratini hisoblash. 4. Suvsiz tuzdan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligini hisoblab topish.
O’lchov natijalarni qayd qilish shakli
Kimyoviy jarayonlar, ko’pincha, sistemaning ichki energiyasi va
entalpiyasi o’zgarishi bilan boradi. Bu vaqtda issiqlik chiqishi yoki yutilishi
mumkin. Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaktsiya ekzotermik reaktsiya,
issiqlik yutilishi bilan boradigan reaktsiya endotermik reaktsiya deb ataladi.
Reaktsiya vaqtida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan maksimal issiqlik
reaktsiyaning issiqlik effekti deb ataladi.
Termodinamik sistemaga berilgan issiqlik musbat deb qabul qilinadi; agar
sistema issiqlik chiqarsa, bu issiqlik manbai manfiy ishora bilan yoziladi. Lekin,
termokimyoda buning aksi qo’llaniladi. Reaktsiya natijasida chiqadigan issiqlik
joullar hisobida o’lchanib, musbat (+) ishora bilan ifodalanadi. Agar kimyoviy reaktsiya vaqtida issiqlik yutilsa, bu reaktsiyaning issiqlik effekti manfiy ishora
bilan olinadi. Bu holda yutilgan issiqlik miqdori reaktsiya tenglamasida manfiy
(-) ishora bilan yoziladi.
Azot va kisloroddan azot (II)-oksidning hosil bo’lish reaktsiyasi:
N
2
+ O
2
= 2NO – 10,3 kJ
endotermik reaktsiyaga misol bo’ladi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, oddiy moddalarning issiqlik chiqarish bilan birikishi (ekzotermik reaktsiya) natijasida hosil bo’lgan birikmalar (masalan,
SO
2
, N
2
O) barqarordir, lekin endotermik reaktsiya natijasida hosil bo’lgan
birikmalar (masalan SS2, S2N2) ekzotermik reaktsiyalarga qaraganda
beqarorroq bo’ladi.