Iqlimlar Janubiy chegarasi Shimoliy chegarasi Eng uzun kun Birinchi
iqlim
12°40'
20°27'
12s 45min
Ikkinchi
iqlim
20°27'
27°30'
13s 15min
Uchinchi
iqlim
27°30'
33°38'
13s 45min
To’rtinchi
iqlim
33°38'
38°54'
14s 15min
Beshinchi
iqlim
38°54'
43°22'
14s 45min
Oltinchi
iqlim
43°22'
47°12'
15s 15min
Ettinchi
iqlim
47°12'
50°20'
15s 45min
Shunga ko’ra "yetti iqlimning o’rtasi to’rtinchi iqlim hisoblanadi. Iqlimlar
o’rtasidagi yarim soatdan farq bo’lib, bir iqlimning o’zi boshi bilan oxiri o’rtasida
chorak soatdan farq qiladi". Ushbu asarda keltirilgan quyidagi iqlimlar chizmasi ham
e’tiborga loyiq (1-rasm).
341
1-rasm.Beruniyning iqlimlar chizmasi
Ushbu chizmada oltita iqlim vosita hisoblangan to’rtinchi iqlim atrofiga
kontsentrik joylashtirilgan. Agar bu iqlimlarni jadvalda ko’rsatilgandek janubiy va
shimoliy chegaralarini sharqiy yarimshar xaritasining ekvatordan shimolda bo’lgan
qismiga tushirilsa paralellar bo’ylab uzunasiga cho’zilgan zonalar hosil bo’ladi.
O’rta asrlarda tuzilgan ayrim dunyo xaritalarida shunday qilingan ham, ya’ni
paralellar va meridianlar bilan bir vaqtda iqlimlar ham aks ettirilgan.
"Qonuni Mas’udiy"da aytilgan: "... kenglik bo’ylab (janubdan shimolga)
yurganda (iqlimlar) tuprog’i, suvi, noz-ne’matlari va xalqi jihatidan farq qiladi"
jumlasiga asoslansak, sharqliklarning iqlimlarini tabiat zonalariga o’xshatish mumkin.
Ammo ularning soni, chegaralari ham hozirgi tabiat zonalarining soni va chegaralariga
to’g’ri kelmaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida, katta hajmdagi ma’lumotlarning tahlili asosida
tuzilgan xaritalarda Sharqiy yarimsharning ekvatordan shimoldagi qismida 30 dan ortiq
tabiat zonalari ajratilgan.[2; 165-b]
Taniqli tabiatshunos olimlar A. Gumbolt, V.V.Dokuchaev, A.A.Grigorev,
S.V.Kalesnik, L.S.Berg va boshqalarning ilmiy izlanishlari tufayli barcha tabiat
komponentlari hamda tabiiy landshaftlarning kengliklar bo’ylab, ya’ni ekvatordan
342
qutblarga tomon qonuniy o’zgarib borishi geografik zonallik qonuni deb ataldi. Bir
turdagi landshaft zonalarining turli geografik mintaqalarda qaytalanishi esa geografik
zonallikning davriy qonuni ekanligi aniqlandi va zaruriy miqdor ko’rsatkichlari bilan
isbotlab berildi. Shunday qilib, Sharq olami geografiyasida keng qo’llanib kelingan
"yetti iqlim" tushunchasi tarixiy ahamiyatgagina ega bo’lib qoldi.