Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
Test metodi.
Pedagogik tahlil metodi.
Bolalar ijodini o’rganish metodi.
Pedagogik tajriba metodi.
Matematik-statistik metod.
Umumiy pedagogikaning ob’ekti, predmeti va tuzilishi. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo’lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi.