Mavzu: Umumiy o'rta ta'lim tizimida jismoniy tarbiyani o'rni va ahamiyati. Qabul qildi: Yaxshiyeva M. Mavzu



Yüklə 21,33 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü21,33 Kb.
#116536
Mavzu Umumiy o\'rta ta\'lim tizimida jismoniy tarbiyani o\'rni va

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA: 1

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti “Jismoniy Madaniyat” Fakulteti IV-bosqich 4-kurs 406-guruh talabasi Yaxyaxonov Ja’farning “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan






Mavzu: Umumiy o'rta ta'lim tizimida jismoniy tarbiyani o'rni va ahamiyati.


Qabul qildi:Yaxshiyeva M.

Mavzu: Umumiy o'rta ta'lim tizimida jismoniy tarbiyani o'rni va ahamiyati

REJA:
1. Boshlangich sinf o'quvchilarida jismoniy xatti-harakatlarini shakllantirish yo'llari .
2. Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati.

3. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi.

Boshlangich sinf o'quvchilarida jismoniy xatti-harakatlarini shakllantirish yo'llari .



Respublikamiz mustaqilligining xalqimizga bergan eng buyuk ne'matlaridan biri yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga berilayotgan katta e'tibordir. Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining «Barkamol avlod – O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma'ruzasida har tomonlama rivojlangan yetuk va barkamol avlodni voyaga yetkazish, jismoniy kamolotni shakllantirishga va taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat berish, omma orasida jismoniy tarbiya va sport madaniyatini yuqori saviyaga ko'tarish lozimligini alohida uqtirib o'tgan. Keyingi yillarda bolalar sporti va jismoniy tarbiyani rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgani hammamiz uchun quvonarlidir. Ammo shunga qaramay hali ta'lim muassasalarida bolalarning jismoniy tarbiyasini to'g'ri tashkil etish borasida qator muammolar mavjud. Olingan ma'lumotlarga ko'ra boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy jihatdan sog'lomlik darajasi qoniqarli emasligi ko'pgina mutaxassislar tomonidan e'tirof etilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlarga ko'ra bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining to'rtdan uch qismi birdaniga ortiqcha o'quv yuklamalari bilan band etilganligi oqibatida odatdagi o'quv predmetlarini o'zlashtirishga qiynalmoqdalar. Sir emaski, ko'pincha boshlang'ich sinf o'qituvchilari birinchi sinfga kelgan o'quvchilarining savodini tezroq chiqarish, ularni yozishga va o'qishga, hisobkitobga tezroq o'rgatish uchun yozuv, o'qish va matematika mashg'ulotlariga asosiy e'tiborni qaratadilar-da, aksincha, bolalarning qiziqishi va ehtiyoji ko'proq seziladigan jismoniy tarbiya, musiqa, mehnat kabi mashg'ulotlarni ikkinchi o'ringa surib qo'yadilar. Buning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchisi rivojlanishida ham jismoniy, ham psixologik nosozliklar vujudga keladi. Bu esa, o'z navbatida bolaning maktabdan, o'qishdan tez bezib qolishiga sabab bo'ladi. Maktab uning uchun o'z imkoniyatlarini namoish etadigan, bilish, o'qish va o'rganish ehtiyojlarini qondiradigan, uni takomillashishga bo'lgan intilishini qanoatlantiradigan joy emas, balki uni har tomonlama ezib qo'yadigan zindonga aylanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchisining jismoniy xatti-harakatlarga bo'lgan ehtiyojining yuqoriligi uning yosh va fiziologik xususiyatlari bilan asoslanadi. Bu davrda bolaning suyakmuskul tizimi shakllanishda davom etib, uning organizmida suyaklashish davri kechayotgan bo'ladi. Ana shu holatning o'zi uning jismoniy xatti-harakatlarga bo'lgan ehtiyojini oshiradi. Ko'p aqliy mehnat talab etadigan mashg'ulotlarda vaqtivaqti bilan fizkulьtdaqiqalarni o'tkazib turishning o'zigina bolaning yuqorida aytib o'tilgan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli hisoblanmaydi. Hatto haftada ikki marta o'tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining o'zi ham o'quvchilarda jismoniy ko'nikmalarni, qolaversa, jismoniy madaniyatni talab darajasida shakllantirish uchun yetarli emas. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining faqat 9%i - yuqori darajadagi, 57%i – o'rta darajada, 34%i – past darajadagi jismoniy ko'rsatgichlarga ega. T.V.Korneyevaning fikricha, 95,3% boshlang'ich sinf o'quvchilari darsdan tashqari paytlarda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmaydilar, 87,8 %i esa ertalabki badantarbiyani bajarmaydi, faqat 12% bolalar ota-onalari bilan faol dam oladilar. Bu ko'rsatkichlar, albatta, bizni tashvishga soladi. O'quvchilarda boshlang'ich sinfdan, hatto undan ham oldinroq jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanish ko'nikmalarini shakllantirish, sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish faqat ta'lim muassasalarining emas, balki ta'lim-tarbiya ishi bilan shug'ullanadigan barcha ijtimoiy institutlar – oila, maktab, mahalla, ommaviy axborot vositalari, huquq-targ'ibot organlarining birgalikdagi bahamjihat faoliyat ko'rsatishlariga bog'liqdir. Ammo barcha ijtimoiy institutlar ishini bolalarda jismoniy madaniyatni shakllantirishga oid zarur metodik ko'rsatmalar va tavsiyalar, zarur bilimlar bilan qurollantiradigan tashkilot – bu ta'lim muassasalaridir. Ta'lim-tarbiya ishi bilan shug'ullanadigan mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini yuqori darajada takomillashtirish ham muammoning yechimini topish uchun asosiy shartlardan biri bo'lib hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida jismoniy ko'nikmalar va sog'lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy vositasi bu jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridir. Biz ushbu bitiruv ishida bolalarning darsdan tashqari jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanishlari to'g'risida gapirishdan oldin boshlang'ich sinf o'quv dasturlarida belgilangan jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridan birining tanlangan mavzu bo'yicha to'liq ishlanmasini taklif etmoqchimiz. 1-sinfda jismoniy tarbiyadan o'tkazilgan bir soatlik dars ishlanmasi Darsning maqsadi: • Harakatlarni koordinatsiyalash va qomatni to'g'rilashga oid mashqlarni bajarish ko'nikmalarini shakllantirish; • Epchillik, tezlik, o'z harakatlarini to'g'ri mo'ljallay olish ko'nikmalarini rivojlantirish; • O'zaro hamkorlik, halollik, o'z o'rtog'iga yordam berish kabi axloqiy sifatlarni shakllantirish. Darsning vazifalari: 1. Xatti-harakatlarni koordinatsiyalashga oid mashqlarni bajarish. 2. Aylanma harakatli mashqlar. Umumiy chidamlilikni oshirish. 3. “Sehrgarlar” harakatli o'yinini o'tkazish. Mashg'ulotni o'tkazish joyi: sport zali. Mashg'ulotning borishi Tashkiliy-metodik ko'rsatmalar Tayyorlov qismi ( 7 daqiqagacha) Saflantirish, navbatchini hisobot berishga o'rgatish, «Saflan», «Tekislan», “Rostlan” buyruqlarini bajarishga o'rgatish, darsda belgilangan asosiy vazifalar bilan tanishtirish. Oyoq uchida, poshnada, tovon tashqi cheti va ichki chetlarida yurish mashqi. Qo'llar belda, yonlamasiga oyoq uchida yugurish (oyoq uchini balandroq ko'tarib, o'ng yelka oshib qarash) Qayta saflanish Umumrivojlantiruvchi mashqlar Sport kiyimlariga e'tibor berish Pulьsni nazorat qilish Gavda holati, nafas olish va qo'l harakat-larini nazorat qilish Buyruq: «oltitadan», «uchtadan», «turgan joyda tartib bilan sanang», «sanoq bilan qadam bos”. Asosiy qism (30 daqiqagacha) Aylanma mashqlar 1-mashq. Koordinatsiyani rivojlantirishga oid mashqlar. 50 sm.li to'siqlarning ostidan o'tish va ustidan sakrash Sekin bajarish. 2-mashq. Qomatni to'g'rilashga oid mashqlar. Devor oldida, boshga xatachani qo'yib – yurish, tomonlarga qaytish, o'tiribturish. Orqani tik tutish, yelkalar ko'tarilgan. Bosh, yelka, orqa, poshna devorga yopishib turishi kerak. 3-mashq. Oyoq tovoni va qorinchasi mushaklari va suyaklarini mustahkamlashga oid mashqlar. Qo'lda ipni aylantirib, undan sakrash. Qomatni tik tutish. Faqat oyoq qorinchasi va tovon mushaklari ishlaydi. 4-mashq. Koordinatsiyani rivojlantirishga oid mashqlar. To'pni chap va o'ng qo'llarda olib yurish. To'pni qo'l bilan shaloplatib urmaslik kerak. 5-mashq. Uyga vazifa. Yerga tayanib yotgan holda qo'llarni tirsakdan bukish va yozish, belni polda ko'tarishga harakat qilish. Iyak polga tegadi, tirsaklar belga yopishgan. O'rtog'ingizning tovonidan tutib, ko'maklashing «Sehrgarlar” harakatli o'yini (kartochka). Pulьsni nazorat qilish Yakunlovchi qism (7-10 daqiqa) Saflanish, turli xil ko'rinishda yurish, nafas olishni meyoriga keltirish hamda diqqatni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar. O'yin - grippning oldini olishga qaratilgan. «Tum-taka-tum-tak, Quyon daraxtga boshin urdi – Baq» (qo'l kaftlari bilan peshananing faol nuqtalarini uqalash) «Voy, bechora quyoncha, Peshanasi g'urracha» (qo'lni musht qilgan holda burunning ikkala tomonidagi nuqtalarni uqalash). «Tez o'rmonga boraylik, Quyonni davolaylik». (Ko'rsatgich va o'rta barmoqlar bilan quloq oldi va orqa qismlarini uqalash.) Saflanish va natijalarni e'lon qilish. Uyga vazifa. Nafasni nazorat qilish va vizual charchash belgilarini kuzatish. «Sehrgarlar» o'yini kartochkasi Grafik tasvir Mazmuni O'yin qoidasi va variantlari O'yin ishtirokchilari maydoncha bo'ylab erkin tarqaladilar. “Sehrgarlar” tanlanadi. Bolalar “sehrgarlar”dan qochishga harakat qiladilar. «Sehrgar» qochayotgan bolalarga qo'lini tekkizib, uni sehrlab qo'yadi. Ya'ni “sehrlangan” bolalar oyoqlarini yelka kengligidan kattaroq yozib, qo'llari balandga ko'tarib, qotib turishadi. Qolgan bolalar esa uning oyoqlari orasidan o'tib, sehrdan xalos qilishga harakat qiladi. O'yin belgilangan vaqt davomida o'tkaziladi. «Sehrgarlar» bir nechta bo'lishi ham mumkin.

Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati.



Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi jismoniy mashqlar dasturi asosan muskul guruhlariga, bo'g'imlariga va a'zolar yig'ilmalariga salomatlikni har tomonlama mustahkamlashga yordam beradi. Biz boshlang'ich sinf o'quvchilarga ularning jismoniy tayyorgarligiga qarab mustaqil bajaradigan mashqlar to'plamini ishlab chiqdik. Tajriba va kuzatishlar natijasida mashqlarning taxminiy me'yorini ishlab chiqdik. Har kuni jismoniy mashqlar bilan 10-20 minut atrofida shug'ullanish kerak. Asosiy muskul gruppalari va a'zolar tuzilmalariga ta'sir qiladigan mashqlarni bajarish uchun shu vaqt yetarli bo'ladi. Jismoniy tayyorgarlikka, bolalar yoshiga va holatiga qarab mashqlar jadvalda ko'rsatilganidek, 3-5 marta ko'p yoki kam bajarish mumkin. Har bir bolaga qulay bo'lgan og'irlik tanlanadi. Buni albatta shifokor yoki mutaxassislar maslahati bilan birgalikda bajariladi. “Salomatlik yo'laklari”da va gigiyenik gimnastika mashqlari jamlamasini qanday izchillikda almashtirib borish kerak? Buning bir necha variantlari quyidagilar: 1. Dastlab har kungi gimnastika mashqlari bajariladi 10-20 minut, keyin “Salomatlik yo'laklari”ga 10-15 minutga chiqishga tavsiya etiladi. 2. Dastlab yurish “Salomatlik yo'laklari” bo'ylab yugurish kerak bo'ladi (10- 15 minut), kechqurun harakatchan o'yinlar o'ynash mumkin. 3. Ertalabь kundalik gigiyenik gimnastika jamlamasi (10-20 minut), “Salomatlik yo'laklari”da yurish (10-15 minut); kechqurun harakatli o'yinlar. Quyidagi mashqlar to'plami boshlang'ich sinf o'g'il (7-11 yoshli) bolalar uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi: 1. Turgan joyda yurish, qo'llarni faol harakatlantirib, tizzalarni asta baland ko'tarib oldinga yurish, 30 sekunddan 1 minutgacha. 2. Oddiy holatda tik turgan joyda qo'llar oldinga-orqaga, yuqoriga-orqaga, yon tomnlarga va orqaga, yana oldinga-orqaga aktiv harakatlantiriladi. 8-12 marta bajariladi. 3. Qo'llar yelkaga qo'yiladi, bukilgan qo'llar bilan ichkariga va tashqariga aylanma harakatlar qilinadi (turli holatda 20-30 sekund bajariladi. 4. O'ng oyoq yon tomonga qo'yiladi, o'ng qo'l belga qo'yiladi, chap qo'l yuqoriga bosh orqasida turadi, gavda o'ng tomonga egiladi, 8-10 marta bajariladi. 5. Gavdani oldinga va pastga egib, tizza orqasida qarsak chalinadi, gavda rostlanadi va bosh ustida qarsak chalinadi. 5-8 marta tez sur'atda bajariladi. 6. Dastlabki holat – qo'llar belda, oyoqlar yelka kengligida turadi . Qo'llarni oldinga cho'zgan holda gavda o'ngga buriladi. Chap tomonga ham shunaqa harakat qilinadi. 10-12 martadan takrorlanadi. 7. Dastlabki holat – oyoqlar tomonlarga kengroq kerib qo'yiladi, gavda galma-gal chap va o'ng oyoqlarga tomon egiladi . 10-12 martadan bajariladi. 8. Bitta oyoqda turib va harakatda sakrash. 10-15 marta bajariladi . 9. Dastlabki holat – cho'kkalab turib bitta oyoqni ko'targan holda qo'llar bukiladi va yoziladi 8-12 marta . 10. Dastlabki holat – chalqancha yotiladi. Ikkala oyoq ko'tariladi, harakatlantiriladi va chalkashtiriladi , oyoqlar bilan velosipedchi harakati qilinadi . 30-40 sekund takrorlanadi. 11. Dastlabki holat – qorin bilan yotiladi. Qo'l va oyoqlar ko'tariladi va gavda egiladi, keyin ikkala qo'l bilan oyoqlar ushlanadi. 5-6 marta bajariladi. 12. O'tirgan holda oyoqlar yon tomonlarga uzatiladi, gavda chap va o'ng tomonga buriladi, bunda o'ng qo'l bilan chap oyoq uchini va chap qo'l bilan o'ng oyoq uchini ushlashga harakat qilinadi 8-12 martadan bajariladi . 13. Dastlabki holat – yaxshilab o'tirib olinadi, boshni tushirib, orqa do'paytiriladi. Gilam ustida 5-6 marta oldin tomonga o'mbaloq oshiladi. Shuningdek, orqa tomonga ham 3-5 marta o'mbaloq oshiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi.



1. Turgan joyda yurish, qo'llarni harakatlantirib, tizzaini ko'tarib yurish 30 sekunddan 1 minutgacha .
2. Qo'llarni yuqoriga ko'tarib, ayni paytda bir oyoq orqaga uzatiladi va tana egiladi 5-6 marta takrorlanadi .
3. Dastlabki holat – qo'llar yelkaga qo'yiladi, bukilgan qo'llar bilan oldinga va orqaga aylanma harakatlar qilinadi 20-30 sekund takrorlanadi.
4. Dastlabki holat – oyoqlar va qo'llar yon tomonlarga cho'ziladi. Gavda o'ngga va chapga egiladi 10-12 marta takrorlanadi.
5. Dastlabki holatda turgan holda qo'llarniyuqoriga ko'tarib, gavdani egib, kaft polga tekkiziladi 8-10 marta.
6. Qo'llar bosh orqasiga, yon tomonga qo'yiladi, gavda goh o'ngga , goh chapga egiladi 8-10 marta takrorlanadi.
7. Dastlabki holat – oyoqlar va qo'llar yon tomonga cho'ziladi. Gavdani oldinga egib, avvalo chap oyoq tizzasi orqasida, keyin o'ng oyoq orqasida qarsak chalinadi 6-8 marta takrorlanadi .
8. Dastlabki holat – asosiy turish. Dastlab chap oyoq, so'ngra chap oyoqni yuqori ko'tarib, oyoq tagida qarsak chalinadi 8-10 marta.
9. Devor oldida turib, qo'llar yuqori ko'tariladi, ko'krak yoziladi 5-6 marta.
10. Dastlabki holatda turib, qo'llar belga qo'yiladi, turlicha cho'qqayib o'tiriladi, oyoqlar juftlashtiriladi va yelka kengligida qo'yiladi 10-15 marta takrorlanadi. Mashqlar dastlab sekin, keyin tez bajariladi .
11. Turgan joyda bir oyoqda sakraladi, bunda ikkinchi oyoq va qo'llar bo'shashtirib turiladi 25-30 sekund takrorlanadi.
12. Dastlabki holat – oyoqlar yelka kengligida qo'yiladi, qo'llar pastga tushiriladi. Chapga, o'ngga egib tushiriladi 5-6 marta takrorlanadi.
13. Dastlabki holat – chalqancha yotiladi. Avval bitta oyoq, keyin ikkinchi oyoq yuqori ko'tariladi. Oyoqlar yon tomonlarga cho'ziladi va chalkashtiriladi. 30-40 sekund bajariladi.
14. Yuqoridagi kabi chalqancha yotib, dastlab bir oyoq bilan, keyin ikkinchi oyoq bilan aylanma harakatlar qilinadi 6-8 martadan takrorlanadi.
Yüklə 21,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin